Qazibekov Musaxon
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada hamkorlikda o’qitish texnologiyasi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Аннотация: В данной статье представлена информация о роли и важности технологии кооперативного обучения.
Annotation: This article provides information on the role and importance of cooperative learning technology.
Kalit so’zlar: hamkorlikda o’qitish, an’anaviy ta’lim, kreativlik,jamoaviy ishlash.
Ключевые слова: совместное обучение, традиционное образование, творчество, работа в команде.
Keywords: cooperative teaching, traditional education, creativity, teamwork.
Hamkorlik pedagogikasi an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, bola bilan dо‘stona munosabat о‘rnatishga qaratiladi. Endi oldingi an’anaviy “Men” о‘rniga “Biz”, ya’ni hamkorlikda –“sub’ekt”-“sub’ekt” munosabatlariga asoslangan holatda pedagogik faoliyat tashkil etiladi. “Hamkorlikda ishlash” tamoyili bola shaxsini chuqur bilishga asoslanadi. Hamkorlik pedagogikasi- bola shaxsidagi о‘ziga xos xususiyatlarni, individuallikni saqlagan holda intellektual, ma’naviy rivojlanishini ta’minlaydi.
An’anaviy ta’limda о‘qituvchi pedagogik jarayonning sub’ekti, о‘quvchi esa ob’ekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa о‘quvchi о‘z о‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida qaraladi. Bunda о‘qituvchi va о‘quvchi pedagogik jarayonning sub’ektlari sifatida tenglashib, xamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bо‘ladi. Ular о‘zaro ( hamdо‘st, hamishtirokchi, hamdard, hambashqaruvchi) bо‘ladilar. Hamkorlik munosabatlari о‘qituvchilar orasida, ma’lum bо‘lishi bilan, о‘quvchilar va о‘qituvchilar tashkilotlari bilan, raxbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham о‘rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi о‘quvchining ta’lim-tarbiya olish ishlarini rivojlantirib borish orqali hamda о‘quv-tarbiya jaryonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amaliyotga tadbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlik pedagogikasining asosi quyidagilardan iborat:
- о‘quvchi shaxsini chuqur bilish;
- о‘quvchi shaxsiga insoniy yondashish;
- jamoatchilik tarbiyasi;
- о‘qituvchining yuqori kasbiy solohiyati;
- maktabga jamoa diqqat e’tiborini qaratish.
Hamkorlik pedagogikasining konsepsiyasi quyidagicha:
- о‘quvchi bilan hamkorlik munosabati;
- о‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish;
- maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- muloqot va mehnat qilish kо‘nikma va malakasini hosil qilish;
- о‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontiriish;
- о‘quvchiga yordam berish g‘oyasi;
- har bir о‘quvchi sinf ishida bemalol erkin qatnashishi imkoniyatiga ega bо‘lishi kerak;
- bolalar ishini baholash ya’ni rag‘batlantirish.
Darsni samarali tashkil etish uchun о‘qituvchilarga tavsiyalar:
- О‘quvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
- Sinfda ijobiy emostional (hissiy) muhit yaratish;
- Darsga ishchanlik kayfiyatida kirishish;
- Darsga mas’uliyat bilan kirishish;
- О‘quvchilar bilan hamkorlik qilish;
- Zamonaviy usullar asosida dars о‘tish;
- О‘yin texnologiyalaridan foydalanish;
- Ijodkorlik ya’ni muntazam о‘z ustida ishlash;
О‘quvchilarning fikrlari:
- Menga ishoning.
- Mendan umid qilsangiz bо‘ladi.
- Meni tushining.
- Meni seving.
- Menga olijanoblik qiling.
- О‘z foydangiz uchun mendan foydalanmang.
- Meni kichkina deb о‘ylamang.
Hamkorlikda о‘qitish mashg‘ulotlarining shakllari:
- о‘qituvchi-sinf,
- о‘qituvchi-kichik guruh,
- о‘qituvchi-katta guruh,
- о‘qituvchi-о‘quvchi,
- о‘quvchi-о‘quvchi (juftlikda ishlash),
- kichik guruh-kichik guruh,
- kichik guruh-sinf;
Hamkorlikda о‘qitish – bu о‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilar guruhi, yakka butun sinf bilan о‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, о‘quvchilarning ham о‘zaro qо‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir.
Hamkorlikda о‘qitish metodlari quyidagi beshta hususiyatga ega:
- О‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki о‘qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi о‘zlashtiriladi.
- О‘quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
- О‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki о‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq –atvor mezonlariga rioya qilishadi.
- О‘quvchilar ijobiy va mustaqil bо‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki о‘rganish faoliyati bо‘yicha ishlarni tashkil etish, о‘quvchilarning bir-birlariga kо‘maklashishlari talab etilishini hisobga olgan holda tuzilgan bо‘ladi.
- О‘quvchilar о‘z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, о‘qishga, ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardir.
Hamkorlikda о‘qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
– о‘quvchining о‘rganish jarayonini boyitadi;
-о‘quvchilarga ular о‘rtasida taqsim qilinib, о‘zlashtirilgan kognitiv axborotlar tо‘plamini beradi;
-о‘quvchilarda materialni о‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
-о‘quvchilarning о‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
-axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
-о‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
-turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar о‘rtasida ijobiy о‘zaro munosabatlarni oldinga suradi.
Hamkorlik pedagogikasi turli mamlakatlarda ilg‘or pedagoglar ishtirokida rivojlandi. Ma’lumki, ta’lim sifatini boshqarish – ta’lim jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qо‘llab-quvvatlash hamda uni amalga oshirishni, natijalarini ta’minlashdan iboratdir. Bunda ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi- turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda о‘z ifodasini topadi. Ma’lumki, hozirgi davrda yoshlarning kasbiga oid bilimlarini hayotda qullay olishlari uchun keng imkoniyat yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifa ta’lim sifatini yuksak darajada kо‘tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha qilib aytganda, ta’lim va tarbiya tizimida tub sifat о‘zgarishlarini sodir etishni talab qiladi. Shunday ekan, hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil qilingan ta’lim va tarbiya о‘quvchi shaxsining “Men”ini yorqinroq namoyish etishga, qobiliyat va iqtidorini anglashga, uni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ijodkorlikka intilish, yangilik yaratish – hamkorlik pedagogikasining kreativlik belgisi bilan chambarchasdir. Ushbu hamkorlik asosida bunyodkorlikka intilish, fikrlar parvoziga keng yо‘l ochadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
- Usarov S. “O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatishda matematik masalalarning o’rni” Tafakkur ziyosi 1/2022 ilmiy uslubiy jurnal 147 bet.
- Qahhorov M. “Masalalarni tenglama tuzish bilan yechish metodikasi” Matinfo.jspi.uz
- Mamadjanova M. “Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar” Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2020.
- Usarov S. “Elektron ta’lim muhitida o’quvchilarning mantiq elementlarini o’rganishga qiziqishlarini rivojlantirish” Toshkent davlat pedagogika univsersiteti ILMIY AXBOROTLARI ilmiy nazariy jurnal 2022 yil 264-270 bet.
- Usarov S. “Elements of logic and some considerations on the application of operations on them ” Euroasian scientific Herald (ESH) ISSN (E): 2795-7365.