Introduksiya kilishga doir ilk asar.
Shaymatov Sayfullo Rahmatullaevich
JDPU Sirtqi bo‘lim,Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Yurtimiz dunyoning eng kadimiy tamaddun o‘choklaridan biri xisoblanadi. Ko‘xna Turon zaminiga yashab ijod etgan olimlar dunyo tarixi, ilm-fani, madaniyati ravnaqiga ulkan hissa ko‘shganlar. Bu asarlar dunyo sivilizatsiyasining o‘lmas yodgorlnklari sifatida alohida e’zoz topgan. Butun jaxonga ma’lum va mashxur bo‘lgan shunday yodgorliklardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridir.
XVI asrning noyob yodgorligi hisoblangan bu asarda Mirzo Boburning tarixda nafaqat kuchli sarkarda, xukmdor va shoir, balki yetuk ilmiy iqtidorga ega bo‘lgan tabiatshunos alloma sifatidagi faoliyati ham aks etib turibdi. “Boburnoma” mazmun e’tibori bilan qomusiy asardir. Unda Markaziy Osiyo va Hindiston o‘lkalarining tarixi, adabiyoti, geografiyasi, tabiati, o‘simlik va xayvonot dunyosiga oid qimmatli va eng ishonchli ma’lumotlar jamlangan.
Mirzo Boburning kuzatuvlari shunchalik aniq va obrazliki, ular XIX- XX asrlardagi mashhur Yevropa sayohatchilari ma’lumotlaridan ahamiyati, to‘liq va ishonchli bayonlari bilan ustun turadi. Bobur shunday yozadi: “Hisor va Xatlon va Samarkand va Farg‘ona yayloqlari tamom Qobul viloyatining yayloklariga o‘xshashdir… Tog‘lari tamom Kofiristondur (hozirda Nuriston). Toglarida noju (qarag‘ay) va chilg‘o‘za (kedr) va balut (dub) va yong‘ok yog‘ochlari bisyor bo‘lur, o‘simliklari serob…”
“Boburnoma”dan keltirilgan ma’lumotlarning naqadar ishonchliligini aynan mana shu joylarda Boburdan to‘rt asr keyin 1916-1926 yillarda ilmiy safarda bo‘lgan akademik N.I.Vavilovning murakkab ekspeditsiyasi kundaliklari xam tasdiqlab turibdi. Uning “Besh qit’a” deb nomlangan kitobida ekspeditsiya kundaliklari quyidagicha bayon etilgan:
“…Qobul tumani katta edi. Biz bu yerning florasi sovetlar O‘rta Osiyosidagi o‘simliklardan kam farq qilishini ko‘ramiz….”. N.I.Vavilov Nuriston tog‘ yonbag‘irlarini: “Nuriston 2950-3000 metr balandlikdan boshlanadi. U yerda tipik o‘rmon zonasi, ninabarglilar saltanati; qarag‘ay, yong‘oq va dub o‘sadi. O‘t qoplamlari boy, ajoyib o‘simliklar makoni…”, deya ta’riflaydi.
Bu ikki kitobda keltirilgan ma’lumotlar bir jixatdan bir-biriga naqadar yaqin bo‘lsa, ikkinchidan, “Boburnoma”ning nixoyatda yuqori ilmiy saviyada yozilganini tasdiqlaydi.“Boburnoma”ning katta bir qismi biologiya fanining turli tarmoqlari, xususan introduksiya, sistematika va klassifikatsiya, biologik xilma-xillik, ekologiya, kurikxonalar va bog‘ yaratish sohalariga bag‘ishlangan. Ularni o‘rganish, ilmiy izlanishlarda
foydalanish, tarixiy-ilmiy xaqiqatni ro‘yobga chiqarish va barkamol avlodni tabiatsevarlik ruhida tarbiyalashda nihoyatda qo‘l keladi.
Bobur zamonida biologiya hali fan sifatida shakllanmagan edi. Shunga qaramay, u o‘z asarida birinchilardan bo‘lib tabiat va uning muvozanati, o‘simlik va xayvonlarni nomlash, ularning tasnifi, turli mintaqalarning o‘simliklarini iqlimlashtirish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tqazish hamda tabiatni e’zozlash haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. “Boburnoma” muallifi o‘simliklar introduksiyasi, ya’ni o‘simlik turlarini ilgari o‘smagan, tabiiy sharoiti o‘zgacha joylarga ko‘chirish, iqlimlashtirish va tarqatish masalalariga katta e’tibor bergan. Bu jarayon butun jaxon ko‘lamida asosan XVI-XVII asrlarda boshlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, xozir yer kurrasining barcha qit’alarida yetishtirilayotgan madaniy o‘simliklarning aksariyati introduksentlar hisoblanadi. XVI-XVII asrlarda Amerikadan Yevropaga makkajuxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki, qalampir va boshqa ne’matlar keltirilgan. Shakarqamish esa Amerikaga Janubi-sharqiy Osiyodan Kanar orollari orqali introduksiya qilingan. XVII asrdan boshlab Amerikada Yevropadan keltirilgan olxo‘ri, olma, nok, kashtan va boshqa daraxtlar o‘stiriladi.
