Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/08/2020
Chop etish
“Rektor va guruh sardorlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutidagi barcha fakultetlaridan 100 nafardan ziyod gurux sardorlari  bilan  ZOOM ilovasi orqali onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida institut rektori prof. Shavkat Sharipov butun dunyoda bo‘layotgan pandemik vaziyatda har bir talaba o‘zini ehtiyot qilishi, karantin qoidalariga amal qilish lozimligi, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish kerakligini ta’kidlash bilan bir qatorda  bugungi kunda oliygohda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek  u o‘z so‘zida  barcha guruhlarning lideri, yetakchisi sifatida ishtirok etayotgan talabalarga doimiy ravishda faol bo‘lishlarini ta’kidlab,  yangi o‘quv yili ham hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olib masofaviy shaklda boshlanishi rejalashtirilayotganligi, platforma orqali dars jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligi haqida ham aytib o‘tdi.

Institut  rektori o‘z fikrlarida davom etar ekan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qisqa vaqt ichida ishga tushirilgan ta’lim platformasi  professor-o‘qituvchi va talabalar uchun ham yangi bir tizim  ekanligini shuningdek  internet tezligi va sifati yoki ma’ruza, topshiriqlardagi ayrim muammolar, kamchiliklarga ham duch kelinayotganini bu borada  hukumat  tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib muammolar tezda bartaraf etilishini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi onlayn muloqotdan maqsad shuki yangi o‘quv yilida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, dars mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish borasida aniq tizimli ishlar olib borishni ta’minlashdir. Bu borada esa talabalarning ham taklif va fikrlari   juda muhim.

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori  Sh.Sharipov   guruh sardorlari tomonidan bildirilgan fikr va bir qator haqli e’tirozlarga  o‘z mulohazalarini bildirib,   bugungi muloqotdagi fikrlarni talabalarga yetkazishni, ularning ahvoli, sog‘ligidan doimo xabardor bo‘lish lozimligini,  bunday muloqotlar to‘xtab qolmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot davomida  Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berar ekan, kelgusida bunday tadbirlar har bir soha prorektori va dekanlar kesimida tashkil etilishini ta’kidlab o‘tdi.

 


Ulashish:
1 156
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.