E’LON!!!
Aziz talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar muborak ramazon oyi kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Jizzax davlat pedagogika institutining rasmiy jdpu.uz saytida hamda https://t.me/jspiuz telegram kanallarida Ramazon oyi munosabati bilan “Ramazon aytib keldik eshigingizga” sarlavhali sahifa berib boriladi. Saxovat, mehr-oqibat va muborak ramazon oyi bilan bog‘liq xotiralaringiz, ta’sirli hikoyalar va o‘zingiz guvoh bo‘lgan voqealar bo‘lsa marhamat bizga yuboring ularni sahifamizda e’lon qilib boramiz. Barchangizga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin.