Maktab va oliy ta’lim integratsiyasi.
“Maktab va oliy ta’lim integratsiyasi” shiori ostida o’quvchi yoshlar uchun Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022- yil 28-yanvar kuni Xalq ta’limi tizimini vanada rivojlantirishda vazirlik mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish bo’yicha 2022- yilda amalga oshiriladigan ustivor vazifalar to’g’risida kengaytirigan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 16.3-bandi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-martdagi 2/11 -05/03-23-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 -yil 18- may kuni Maktabgacha taolim fakultetida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi, Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniya tarbiya kafedrasi prof-o’qituvchilari tomonidan Jizzax shahar 24- maktab o’qitvchilari va o’quvchilari uchun «Ochiq eshiklar» kuni tashkil etildi. Tadbirga fakultet dekani Z.Yaxshiyeva, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan o’rinbosari F.Qo’shnazarov, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi prof.X.A.Meliyev, Maktabgacha va boshlang`ich ta’limda jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri D.A.Karimov, kafedra prof-o’qituvchilari M.Usmanova, M.Norqo’ziyeva, A.Hamroyeva, F.Xoliqov, U.Usmonova, N.Archaboyeva, G.Majidova va maktab direktori L.Rasulova, maktab o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdilar.
Tadbirda Maktabgacha ta’lim fakultet dekani so’zga chiqib: «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev maktab ta’limini isloh qilish bo’yicha jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularda jamiyat hayotini o’zgartirishga qaratilgan islohatlar avvalo ta’lim tizimidan bog’cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko’ramiz. Chunki maktabni o’zgartirmasdan turib, odamni jamiyatni o’zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o’zgartirib bo’lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o’qituvchidir. Shunday ekan bugungi o’tkaziladigan tadbirimizning mazmuni ham bugungi kunning o’qituvchisi va o’quvchilarni barkamol shaxs bo’lib yetishishida amaliy yordam beradi deb o’ylaymiz», – deb o’z fikrlarini bildirdilar.
O’quvchilar fakultet va yo’nalishlar, fakultet talabalarining tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
“Kasbim –faxrim”, “Kim bo’lsam ekan” mavzularida bahs – munozara tashkil etildi. Ushbu tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Maktabgacha kafedrasi kat. o’qituvchilari: Usmanova M.S., Norqo’ziуeva M.A.