Dilshod Majidov.JDPU Sirtqi bo’lim Pedagogika-
psixologiya va musiqa yo’nalishlarida masofaviy
ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqa rivojlanishining asosiy omillari va uzluksiz ta’limda o‘quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalashning o‘ziga xosliklari, milliy san’atimizning yoshlar tarbiyasidagi ro’li yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: musiqa,san’at, estetik did,maqom, ta’lim – tarbiya, ilm-fan.
Har qanday jamiyatning istiqbolli sivilizatsiyasi uning ta’lim-tarbiya maqomiga yangicha (o‘ziga xos, milliy) ta’lim tizimi tarkibi, tuzilishi, mohiyatiga teran ma’rifiy madaniyatiga, o‘z mazmunida o‘zi mansub xalqning va umuminsoniy qadriyatlarini, ilm-fan ta’minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona va tayanch omil hisoblanadi. O‘z maqomi va mundarijasi bilan u muqobili yo‘q qadriyatdir.
Mustaqillik yillarida uzliksiz ta’lim tizimi muassalarida o’tiladigan barcha musiqa fanlari mazmuni ham milliy istiqlol g’oyasi asoslari,hozirda maktablarda tarbiya fani negizida qaytadan shakllantirilayabdi.Musiqa madaniy hayotimizdan muhim o‘rin olgan va inson shaxsiyatining kamolotga yetishida muhim o‘rin tutadigan san’at turi bo‘lishi bilan birga ijtimoiy siyosiy va tarbiyaviy xarakter kasb etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy ma’naviy ruhda tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarimizga ongli munosabat tushunchalarini shakllantirish hamda milliy musiqani o‘rganishning o‘rni va ahamiyatini yoshlarga tushuntirish asosiy vazifamizdir. Ongni, tafakkurni, dunyoqarashni o‘zgartirmasdan turib, ma’rifat sivilizatsiyasiga erishib bo‘lmaydi. Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: ”Ong mahsuli bo‘lmish ta’lim-tarbiya o‘z ma’rifiy falsafasiga ko‘ra, avvalo, ong darajasi, ayni paytda ong rivojining yakkayu yagona asosidir” 1/.
San’at insonning tarbiyasida juda muhim o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi bo‘yicha xalqaro jamiyatning IX konferensiyasida uqtirilganidek, san’at insonning ma’naviy dunyosiga chuqur ta’sir ko‘rsatib va o‘zining har qanday faoliyat sohasida, har qanday kasb-korida zarur bo‘ladigan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishda yordam beradi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining yangidan yaratilgan musiqa fani bo’yicha o’quv dasturi va darsliklariga kiritilgan maqom musiqa ijodiyotiga mansub kuy, qo’shiqlar sirasida xalq qo’shiqlari salmoqli o’rin tutadi. Xalq qo’shiqlari o’z ifodaviy mazmuniga ko’ra qudratli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan san’at hisoblanadi.
______________________________________________________________
- I.Karimov. <<Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz>>. Toshkent. 7-tom. O‘zbekiston, 1999, 94-bet.
Musiqa madaniy xayotimizda keng o‘rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishda muhim ro’l o‘ynaydigan san’at bo’lib,eramizdan oldingi IV asrdanoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: “Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki ritm va garmoniya xammadan ko‘proq shu vaqtda qalbga chuqur yo‘l topadi va salovat baxsh etib, uni ko‘rkam qiladiki,agar tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa: aks xolda uning teskarisi bo‘lib chiqadi” . Uning shogirdi Aristotel / Aflatun / komil ishonch bilan mazkur fikrni quvvatlaydi “musiqa kishi ruhini ahloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etadi, shunday ekan u yoshlarning tarbiyalaydigan predmetlardan biri bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim”
. Sharqning buyuk allomalari musiqaning shaxs kamolotiga juda buyuk baho berishganliklari bejiz emas. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu – Nasr al Farobiy esa musiqaning shaxs shakllanishiga a’niq ta’sirini quyidagicha bayon etadi: “Bu fan ( yani musiqa, D. O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’li atvori muvozanatni yo‘qotgan bo‘lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga etkazadi va muvozanatda bo‘lganlarning muvozanatini saqlaydi . . . Bu fan tanning sog‘ligi uchun ham foydalidir.
Musiqa inson ruhi va aqliy rivojiga bebaho ta’sir o‘tkazadi. CH.Darvin umrining oxirlarida quvvai xofizasi (xotirasi) va fikrlash qobiliyatining pasayishidan shikoyat qilib yozadi. “Agar menga ikkinchi bor dunyoga kelish nasib bo‘lganda edi, endigi xayotimda loaqal xaftada bir marta bo‘lsa xam, bir necha she’r o‘qishni va bir necha musiqa asari tinglashni o‘zimga qoida qilib olardim”
. Musiqa kishi xissiyotini ayniqsa emotssional, estetik xissiyotini aktiv rivojlantiradi, zeroki , xaqiqatni anglash kishilik emotsional xissiyotsiz bo‘lmagan, bo‘lmaydi va bo‘lishi xam mumkin emas ” Bas shunday ekan musiqa kishining ruhiga aktiv ta’sir etadi uning axloqiy estetik qiyofasining shakllanishida muxim rol’ o‘ynaydi. Bobomiz Sa’diy aytganidek “Musiqa inson ruxining yo‘ldoshidir ”
.Shu bois o‘quvchilarda inson ma’anaviy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa ma’daniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi, Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi:
– o‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr-muhabbatni oshirish.
