JDPU professor-oʻqituvchilari «Belt and Silk Road: opportunities and challenges-SIRCON 2022» Xalqaro Kongressida ishtirok etishdi.
2022 yil 4-7 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Turkiyaning Nejmiddin Erbakan Universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Alfraganus unuversiteti, Xalqaro TIKA tashkiloti hamkorligida «Belt and Silk Road: opportunities and challenges» («Bir makon, bir yoʻl: imkoniyatlar va muammolar») mavzusida xalqaro SIRCON 2022 kongressi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu konferensiyada Turkiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlatlaridan bir qator nufuzli OTMlar rektorlari, olimlar, professor-oʻqituvchilar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetidan Tarix fakulteti professori, Tarix fanlari doktori Ahmedshina Faniya Abzalovna, Xorijiy tillar fakulteti professor-oʻqituvchilari Boʻriyeva Nargiza, Safarova Dildora va Jabborova Anora oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Xalqaro Kongress 7 oktyabrga qadar davom etadi.