Har yili iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini o‘tkazish an’anaga aylangan.
Tanlovning bosqichlari:
Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)dan eng yuqori natijaga erishgan 5 nafar nomzod keyingi bosqichga o‘tadi.
Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Ular eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar yosh navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi.
May oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida 100 nafar yosh tanlov g‘olibi deb topiladi.
1-, 2- va 3-bosqichlar g‘oliblari, 5, 10 va 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida yoshlardan:
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi;
Aniq bir g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lishi;
IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi;
Turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar mazkur sayt (https://vorislar.uz/) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirishdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovning o‘tkazilishi yoshlar uchun bilim, ko‘nikma, malaka egallashi uchun eng yaxshi tanlovlardan biri. Bu ularning kelajakda lider bo‘lishlarida muhim kasb egallaydi.
Universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot
faoliyatini tashkil etish bo‘limi