Ertasini o‘ylagan mamalakat yoshlarni e’tiborsiz qoldirmaydi….
«Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipovning tashabbusi bilan Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani «BOBUR» MFY hududida Xayriya tadbiri tashkil etildi.
Kun davomida magistratura bo‘limining professor o‘qituvchilari hamda magistr talabalari mahalla hududida joylashgan 35-son umumta’lim maktabining o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarga informatik, o‘zbek tili hamda ingiliz tili fanlaridan mahorat darslari o‘tildi. Shuningdek “Ayollar va yoshlar” daftari ro‘yhatidagi va uyushmagan yoshlar o‘rtasida sport musobaqasining futbol, shashka, stol tennisi turlaridan sport o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu musaboqada faol ishtirok etgan jamoalarga estalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida 200 nafar mahalla ahliga iftorlik xayriya oshi tortildi. Mahallada imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan habar olinib, ularning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.