Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Karera markazi
Karera markazi
|
10/10/2025
Chop etish
Bitiruvchi talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 10-oktyabr kuni universitet rektori tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limi fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari hamda ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi vakillari, “O‘zmilliy bank” AJ xodimlari, shuningdek, universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash, ularning kelgusida ishga joylashish jarayonini yengillashtirish hamda ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Ish beruvchilar talabalarga sohadagi ishlash shartlari, mavjud imkoniyatlar, o‘qish davomida egallangan bilim va ko‘nikmalarning amaliyotdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdilar. Shu bilan birga, sohadagi zamonaviy talablar va rivojlanish tendensiyalari haqida ham qimmatli fikrlar bildirildi.

Shu kuni tadbir doirasida PQ-61-sonli Qaror “Kelajakka qadam” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “O‘zmilliy bank” AJ Jizzax viloyati filiali mas’ul xodimi ishtirok etib, bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar olish tartibi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda mazkur qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ish beruvchilar va mutasaddilarga murojaat qildilar. Savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi.

Tadbir doirasida, fakultetning bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlashdagi faolligi va tashabbuskorligi uchun ayrim pedagoglar ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu esa ustozlarning mehnati va talabalar kelajagiga qo‘shgan hissasiga bo‘lgan yuksak e’tirof bo‘ldi.

Umuman olganda, mazkur uchrashuv bitiruvchi talabalar, universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
1 712
Boshqa rubrikalarda mashhur

Muhtarama va mo‘tabar ayollar, qadrli ustozlar, aziz talaba qizlar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...