O‘simliklar tabiiy yashash jonlaridan yangi xududlarga ko‘chirilganda uning xo‘jalik jixatidan qimmatli hisoblangan belgilari yaxshilangan. Ya’ni hosildorlikning oshishi o‘simlik vaznining ko‘payishi, xar-xil kasallik va zararkunandalarga nisbatan chidamliligi ortishi kuzatiladi. Urta Osiyo ham bir qator madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazi hisoblanadi. Shu bilan birga XVI asrda va undan avvalroq O‘rta Osiyoga ham bu yerning tabiati uchun noma’lum bo‘lgan o‘simliklar keltirilgan. Shunday o‘simliklardan biri shakarkamish u Xindistondan Afg‘onistonning Qobul viloyati orqali hozirgi Surxondaryo viloyatining Denov va Sariosiyo tumanlariga keltirilgan.
“Boburnoma”ni mutolaa qilgan kitobxon Markaziy Osiyoda o‘simliklar introduksiyasi yer kurrasining boshqa qit’alari kabi aynan XVI asrda boshlanganligiga guvoh bo‘ladi. Lekin ilmiy va o‘quv adabiyotlarida bu xaqda ma’lumot berilmagan. Ayrim olimlar Yevropadan Xindiston va Xitoyga dengiz yo‘llarining ochilishi Markaziy Osiyoga yangi, noyob va g‘aroyib o‘simliklarning kirib kelishini cheklab qo‘ygan, O‘rta Osiyo xonliklarining tarqoqligi tufayli nafaqat Amerika va Yevropadan, balki qo‘shni yurtlardan ham o‘simliklarni olib kelib iqlimlashtirishning iloji bo‘lmagan, deb hisoblaydilar.
Bugun bozorlarimiz issiq iqlimli mamlakatlarning mevalari bilan ham to‘lib-toshmoqda. Ayniqsa banan, ananas, kivi, kokos yong‘og‘ini yilning hoxlagan faslida xarid qilishingiz mumkin. Biroq ilmiy-texnik saviya taraqqiy etgan hozirgi kunda xam ko‘pchilik kokos yong‘og‘ini qanday chaqishni bilishmaydi. Uni og‘ir narsalar bilan o‘rib sindirish natijasida yong‘ok ichidagi sharbatning katta qismi to‘kilib ketadi. Xolbuki, “Boburnoma”da kokos yong‘og‘i sharbatining bir tomchisini ham isrof qilmasdan ajratib olish yo‘llari ko‘rsatilgan. “…Yana norguldur, arablar norjil derlar. Xindistonliklar nolir deydi. Norgul mevasi Xindiston yong‘og‘idir, andin qora qoshiklar yasaydilar, ulug‘rog‘idan g‘ijjakning kosasini qilurlar. Xuddi yong‘oqqa o‘xshash ustida ko‘k po‘sti bo‘lur. Norgulni po‘stini artgach, bir uchida musallas uch tushuk (chuqurcha) o‘rni zohir bo‘lur, ikkitasi qattiq, biri esa bo‘sh, andaq ishorat bilan teshiladur, bu tushukni teshib, ul suvni ichadurlar. Mazasi yomon emas…”.
Bobur Markaziy Osiyoning deyarli hamma shaharlarida bo‘lgan. U joylarning iqlim sharoitlari va atrof-muhit tozaligiga tavsif bergan. U shunday yozadi: “Farg‘ona shaharlaridan biri O‘sh. U yerda havo toza, oqar suvlar ko‘p. Bahori ko‘p yaxshi bo‘ladi, Andijon soyi O‘shning mahallalari ichi bilan o‘tib Andijonga boradi. Bu soyning har ikki tomonida bog‘lar ko‘p. Bog‘lar soy bilan ko‘shilib ketgan, binafsha gullari ko‘p latif bo‘ladi, oqar suvlari bor, bahori juda yaxshi bo‘ladi, qalin lolalar va gullar ochiladi. Farg‘ona viloyatida safo va havoda O‘shga o‘xshash shahar yo‘q”.
Boburning tabiatga, uni bilishga ona yurtning o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarini anglashga muxabbati benixoya kuchli bo‘lgan. U xayotdan, tabiatdan zavqlangan, tabiat va jamiyat xodisalariga ilmiy tafakkur, ya’ni olimona e’tibor bilan yondoshgan Bobur “Yomonlik qilganingdan keyin ofatlardan emin bo‘lmagin. Chunki tabiatning jazosi aniqdir”, deb yozishining boisi ham shunda.
Bobur kaysi viloyatga borgan bo‘lsa, u yerning tabiati, o‘simlik va xayvonot dunyosining xilma-xilligini ilmiy asosda tasvirlagan. “Boburnoma”da keltirilgan botanika va ekologiyaga oid ilmiy dunyokarash bilan tanishuv orqali har bir kitobxonning tabiat in’om etgan mujizalar, xayvonot va o‘simlik olami, tabiiy resurslar, musaffo xavoni e’zozlash, himoya qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish burchini ongli ravishda idrok etish xissi kuchayadi.
“Boburnoma”da Markaziy Osiyo za Hindistonning tabiati, hayvonot va o‘simlik dunyosi, iqlimi, atrof-muhit holatiga oid boy ma’lumotlar mavjud. Bu qomusiy asarni chuqur tahlil qilish tabiatshunoslik, biologiya va ekologiya fanlari tarixini o‘rganishda ham muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.