Jizzax davlat pedagogika instituti Harakatlar strategiyasi markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi “Targ’ibot tadbirlarini o’tkazish to’g’risida”gi xatining ijrosini ta’minlash, shuningdek institutda tahsil oluvchi talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” deb nomlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, alkogolizm, kashandalik kabi illatlarning oldini olish, ular haqida yetarlicha ma’dumotlarga ega bo’lish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazidan, viloyat Narkologiya dispanseridan, viloyat Sanitariya epidemiologiya stansiyasi kabi sog’liqni muhofaza qiluvchi muassasalardan vakillar ishtirok etdilar.
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’limi uslubchisi
A. Xolboyev