Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2018
Chop etish
Reproduktiv salomatlik

“Reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyat”

 2018 yilning 22 fevral sanasida institut madaniyat saroyida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi va institut xotin-qizlar b/t tomonidan “Reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyat” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika salomatlik instituti Jizzax shahar filiali vrachi Z. Cho’liyeva, Jizzax shahar 1 oilaviy poliklinika akusher-ginekologi S. Umarova, Jizzax shahar ko’p tarmoqli poliklinika salomatlik markazi mudirasi M. Abdusattorova, institut xotin-qijlar qo’mitasi b/t raisasi Z. Abduvaliyeva,  institut professor-o’qituvchilari, barcha fakultet xotin-qizlar qo’mitasi raisalari va 706 nafar talaba-qizlar ishtirok etdi. Soha mutaxassislariga 30 dan ortiq yozma savollar, o’nlab og’zaki savollar ishtirokchilar tomonidan berildi. Shuningdek, seminarda sil kasalligi bo’yicha 200 ta anketa-so’rovnoma talaba-qizlarga tarqatildi. So’rovnoma natijalariga ko’ra talaba-qizlar ushbu kasallik bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldi va o’z fikrlarini bildirdi.


Ulashish:
4 191
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...