– musiqiy – badiiy didni va musiqa faoliyatlariga ehtiyojni rivojlantirish:
– musiqa haqida bilim va malakalar doirasini tarkib toptirish:
– musiqiy faoliyatlar jarayonida badiiy ijodkorlik xis tuyg‘ularini rivojlantirish:
– asarlarni badiiy – g‘oyaviy mazmuni vositasida o‘quvchilarni axloqiy – estetik tarbiyalash:
– musiqa darslarida kasb, hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, musiqa o‘qituvchisining professional darajasi va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Gap shundaki, xar qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarni olib borolmaydi. Uning boisini o‘qituvchiga qo‘yiladigan quyidagi talablardan ko‘rishimiz mumkin.
Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga sitqidildan mexr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, ijodkor va izlanuvchan ma’naviy – ma’daniy dunyoqarashga ega shaxs bo‘lmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsiga senariy avtori, uning artist – ijrochisi va rejisyori sifatida ish tutadi. SHu bois musiqa darsi san’at darsidir. Maktab xayotida ham musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi keng. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllari ( bayram konsertlari, leksiya – konsertlar, san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, ashula va san’at bayramlari. v.b) ni uyushtirish ham musiqa o‘qituvchisi zimmasidadir. SHu bilan birga maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi o’choqlari ( bolalar musiqa maktablari, pionerlar uyi va saroylari, bolalar teatrlari) bilan aloqada bo‘lish, iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va ularning faoliyatnii maktab xayotiga qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining vazifasidir.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy soxalaridan yetarli darajada, bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim.
Musiqa san’atiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini o’stirish va shu orqali ularning ma’naviy axloqiy tarbiyalarini va badiiy ehtiyojlarini qondirish, musiqa tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Musiqa san’ati ham barcha san’at turlari kabi inson ruhiyati hamda ijtimoiy voqeiliklar holatini ifoda etuvchi vosita, shuningdek, idrok etishning o’ziga xos shakli hisoblanadi.
Musiqa asarini yaratishda ijodkor muayyan obrazlar vositasida yuksak insoniy sifatlarni yoritadi. Musiqa va qo’shiqlarda tabiat manzaralari, insonlarga xos xususiyatlar, ijtimoiy munosabatlar, ijobiy psixologik xolatlar xursandchilik yoki aksincha, salbiy xolat g’am-alam, istirob, tushkunlik kabi hodisalar ifodalanadi. Musiqiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ular kishilarning ongini o’stirish, irodaviy sifatlarini rivojlantirish, hissiyotini boyitishga emotsional ta’sirini ko’rsatadi. Yuksak mahorat bilan bilan ijro etiluvchi mumtoz asarlarning barchasi insonda ko’tarinki kayfiyatni hosil kiladi. Mumtoz asarlarni doimiy ravishda o’rganib borish o’quvchilarda haqiqiy san’at asarlarining qiymatini to’g’ri baholash ko’nikmalarini shakllantiradi.Musiqa ta’limi jarayonida o’quvchilarning psixologik xususiyatlari ham intensiv rivojlanadi. Binobarin, asarlarni o’rganish ularning his-tuyg’ulari, diqqati, idroki, xotirasi, fikrlashi va tasavvuri kabi psixologik xususiyatlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Musiqiy asarlarning o’quvchilar tomonidan idrok etilishi, eng avvalo ularda diqqatni jamlash va uning barqarorlashga erishish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Musiqa san’atini ijtimoiy madaniy nufuzini oshirish, uni xalqimiz ma’naviy hayotiga chuqurroq singdirish,qadriyatlar darajasiga ko’tarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi musiqa sohasidasi ham tub islohotlar izchil davom ettirildi, o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuni xalqimizning milliy madaniy yutuqlari, jahon musiqa ilmi va ta’limida erishilgan ilg‘or tajribalar asosida shakllantirilib,hozirda har bir viloyatlarda,tumanlarda,shaharlarda maqomchilar ansambli,Filarmoniyalar,ixtisoslashtirilgan san’at maktablari tashkil qilinib bu yerlarda musiqa sohamizning dunyo sahnashiga chiqishi uchun ulkan ishlar olib borilmoqda.Bu esa yosh avlodni oilada, mahallada, jamiyatda komil inson bo’lib yetishishida poydevor bo’ladi.
Psixolog olimlarning fikrlariga ko’ra, musiqada diqqatning barqarorligi inson asab tizimining qay darajada mustahkam ekanligiga bog’liq.
