- N.Hotamov, B.Sarimsaqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘uti. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1979 yil.364 –bet.
Jomiy: Nega «Bahoriston» ?
Tangirov A.J.dotsent
Jizzad DPU, O‘zbeksiton
Annotatsiya
Sharq adabiyotining yirik vakili Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asari sharq adabiyotida keng tarqalgan didaktik tipdagi asarlardan biri bo‘lib, unda yosh avlodga pand-nasihat berishning rang-barang usullaridan foydalanilgan. Asarning kimmati shundaki, unda quruq nasihatdan tashqari ajoyib shakliy o‘ziga xoslik hamda rang-barang kompozitsiya ham ko‘llanilgan.
Kalit so‘zlar: “Bahoriston”, Didaktik asarlar., Kompozitsiya, Masnaviy, Hikoyat, Qit’a, Ruboiy, Fard, Masal, Tazkira, Rivoyat.
Annotatsiya
Proizvedenie AbduraxmonaDjami «Baxoriston» yavlyaetsya odnim iz samыx populyarnыx didakticheskix proizvedeniy vostochnoy literaturы, v kotorom ispolzuyutsya raznoobraznыe metodы vospitaniya podrastayuщego pokoleniya. Sennost proizvedeniya v tom, chto, pomimo suxogo uveщevaniya, v nem ispolzovana yeщe i zamechatelnaya formoobrazuyuщaya originalnost i krasochnaya kompozitsiya.
Klyuchevыe slova: «Baxoriston», Didakticheskie proizvedeniya, Kompozitsiya, Masnavi, Rasskaz, Kontinent, Rubayyat, Fard, Masal, Tazkira, Povestvovanie.
Annotation
Abdurahmon Jami’s work «Bahoriston» is one of the most popular didactic works in Oriental literature, which uses a variety of methods of educating the younger generation. The value of the work is that, in addition to dry exhortation, it also uses a wonderful formative originality and colorful composition.
Keywords: «Bahoriston», Didactic works, Composition, Masnavi, Story, Continent, Rubaiyat, Fard, Masal, Tazkira, Narration.
Buyuk alloma va donishmand Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asari ilk ko‘rinishdanoq, bir necha ma’noni o‘zida mujassam etgan noyob xazina ekanlining guvohi bo‘lish mukmin.
Shu o‘rinda mazkur asarning nega aynan shu nom bilan atalishi hamda uning mumtoz adabiyotning qaysi janriga mansub ekanligi kishi e’tiborini o‘ziga jalb qilishi tabiiy. Nega u aynan “Bahoriston” deb ataladi.
Ko‘rinadiki, ushbu asarda kitobxon bahor fasliga xos tabiat go‘zalligiga, uyg‘onish fasliga xos rang-barangliklarga duch kelmaydi. Bahor fasliga xos bo‘lgan jihatlarni ilg‘ay olmaydi. Aslida asarning “Bahoriston” deya nomlanishining o‘ziyoq , ko‘chma ma’noli bo‘lib, e’tibor berib qaralsa, unda asosan ikki jihatni ilg‘ash mumkin:
Birinchidan, asar janr nuqtai nazaridan bir qarashda bir necha janrdagi kichik – kichik turli janrdagi asarlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, shoir ularni bahor gullariga qiyos etgan holda asarni shu nom bilan nomlashga qaror qilgan.
Ikkinchidan, asarda bahor faslini inson umrining bolaligini bahor fasliga qiyos etib, asarni aynan kichik yoshdagi o‘quvchilar hamda bolalarning mustaqil o‘qib o‘rganishlariga mo‘ljallaydi. Shu sababdan ham u o‘z asarini “Bahoriston” deb nomlashga ahd qiladi. Bu haqda asarning muqaddima qismida adib quyidagilarni ta’kidlaydi: Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf arab tili boshlang‘ich qoidalarini va arab ilmi qoidalarini to‘plash bilan shug‘ullanadi, lekin u biroz qiyinchiliklarga duch keladi. Shuningdek, “…kichik bolalar va tajribasiz yoshlarning qulog‘iga notanish atamalar va tabiatidan uzoq xotimalarni o‘ragnishdan ularning qalbi cho‘chiydi, xotiraga dahshat g‘ubori o‘tiradi…” [1]. Yosh Ziyovuddin Yusuf ko‘pincha mustaqil o‘qib, o‘rganish uchun Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asaridan foydalangan hamda o‘qigan.
