Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘yicha
H I S O B O T
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 178-f-sonli Farmoyishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12-martdagi 233-son buyrug‘iga muvofiq shu yilning 13-14-aprel kunlari Jizzax davlat pedagogika institutida “Geografiya va geografiya ta’limidagi muammolar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha institut rektorining buyrug‘i chiqarildi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda rejada ko‘rsatilgan bandlarni bajarish bo‘yicha mas’ullar tayinlandi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi hamda dasturga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi: ilmiy-amaliy konferensiyaning axborot xatini tayyorlash va uni respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlari elektron manziliga jo‘natish; anjumanning taklifnomasini tayyorlash va uning elektron nusxasini konferensiya qatnashchilari elektron manzillariga jo‘natish; ilmiy-amaliy konferensiyaning veb saytini yaratish, ular xaqidagi ma’lumotlarni konferensiya qatnashchilariga taqdim etish; konferensiya ishtirokchilarining ro‘yxatini tuzish va kelib-ketish dasturlarini ishlab chiqish; anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan olimlar ro‘yxati tuzib chiqish va ularni joylashtirish. Konferensiyani o‘tkazishda 4 ta sho‘ba bo‘yicha ish olib borilishi ko‘zda tutilgan hamda maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari axborot xatida ko‘rsatib o‘tilgan. Konferensiyaga yuborilgan maqolalar elektron pochta orqali qabul qilinib, ularning har biri tahrir qilindi va sho‘balarga kiritildi. Konferensiya sho‘balarining har biriga boshlanish vaqti, o‘tkazilish joyi, raisi va kotibi belgilandi. Shuningdek, konferensiya yalpi majlisida ma’ruzachilarning vaqti va ma’ruza mavzulari belgilandi. Konferensiyaning axborot xatida ko‘rsatilgan muddatgacha kelib tushgan maqolalar har biri sho‘balarga kiritilib bo‘lgandan so‘ng bosmaxonada sahifalandi va shu asosda taklifnoma dasturi barcha respublika oliy o‘quv yurtlarining elektron manzil orqali yuborildi. Konferensiyaga yuborilgan maqolalar jami 120 ta tashkil etgan bo‘lib, ilmiy maqolalar to‘plami Jizzax davlat pedagogika instituti ilmiy Kengashi yig‘ilishining 2018 yil 5-aprel № 5-sonli qaroriga asosan nashrga chop etish uchun tavsiya etildi va 2018 yil 7 aprelda bosmaxonaga berildi. Ilmiy to‘plam jami 255 betdan iborat bo‘lib, 16 shartli bosma taboqda va adadi 100 nusxada “Maximum Print” MChJ matbaa bo‘limida chop etildi. Konferensiyaga O‘zMU, SamDU, TDPU, QarshiDU, TermizDU, AndijonDU, GulDU, BuxDU, QQDU, Nukus DPI, NavDPI, Qo‘qon DPI va Jizzax DPI, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax VPQTMOIlaridan jami 120 ta ilmiy maqolalar kelib tushdi. Konferensiyaga Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti singari respublikamizning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, institutimizning taniqli professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Konferensiyani institut rektori nomidan institut ilmiy ishlar prorektori dos. M.Sultonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va anjumanning yalpi majlisiga rais sifatida SamDU professori A.Abdulqosimov nomzodini taklif qildi.. Shuningdek, konferensiya ishtirokchilarini JizzaxDPI Tabiiy fanlar fakulteti dekani dos. U.Xudanov, kafedra professori v/b. Q.Hakimovlar tabriklashdi. Yalpi majlisda Samarqand davlat universiteti professorlari A.A.Abdulqosimov, A.R.Raxmatullaev, Toshkent DPU geografiya kafedrasi dotsenti I.Abdullaev, Qarshi davlat universiteti geografiya fanlari bo‘yicha PhD M.Fayzullaev, SamDU doktoranti N.Sobirova, JDPI professori g.f.n. Q.Xakimov, JDPI mustaqil tadqiqotchilari M.G‘o‘dalov va O.Adilovalar, kafedra mudiri g.f.n., O.Muxamedovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya ishi tushlikdan keyin soat 1400-1700 gacha sho‘balarda davom ettirildi. I sho‘ba – 242-xonada Tabiiy geografiya landshaflar geoximiyasi va geofizikasi bo‘yicha ish olib bordi. Sho‘baga g.f.d. professor A.A.Abdulqosimov raislik qildi va tabiiy geografiyaning asosiy muammolari bo‘yicha ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi. II sho‘ba – 539-xonada iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yo‘nalishi bo‘yicha ish olib bordi. Sho‘baga raislik qiluvchi Qarshi davlat universiteti geografiya fanlari bo‘yicha PhD M. raislik qildi hamda sho‘ba bo‘yicha ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi. III sho‘ba – 531-xonada Quruqlik gidrologiyasi suv resurslari va gidrokimyosi. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatdi. Sho‘baga Samarqand davlat universiteti professori g.f.d., prof. A.R.Raxmatullaev raislik qildi va sho‘ba bo‘yicha ishtirokchilarining ma’ruzalari tinglandi. IV sho‘ba – 549-xonada Geografiya ta’limida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Toponimikaning dolzarb muammolari yo‘nalish bo‘yicha g.f.n., prof. K.Xakimov raisligida konferensiya qatnashchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya ishi yuzasidan quyidagi takliflar kiritildi:- geografiyaning mintaqaviy muammolari bo‘yicha konferensiya ishtirokchilari tomonidan kiritilgan barcha takliflar axborot uchun qabul qilinsin;
- konferensiyaga ko‘proq boshqa viloyatlardagi professor o‘qituvchilar ko‘proq taklif etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi;
- umumta’lim maktablarida “Vatan geografiyasi” nomi bilan ataladigan fanni kiritish ;
- Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga “O‘zbekiston geografiyasi va ekologiyasi” degan fanni boshqa yo‘nalishlarga ham kiritish;
- qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish qaysi yerlarni qamrab olgani ma’qul masalasiga alohida e’tibor berish;
- shamol ko‘p esadigan joylarni kartada ko‘rsatib va ulardan energiya olish yo‘llari haqida taklif berish;
- quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni yonma-yon tashkil etish masalalariga e’tibor qaratish;
- Geografiya jamiyati axboroti jurnalida “Ustozlarimiz xotirasi” rukni tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi;
- Tibbiyot kollejlarida “Tibbiyot geografiyasi” fanini kiritish lozim;
- chop etilayotgan maqolalarda kartografik chizmalardan ko‘proq foydalanishni ta’minlash;
- respublika miqyosida konferensiyalar o‘tkazish vaqtini Geografiya jamiyati orqali kalendar reja asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga jo‘natilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
kafedrasi mudiri: g.f.n. O.Muxamedov