Mumtoz musiqa namunalarini o’ganishda quyidagi psixologik xolatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi:
- Mustahkam xarakter va qat’iy iroda sifatiga egalik;
- Barqaror diqqatga egalik;
Psixolog olimlar musiqiy sezgi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishini ta’kidlaydilar:
– tovushning baland-pastligini sezish;
– ohangni sezish;
– garmonik sezgi;
– polifonik sezgi;
– tembr va dinamikani sezish;
– faktura sezgisi;
– ichki sezgi.
Ayni o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, aksariyat o’quvchilarda ham musiqiy asar mohiyatini anglashga yordam beruvchi sezgilarning yetarli darajada rivojlanmaganligi kuzatiladi. Shuning uchun ularda ohangni sezish ko’nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Mumtoz kuy va qo’shiq ijrochiligi ko’proq melodik tarzda ijro etilishi, murakkab musiqiy tuzilmalardan iboratligi tufayli uni tinglashda sezgilar muhim ro’l o’ynaydi.
Sezgi va hissiyot musiqiy idrokning asosini tashkil kiladi. Mumtoz musiqiy asarlar hissiyotni yuzaga keltirib kuch-quvvat zaxiralarini ishga soladi va buning natijasida tinglovchi ularni uzoq vaqt charchoqni sezmagan holda tinglay oladi.
Mumtoz musiqani idrok etishda tasavvurning o’rni ham beqiyosdir. Xayotiy voqealar, tabiat manzaralari hamda turli ruhiy kechinmalarni ko’z oldiga keltirish musiqiy asarlarni obrazli qabul qilishga yordam beradi. Musiqa mutaxasisi barcha ijodiy xarakterga ega soxalar mutaxasislari kabi aynan shu holat – tasavvurdan unumli foydalanadi.
Tovushlar jarangini oldindan his qilish, ya’ni interpritatsiya ham musiqa ijrochiligida muhim ahamiyatga ega. Ijro jarayonida hayotiy voqeilikni ko’z oldiga keltirish, tasavvur qilish, jarangdorlik yuzaga kelishini oldindan anglash, oldindan aynan shu jarangdorlikka erishish uchun o’z kuchi va imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish maksaqga muvofikdir.
Mumtoz qo’shiqlarning g’oyaviy mazmuni, undagi obrazli holatlar ijrochiga katta ruhiy kuch bag’ishlaydi va uning tasavvurini yanada kengaytiradi. Mumtoz asarlarni tinglash va ularni bevosita ijro etish o’quvchilarning xotiralarini mustahkamlanishi uchun zarur sharoitni yuzaga keltiradi. Ijrochining ichki ehtiyoji, hoxish-istagi, qiziqishi, bilim darajasi va ijro mahoratiga muvofiq tanlangan asar xotirada yaxshi saqlanishi bilan birga ijroning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi. O’rganilgan musiqiy asarlarning sonigina emas, balki ularning sifati talabalarda ijro tajribasining boyib borishini ta’minlaydi. Ijrochilik tajribasining darajasi o’quvchilarning badiiy didlarining yuksalishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri sifatida kuzga tashlanadi. Yangi asarni o’rganish jarayonida o’quvchi ilgari orttirgan malakalariga tayanish bilangina cheklanmaydi, balki yanada yangi va murakkab elementlardan foydalanishga intiladi.
O’ziga xos psixologik holatlar o’quvchining badiiy tafakkurining yanada kengayib borishi uchun imkoniyat yaratadi. Mumtoz asarlarning g’oyaviy mazmuni va ohang tuzilishini tahlil qilish, matn va ohang tuzilmalarining jarangdorligi, nozik elementlarni his qilish, murakkab nola va qochirimlarni qiynalmasdan ijro etish hamda asarga xos barcha tafsilotlarni birlashtirib, umumiy xulosaga kelish o’quvchilarda musiqiy-badiiy didning shakllanganlik darajasini yuqori deb baholanishi uchun asos bo’la oladi.
O’zbek mumtoz ashulalari, o’zbek klassik va zamonaviy adabiyoti bilan o’zaro bog’liqlik asosida rivojlanadi. Buni inobatga olgan holda g’azallar mualliflarining hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirish imkonini beruvchi maxsus kursning o’qitilishini yo’lga qo’yish ularning nazariy bilimlarini oshirish bilan birga o’zbek mumtoz musiqasi rivojidagi hissalarini anglashlariga yordam berib,ularni dunyoqarashini milliy musiqalarimiz kengaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.E.M.Fayzullayev “Bo’lajak musiqa o’qituvchilari badiiy didini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari” (O’zbek mumtoz musiqasi misolida). Ped.f.nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. –T, 2010. 20-26-bet.
- Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. –Toshkent, XTB, 1995 yil.
- Aristotel. Poetika / Tarjima. N.I.Novosadskiy. – L., 1927. – S. 111-113.
- Losev AF Qadimgi estetika tarixi: Ming yillik rivojlanish natijalari, jild. II. – M., 1994. – S. 76–87.
- V. Darvin. “Avtobiografiya ”, Q ; 1957 ; str. 112