Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu onadir.
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari tomonidan tashkillashtirilgan badiiy kecha Boshlang‘ich ta’lim fakultetida faoliyat olib borayotgan ana shunday munis va mushfiq ayollarimiz sharafiga bag‘ishlandi. Tadbirda kasbiga fidoiy, namunali, samimiy, zukko ustozlar va talaba qizlar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati