Joylarda Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish Strategiyasi qizg‘in muhokama qilinmoqda
Agentlik tomonidan malakali, mas’uliyatli, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor kadrlarni jamlash va ular salohiyatidan unumli foydalanish, davlat boshqaruvi tizimida davlat fuqarolik xizmatini har tomonlama rivojlantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish orqali keng ko‘lamli va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish Strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi hamda joylarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassislar, mahalliy ekspert va olimlar ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.
Joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti rahbariyati bilan hamkorlikda hududdagi mahalliy ekspert va olimlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanishdagi iqtidorli yosh talabalar ishtirokida ushbu strategiyani muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot shaklida seminar tashkil etildi.
Tadbir boshida institut rektori Sh.Sharipov so‘zga chiqib, strategiya loyihasi va uning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng Agentlikning Jizzax viloyati filiali rahbari o‘rinbosari B.Yaxshibaev davlat fuqarolik xizmatining bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘nalishlari,
Agentlik tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mazkur strategiyaning zarurati va mazmun-mohiyati xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Seminarda shuningdek institut professor-o‘qituvchilari mahalliy ekspert va olimlar, hamda ilmiy izlanishdagi iqtidorli yosh talabalar Strategiya loyihasi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.