Bu jarayondan ilhomlangan Abdurahmon Jomiy ham mazkur asarni, ya’ni “Bahoriston”ni yaratishga kirishadi: “Shu asnoda xotiramga uning ( Sa’diy Sheroziy –A.T.) sharif so‘zlaridansharaflanib va latif she’rlaridan ilhomlanib, shu turda va shu uslubda bir necha varaq ijod qilib, hozirga doston va g‘oyiblarga armug‘on etish fikri keldi. Va bu ma’no anjomini topib bu surat oxiriga yetdi…”[2]
“Bahoriston” janr nuktai nazaridan ham o‘ziga xos asar hisoblanadi. Avvalo, asar adibning o‘zi ta’kidlagidek, Sa’diy Sherziyning “ Guliston” hamda keyinchalik dunyo yuzini ko‘rgan Sayfi Saroiyning “Guliston bit turkiy” asarlariga monand tarzda yaratilgan pandnoma tipidagi asar hisoblanadi. Hatto ayrim adabiyotshunoslar “Bahoriston”ni Sa’diy
She’roziyning “Guliston” asariga o‘ta kuchli ta’sir etganini ta’kidlaydi. Jumladan, tojik munaqqidi A’loxon Afzahzod o‘zining “Bahoriston” ga yozgan so‘zboshisida ”Bahoriston” “Guliston” ga naziradir”,[3]– degan fikrni ham bayon etgan.
Adib o‘zining pand-nasihat, ibrat hamda o‘gitga qaratilgan qarashlarini ifodalashdabadiiy tasvirning jami 7 xil janriga murojaat qilgan. Ular: Masnaviy, Qit’a, Ruboiy, Hikoyat, Mutoyibot, Tazkira hamda Masal janrlaridan foydalangan. Shuningdek, asarning mudarijasidan o‘rin olgan 7 ravzasidagi Tazkira janrida to‘xtalganda o‘zi qalamga olayotgan turli ijodkorlarning G‘azal, Ruboiy hamda Fardlaridan ham o‘z fikrlarini dalillashda foydalangan.
Xarakterli jihati shundaki, asar kompozitsiyasini yaratishda adib, yagona qurilish tizimidan foydanalishga harakat qilgan. Bunda ham adib o‘z oldiga quygan maqsadidan kelib chiqqan. Jumladan, asarda har bir mavzuni ochishda, xususan, pand-nasihat xarakterdagi nasriy Hikoyat, Mutoyiba, Masal hamda Tazkiralarning avvalo, nasriy bayoni berilgan. Shundan so‘ng fikrning isboti uchun biron bir she’riy parcha: xususan, masnaviy, qit’a, ruboiy kabi janridagi asarlardan foydalangan. Masalan:
Bir tulki bolasi onasiga qarab:
-Menga it bilan yuzma-yuz kelib qolganda qutilib keptsh hiylsini o‘rgat,-degan ekan, unga onasi:
-Buning xiylasi juda ko‘p, ammo eng yaxshisi shuki, uydan chiqmay o‘tir, na u seni ko‘rsin, na sen uni,-deb javob beribdi.
Qit’a
Nokas senga dushman bo‘lib qolsa gar,
Ming xiyla nayrang aylama pardoz.
Ming xil hiyla nayrang vahmidan ko‘ra
Sulhi-yu, jangidan saqlanganing soz.
Mazkur qurilish, xususan, avval nasriy bayon etish, so‘ngra uni dalillash uchun she’riy parchalardan foydalanish butun asar qurilishida saqlanib qolingan.
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asari mavzu jihatidan har rang-barangdir. Unda adib tomonidan komil inson tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan quyidagi mavzular ustidan bosh qotiriladi. Ular: Darveshlik haqida, Donolar hmkmati haqida, Shohlik va adalat hkaqida, Sahovat va karam haqida, Do‘stlik va muhabbat haqida, She’r va shoirlik haqida, shuningdek, Masallar, Mutoibotlar kabilardir.
