Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Korrupsiya, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarshi kurashish”

Jizzax davlat pedagogika instituti huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida “Korrupsiya, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarshi kurashish” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Unda Jizzax viloyati DXX xodimi M.Maxmudov, VAQFxayriya jamg‘armasi raisi Sh.Isroilov,  viloyat prokuraturasi xodimi Davronov S, Respublika diniy ishlar Qo‘mitasi Jizzax viloyati bo‘limi xodimi N.Botirov, diniy ishlar bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari L.Axmadjonov, institut professor-o‘qituvchilari  va talabalari ishtirok etishdi.       Tadbir institut talabalari tomonidan tayyorlangan odam savdosiga uchragan, aldanib chet mamlakatga ishga ketgan odamlarning ayanchli ahvoli haqidagi sahna ko‘rinishi namoyishi bilan boshlandi. Loqayd inson jamiyat uchun eng zararli insondir. Talba yoshlar sahna ko‘rinishi orqali aynan loqaydlik va beparvolik, bilib-bilmay  o‘zgalarga ishonib natijada aldanish oqibatida yuzaga kelgan fojeani tasvirlab berishga harakat qilishgan. Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish, o‘qituvchilar va talabaa yoshlarga  yaratilayotgan sharoitlar, OTMlarda “Korrupsiyaga qarshi nazorat va kurash va kompleans nazorat bo‘limi” ning tashkil qilinganligi, korrupsiogen holatlarni oldini olishda ham qator ishlar amalga oshirilganligini jumladan, NEMIS dasturida elektron platforma orqali o‘quv jarayonining tashkil etilganligi inson omilini kamaytirib baholash jarayonini avtomatlashtirishga erishilgani hech kimga sir emas. Shu bois joriy,institutda oraliq va yakuniy nazoratlar onlayn, shaffof tarzda o‘tqazilmoqda. Tadbir davomida aynan shu mavzular xususida so‘z yuritildi.  Shuningdek tadbirda  bugun dinni niqob qilib o‘z razil maqsadlarini amalga oshirishga intilayotgan kimsalar qarmog‘iga ilinmaslik, axborot texnologiyalari rivojlangan davrda ijtimoiy tarmoqlardan  ham to‘g‘ri foydalanish xususida ham so‘z bordi. Tadbir so‘ngida  talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan aniq javoblar berildi.