Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Jarayon

Xabaringiz past ko‘rsatkichli 7 ta maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish qamrovini ko‘paytirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va magistrlari biriktirilgan. Ana shu maktablar orasida Zarbdor tumanidagi 29 umumta’lim maktabi ham bor. Bu maktabga biriktirilgan Magistrlar bo‘limi  professor-o‘qituvchilari va magistrlari bolalarning qiziqishlariga qarab  qo‘shimcha dars va mashg‘ulotlarni olib borishmoqda. Bugun ushbu ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari, maktab ma’muriyati MFY raisi ishtirok etdi. Farzandlarida bilim olishga bo‘lgan harakat va intilishni sezgan har bir  ota-ona Jizzzax davlat pedagogika instituti ma’muriyati va ayni paytda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borayotgan ustozlardan minnnatdor ekanliklarini bildirishdi.