Jizzax davlat pedagogika universitetining filologiya fakulteti huzuridagi “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” mavzusida IV an’anaviy Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbir 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son farmoyish bilan tasdiqlangan 2025-yilgi Xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.





Anjumanda O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek Turkiya, Ozarbayjon va Tojikistondan yetakchi olimlar o‘z ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan qatnashdi.






Tadbir doirasida o‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy izlanishlar jamlangan “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” nomli kitob nashr etilgani e’lon qilindi.




Anjumanning faxriy mehmonlaridan — Sug‘d viloyati O‘zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, pedagogika fanlari nomzodi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ilhom Yusupov “Tojikiston–O‘zbekiston adabiy aloqalari” mavzusida ma’ruza qildi hamda universitetga kitoblar sovg‘a qildi.




Shuningdek, Xo‘jand davlat universiteti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti, Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti olimlarining ma’ruzalari ham tinglandi. JDPU professorlari U.Qosimov, Z.Pardayeva va N.Soatovalarning chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
