Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BAXTIMIZ POYDEVORI – DOIMO E’TIBORIMIZDA!

Mamlakatimiz bo‘ylab konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 29 yil to‘lgani munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun institutimiz Madaniyat saroyida tashkil etilgan shunday tadbirlardan biri “Konstitussiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Ahmedov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng, tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Jamshid Suvonqulov Bosh qonunimizning yaratilish tarixi, uning qabul qilinishidagi qiyinchiliklar va bahs-munozaralar haqida ma’ruza qildi. Jizzax gornizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan vatanimizni madh etuvchi ijod namunalari va yurtimiz madyasini turli cholg‘u asboblarida ijro etilishi ishtirokchilarda o‘zgacha tassurot qoldirdi. Tadbirda institutimizning iqtidorli yoshlari ham o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Chiroyli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar har bir ishtirokchiga iliq tassurot va bayram kayfiyatini ulashdi.   Shahzoda JALOLIDDINOVA, “Ziyo chashmasi” gazetasi muxbiri.