Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

JDPUda «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida  tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov ishtirok etdi.

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimiz matbuot, xususan ijtimoiy tarmoqlar orқali turli axborot va ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda. Ba’zi bir aqidaparastlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinib, qabih ishlarini amalga oshirishga urinishmoqda. Eng achinarlisi, bunday kimsalarni qo‘liga yoshlarimiz tushmoqda. Har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, inson organizimida unga qarshi immunitet hosil qilinadi.

Bugun Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim axamiyat kasb etmoqda. Bugungi  yoshlar bunday vaziyatda mustaqil fikrlab, ma’naviyatli, milliy qadriyatlariga sodiq, dunyoqarashi keng, irodasi mustahkam, sabr–bardoshli, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson bo‘lishi lozim. Bo‘lib o‘tgan tadbirda ham ana shular haqida so‘z bordi. Berilgan savollar atroflicha tahlil qilindi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.