Yana bir loyiha ishga tushdi…
Chet tillar fakulteti o‘qituvchilari Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Advance HE Change Academy tomonidan e’lon qilingan “Higher Education for Employability” loyihasi doirasida tashkil etilgan onlayn seminarda o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.
“Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda oliy ta’limnmng o‘rni” (“Higher Education for Employability”) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tanlov asosida e’lon qilingan loyiha hisoblanadi. Change Academy Oliy ta’lim institutlari uchun sifat kafolati, bitiruvchisi natijalari va yetakchilik va boshqaruvga qaratilgan moliyaviy, ilmiy va tashkiliy muxtoriyatga yo‘naltirilgan intensiv imkoniyatlarni yaratishning bir yillik dasturi. Bu loyiha orqali Buyuk Britaniya Oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash agentligi Advance HE mutaxassislari bilan ishlanadi.
Ushbu dasturda O‘zbekistondagi 10 ta OTMlar ishtirokchi sifatida o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda. Chet tillar fakulteti loyihasi “Developing Graduates` Practice- based skills” deb nomlanadi. Ushbu dastur orqali loyiha asoschilari uzoq muddatli hamkorlik qilishni, haqiqiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishni va odamlarga, ayniqsa, ayollar va qizlarga yordam berishni, ularning malakasini, bilimini oshirishni va global ish bozorida rivojlanish va o‘sish salohiyatini oshirishni istaydi.
Loyiha rahbari: prof. A.Mamatov
Loyiha koordinatori: Jabborova Anora
Loyiha ishtirokchilari: Bo‘rieva Nargiza, Siddiqova Durdona, Bahriddinova Dildora, Mirzaakbarov Sulton.