Mening sevimli o‘nta kitobim
Joriy yilning 22 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi xodimlari va institut axborot- resurs markazi hamkorligida “Mening sevimli o‘nta kitobim” nomli ma’naviy- ma’rifiy tanlovga qo‘yilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jismoniy madaniyat fakulteti professor- o‘qituvchi va talabalari, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi xodimlari, institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.
Tadbirni Viloyat ma’naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Sh. Turatov kirish so‘zi bilan ochib: “Hamisha o‘z va’dasida turadigan, hamma ishni reja bilan puxta o‘ylab, joy- joyiga qo‘yadigan, mehnatkash Andijon xalqiga teng keladigan xalq o‘zi kamdan – kam topiladi” degan so‘zlarini alohida ta’kidladi.
So‘ngra, Jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviyat ishlari dekan o‘rinbosari B.Qo‘shmurodov so‘zga chiqib, Prezidentimizning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqida “Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin!” degan so‘zlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabalari B. Boboqulov, Ergashev Sanjar, Jo‘ltoyev Azamat, Abduolimov Akmal va 2-kurs talabalari Qo‘chqorova Nigora, Qodirova Shoxsanam, Anorboyev Jasurjonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbirda axborot–resurs markazi xodimlari tomonidan Prezidentning Oliy majlis Parlamentiga murojaatnomasiga doir videolavxa namoyish etildi.
Tadbirda JDPI ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan “Mening sevimli o‘nta kitobim”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz”, “Yangi adabiyotlar siz uchun”, kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarni ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova qisqacha sharhlab berdi. Tadbir ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.
Tadbirni axborot – resurs markazi direktor o‘rinbosari G.Shaysakova yakunlab, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi. Mazkur tadbirda jami 66 nafar ishtirokchi qatnashdi.