Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

«Bioxilma-xillikni saqlashda inson omili va innovatsiyalar» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2023 yil 12 may kuni JDPU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida «Bioxilma-xillikni saqlashda inson omili va innovatsiyalar» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning dolzarb muammolari, bioekologik tizimlarni muhofaza etish istiqbollari, ta’lim jarayonida: innovatsiya, kompetensiya, kreativlik, ekologik barqarorlikni ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi mavzusida sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Bundan tashqari Leybnis Qishloq xo‘jaligi landshaftlarini o‘rganish ilmiy tadqiqot markazining, Germaniya (ZALF) b.f.d.,professor, D.Egamberdieva, Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti, Paxta seleksiyasi urug‘chiligi ITI, O‘zbekiston botaniklar jamiyati, Zomin davlat qo‘riqxonasi hodimlari faol ishtirok etishdi.  Konferensiyada bakalavrlar, magistrlar, tayanch doktorantlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi.