Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xalqaro aloqalar b`olimi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi. Bo‘lim boshlig‘i- Mavlyutova Tamila Faritovna. Telefon:+99872 226-72-39;+99890 181-18-18 E-mail: tamila_mavlyutova@jdpu.uz Bo‘lim uslubchisi –Nomozov Abdurashid Tillibaevich +99872 226-72-39 Xalqaro hamkorlik bo‘limi vazifalari: Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tug‘risidagi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish. Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida institutda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish. Institut professor-o‘qituvchilari,xodimlari va talabalari uchun loyihalar taxlili asosida seminar,davra suhbatlari tashkil qilish. Institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim,shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish,tahlil qilish va tavsiyalar berish.Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalar bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar,o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish. Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik,chorak,yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish. Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash,malaka oshirish,o‘quv kurslarida qatnashish,magistrtura va doktaranturada taxsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-o‘qituvchilari, talaba,magistrant va tadqiqotchi -izlanuvchilarni tavsiya etish. E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish. Institut ta’lim dasturlari va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va  axborotlarni namoyish etish orqali xorijiy fuqarolarni jalb qilish ishlarini tashkil etish. Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar,konferensiyalar,seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish.Institutda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish,institut veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish. Ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. JDPIda turli tashkilotlar va muassasalar bilan tuzilgan ta’lim sohasidagi hamkorlik shartnomalari doirasida xalqaro tadbirlarni amalga oshirish. JDPI tarkibiy bo‘linmalarining xalqaro shartnomalarni (bitimlarni), shuningdek xalqaro hamkorlik dasturlarini tuzish va bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish. JDPIning ta’lim, ilmiy, madaniy dasturlari va loyihalari haqida tahliliy,  axborot va reklama materiallarini tayyorlash va ularni JDPI rahbariyatiga taqdim etish. Xalqaro ta’lim faoliyatini moliyaviy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishda ishtirok etish. Xalqaro yozishmalar, JDPI rektorining buyruqlari, JDPIning bo‘lim faoliyati sohasidagi xalqaro faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni nazorat qilish va hisobga olish. JDPIning ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi xorijiy davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash. Ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni to‘plash va qayta ishlash. . Xorijiy davlatlarga O‘zbekistonga safarlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va chet ellik talabalar,  aspirantlar, doktorantlar (bundan keyin talabalar), ilmiy-pedagogik xodimlar va delegatsiyalarning qabul qilinishini nazorat qilish Ta’lim sohasidagi xalqaro tadbirlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar. Rektor nomiga xorijiy yozishmalarning tarjimasi sifatini nazorat qilish. Kafedraning xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun yillik reja-jadvallarini, JDPI xalqaro tadbirlarining reja-jadvallarini shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish.