AKOBIR YUTUQLARING BARDAVOM BO‘LSIN!
Ko`pchilik talabalar Jeet kune do sport turi haqida eshitmagan bo`lsa kerak. Ushbu sport turiga afsonaviy sport ustasi, kinoaktiyor Bryus Li asos solgan. Mazkur sport turi bugungi kundagi aralash jang san’atining yaratilishiga ham turtki bo`lgan. Jeet kune do o`zimizning tilga “Yetakchi mushtning yo`li” deb tarjima qilinadi.
Jang qoidalari oddiygina, raqibni qo`l va oyoqlarni ishlatgan holda mag`lubiyatga uchratishdir. Shuningdek, bu sport turining o`ziga xos falfasasi mavjud. Ya’ni, jang paytida odamning qo`rquvi va ishonchsizligi haqiqiy dushmanga aylanadi. Bunday paytda g`alaba qozonishning asosiy yechimi inson o`zini yengishdir.
Bugungi kunda bu sport turi bilan talabalarimiz ham shug`ullanib kelishmoqda. Quvonarlisi, ular orasida xalqaro musobaqalar g`oliblari ham bor. Qahramonimiz Akobir Ashuraliyev Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi. Viloyatimizda o`tkazilgan Jeet kune do sporti bo`yicha xalqaro musobaqa sovrindori. Uning bu sportga bo`lgan qiziqishi yoshligidan boshlangan.
– Sportdagi ildam qadamlarimda ustozlarimning o`rni beqiyos, deydi Akobir. Ayniqsa, musobaqalar avvalida ustozim Anvar Hasanovning o`gitlariga qattiq amal qilaman.
Xullas, shijoatkor sportchilarimizning yutuqlari ko`payaversin. Akobirga o`xshagan yigitlarimiz Vatanimiz bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishdan charchashmasin.
Mirjalol MAMATOV,
“Ziyo chashmasi” muxbiri.