Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

E’LON.

Adabiyotga oshno, ijodkor talabalar diqqatiga! Jizzax  davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 9-dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» munosabati bilan “Eng yaxshi insho” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi: 1️⃣ Fakultet bosqichi — 10-noyabr; 2️⃣ OTM bosqichi — 18-noyabr; 3️⃣ Respublika bosqichi — dekabr oyining birinchi o’n kunligida. ✍️ Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi 2 ta mavzudan ixtiyoriy birini tanlab insho yozishlari talab etiladi: 1️⃣ “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori”; 2️⃣  “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”. 🏆 Tanlovning universitet bosqichi g’oliblari universitetning diplomlar hamda  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: ❗️Tanlovda ishtirok etish uchun tahsil olayatgan fakultetingiz yoshlar ishlar boʻyicha dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin. 👉Fakultet bosqichining 1, 2, 3-o’rin sohiblari universitet bosqichiga yo’l oladi. Tanlov haqidagi toʻliq maʼlumotlarni tanlov nizomi bilan tanishgan holda bilib olishingiz mumkin.