Yuqorida ta’kidlaganlardan ko‘rinadiki, asarning qurilishi hamda kompozitsiyasida adib deyarlik yaqinlikni, uxshashlikni saqlab qolgan. Lekin mavzularni yoritishda esa adib boshqacha yo‘l tutgan. Bunda shoir har bir mavzuni yoritishda alohida alohida yondoshishga harakat qilgan. Jumladan, asarning mavjud 8 ta ravzasi (qismi –A.T) alohida alohida mavzularga bag‘ishlangan. Jumladan, asarning Birinchi ravzasida Darveshlar hamda do‘stlik haqidagi masalalar jamlangan bo‘lib, ularning har biri bugungi kunda ham yosh avlod, xususan, inson tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi uluglangan mavzularga duch kelish mumkin.
Masalan:
Hikoyat
Abulhasan Qushanji aytgan edi:
-Dunyoda bir narsa evaziga yoki biror narsa g‘araziga do‘stlik qilgan kishidan ko‘ra xunukroq narsa yo‘q.
Qit’a
Do‘st hajridan oshiq kutar adolat,
Yo vasl eshigida turar bir holat.[4]
Do‘stlikdan o‘zga bir maqsadi bo‘lsa,
Olamda bormi hech bunday razolat
Adib bu kabi pand-nasihat borasidagi fikrlarini bayon etishda rang-barang badiiy talqinlardan foydalanadi. Jumladan, asarning Sakkizchi ravzasida pand-nasihat berishda Masal janridagi asarlarga murojaat qilgan. Masal janrining tabatiga, uning tag zamirida yashiringan pand nasihat hamda o‘gitlardan ustalik bilan foydalishga harakat qiladi.
Shuningdek, asarda pand-nasihat berishning yana bir usuli, ibrat tushunchasidan, yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatish usulidan ham unumli foydalanishga harakat qilganligini ham ko‘rish mumkin. Asarning 7 –ravzasi “She’r va shoirlik bobida”- deb nomlanadi. Bob yuzaki qaraganda Tazkira janriga yaqin turadi. Adib bobda o‘zi va o‘zidan oldin yashab o‘tganjami 22 adib haqida hikoya qilinadi. Qalamga olingan adiblar orasida fors –tojik adabiyotining yirik vakilaridan Abu Hasan Ro‘dakiydan boshlab, Shayx Sa’diy, Hofiz Sherziy, Abulqosim Firdavsiy, Nosir Xisrav,Xisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy kabi mashhur adiblardan tashqari, mazkur tilda ijod qilgan Alisher Navoiy, nomlari unchalik mashhur bo‘lmagan Orif Harafiy, Salmon Savajiy, Adib Sobir Termiziy, Farruxiy, Anvariy, Unsuriy kabilar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan.
Shu o‘rinda adibning safdoshi va shogirdi Alisher Navoiy haqidagi qarashlari ayniqsa ahamiyatlidir.Jumladan, Jomiy Alisher Navoiyning forsiy tilda ham barakali ijod qilganligini e’tirof etgan holda asosiy “… Tabiati taqozasi va qobiliyatiga ko‘ra u turkiyga … ko‘prok mayllik ko‘rsatdi…. bu tilda (turkiy tilda-A.T) hech kim bunchalik ko‘p va xo‘b she’r yozmagan.”- edi, deya ta’kidlaydi.[5] Albatta bu borada keyinchalik Muhammad Haydar Mirzo “Tarixi Rashidiy” , Zaxiriddin Muhammad Bobur esa o‘zining “Boburnoma” asarlarida ham Jomiyning bu kabi qarashlarini yana bir bor tasdiqlab yoxud rivojlantirib o‘tgan.
Xulosa qilib aytganda, sharq adabiyotining yirik vakili Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asari sharq adabiyotida keng tarqalgan
didaktik tipdagi asarlardan biri bo‘lib, unda yosh avlodga pand-nasihat berishning rang-barang usullaridan foydalanilgan. Asarning kimmati shundaki, unda quruq nasihatdan tashqari ajoyib shakliy o‘ziga xoslik hamda rang-barang kompozitsiya ham qo‘llanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Abdurahmon Jomiy. “Bahoriston”, “Yangi avlod”, 2007 yil. 114-bet
2.Abdurahmon Chomy. Bahoriston. Tahiyagari matn,… A’loxon Afzohzod,
Dushanbe, 2008.