E’LON
Hurmatli Jizzax davlat pedagogika universiteti 10.00.01 – O‘zbek tili va 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar aʼzolari!
Sizlarni 2024-yil 12 oktyabr kuni soat 1000da Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fa’kulteti “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Ankabayeva Mohira Murodovnaning “Xojamnazar Huvaydo merosining tasavvufiy talqini” (10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining Jizzax davlat pedagogika universiteti 10.00.01- O‘zbek tili va 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarda bo‘lib o‘tadigan muhokamasiga taklif etamiz.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzaqovich
Rasmiy taqrizchilar: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) , dotsent : Do‘stova Surayyo Savronovna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) : Salimova Dilnavoz Akmalovna
Himoya tili: o‘zbek tili
Himoya platformasi: Oflayn