Navoiy yodi-la yashaymiz mudom…
Buyuk shoirimiz Alisher Navoiy hazratlarini tilga olar ekanmiz, u kishining avvalo buyu shoir va mutaffikir ekanlarini ta’kidlash joiz. Hazrat Navoiyning ijodlari bilan tanishgan, asarlarini xolis o‘rgangan har qanday bilimli odamning ushbu xulosaga kelishi aniq.
Bugun Bir qator adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan Navoiy ijodini xolisona o‘rganishga targ‘iblar, harakatlar bo‘layapti va davom etmoqda. Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Navoiy yodi-la yashaymz mudom!” mavzuisda tashkil etgan ma’naivy –ma’rifiytadbirida so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiy g‘azal, ruboiy va muxammaslar bilan bir qatorda o‘z asarlarida tasavvuf ta’limotlarini, boshqacha qilib aytganda, ichki fiqhni aks etganin, zohiriy fiqh borasida ham qalam tebratganligini omma, xalq istifoda qilishi uchun sof shar’iy ko‘rsatmalarga doir asarlar ham yozganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbirning ma’ruza qismidan so‘ng yig‘ilganlar talabalar tomonidan tayyorldangan badiy qismni tomosha qilishdi. Shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq sahnaviy ko‘rinishlar , uning asarlaridan keltirilgan parchalar, kuy va qo‘shiqlar hech kimni befarq qoldirmadi.