Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Hindistonning  Shri Siddxarta oliy ta’lim akademiyasi vakillari Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi.

Hindistonlik mehmonlarni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov boshligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. Dastab mehmonlarga universitet rektori tomonidan  oliygoh tarixi, uning bugungacha va ayni paytdagi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berildi. -Xabaringiz bor Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni doirasida universitetda tibbiyot  fakulteti tashkil etilgan edi. Bugungi kunga kelib Jizzaxda 175 ta davlat tibbiyot muassasasi hamda 140 ga yaqin xususiy shifoxonalar faoliyat olib borayotgan viloyat tibbiyoti uchun zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislar yetishmayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan bu fakultet ana shu ehtiyojni to‘ldiradi desak xato qilmagan bo‘lamiz,-deydi universitet rektori, professor Sh.Sharipov. – Oliygohimiz ayni paytda dunyodagi eng yetakchi, ko‘zga ko‘ringan Tibbiyot oliygohlari bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Mana bugun biz Hindistonning Shri Siddxarta oliy ta’lim akademiyasining bir guruh vakillari bilan muzokaralar olib bordik. Muzokaralar davomida mehmonlar aynan tibbiyot yo‘nalishida biz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Maqsadimiz tibbiyot muassasalarimizga har tomonlama bilimli va yetuk tibbiy kadrlarni tayyorlash, xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularni tibbiyotdan rozi qilishga safarbar etishdan iborat.   Hindistoning eng mashhur oliy ta’lim muassasalaridan  biri bo‘lgan Shri Siddxarta universiteti Karnataka shtatining poytaxti Bangalor shahrida joylashgan. 250 gektar yer maydoniga ega oliy ta’lim akademiyasi qoshida 2 ta tibbiyot, 1 ta texnologiya va 1 ta Stomotologiya kollejlari faoliyat olib boradi. Oliygohda 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi.  Universitetga Shri Siddxartaning nomi berilgan bo‘lib ta’lim ingliz tilida olib boriladi. -Universitetimiz bugun dunyoda yetakchi va mashhur Garvard, Oksford kabi oliy ta’lim muassasalari  bilan halqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan,-deydi universitet rektori  Balakrishna Shetti. Bizda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi ham mavjud.  Ikki yil oliygohda tib ilmini egallagan talabalarimiz, biz bilan hamkorlik qilayotgan  xorijiy oliygohlarda ta’limni davom ettirish huquqiga ega.  Bugun Jizzax davlat pedagogka universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida biz uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bizga ma’lum qilishlaricha: universitetda tibbiyot fakulteti bor va  bugun 60 dan ziyod talabalar davolash va pediateriya yo‘nalaishlarida tahsil olishadi. Uchrashuv davomida mezbonlarga yuqoridagi yo‘nalishlardan tashqari yurak jarrohligi, bolalar yurak jarrohligi bo‘yicha yo‘nalishlarda ko‘makchi bo‘lish, oliy darajadagi hamshiralarni tayyorlash kabi bir nechta takliflarni berdik. Xabaringiz bor bugun O‘zbekistonning turli viloyatdaridan aynan yurak yetishmovchiligi va jarrohligi bo‘yicha ko‘plab bemorlar Hindistonga tashrif buyuradi va u yerda davolanishadi. Hamkorlik aloqalarimiz yordamida  shu  oliygohda yurak jarroxligi, jarroxlik va hamshiralik yo‘nalishlarini ochishga muvaffaq bo‘lsak, kerakli mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ya olsak, aynan yurak, buyrak yetishmovchiligi bilan tashxislangan bemorlarning Hindistonga borishiga xojat qolmaydi. Shuningdek, muloqot davomida  universitet rektori janob Sh.Sharipovning qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bergan aniq va rejali takliflarini ham e’tiborga oldik. Muzokarlar davom etadi. Navbatdagi muzokarlarni Hindistonda aynan bizning oliy ta’lim akademiyasida bo‘lib o‘tishini istagan holda mezbonlarimizni Hindistonga taklif etamiz. Samimiy va do‘stona,  suhbat ruhida o‘tgan muloqot so‘ngida universitet rektori Sh.Sharipov Kiran Bartu boshchiligdagi Hindistonning mashhur kardiolog shifokori Tami Mexmet, doktor Balakrishna Shettidan iborat delegatsiya a’zolariga Jizzax davlat pedagogika universiteti haqida hikoya qilguvchi maxsus to‘plamlarni sovg‘a qildi.          Jizzax davlat pedagogika universiteti  axborot xizmati.