Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 “Ideaton-O‘zbekiston – 2030” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, “Ideaton-O‘zbekiston 2030” tanlovi iqtidorli, isteʼdodli va tashabbuskor talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek eng ilg‘or va yuqori salohiyatga ega yoshlarning g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, ularning loyihalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish hamda moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin: Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Ummatov Zuhriddin Primqul o‘g‘li; 2-o‘rin: Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Amonova Aziza Saydulloyevna; 3-o‘rin: Matematika va informatika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Karabekov Murod Bekbolat o‘g‘li g‘olib deb topildi.