Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari

Jizzax Davlat pedagogika universiteti Yunusov Dilshod Raxmatovich   Аnnotatsiya: Ushbu maqolada talabalarning pedagogik hurfikrliligini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Xurfikrlilik, ijtimoiy faollik, xurfikrlilik tarbiyasi, pedagogik xurfikrlilik, xurfikrlilikni shakllantirish, xurfikrlilikni rivojlantirish. Аннотация: В статье освещены педагогико-психологические аспекты формирования и развития педагогического интеллекта студентов. Ключевые слова: свободомыслие, социальная активность, воспитание свободомыслия, педагогическое свободомыслие, формирование свободомыслия, развитие свободомыслия. Annotation: Pedagogical and psychological aspects of formation and development of students’ pedagogical intelligence are covered in this article. Key words: pedagogical  freethinking, interactive educational technologies, educational technologies, telecommunication, innovation, didactic tools Mamlakatimizda bugungi kun talablariga mos ijtimoiy-siyosiy faol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri sanaladi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shularni inobatga olgan holda talabalarda pedagogik hurfikrlash moyilligini yanada sayqallashtirib borish orqali hurfikrlash imkoniyati oshirib boriladi. Hurfikrlilik – hech qanday cheklovlarsiz fikrlash, amaldagi dasturlashtirilgan hayot tarziga aylanib qolgan, shunday bo‘lishi kerakligi singdirilgan tizimdan, o‘zligiga qaytishdir. Hurfikrlilikning bosh vazifasi shundan iboratki, diktatorlik taʼsirlaridan mutlaq xoli bo‘lishdir. Shuning uchun ham hurfikrlilik g‘oyalari bilan sug‘orilmagan insonlar, diktatorlik taʼsirlari ostida ongli, istiqbolli qarorlarni qabul qila olishmaydi. Buni amalga oshiruvchi sabablar mavjud bo‘lib, ularni buyruqlar asosida harakat qilishga undab turadi. Bular: – bu mumkin emas; – rahbar xafa bo‘ladi; – shunday qabul qilingan; – Otangning hohishi; – Odamlar nima deydi; – Bu ishni qilish kerak kabilar Yoshlarni hurfikrlilikka undash orqali ularning ongida tub burilishni amalga oshirish mumkin. Istiqbolli burilishlar hurfikrlilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, “Nega endi..?, bu yoqimliku, axir bu qulayku?, siz harakat qilib ko‘ring, uddalaymiz, men anglab yetdim, siz bunga qodirsiz” kabi undovchi fikrlar mavjud tizimdan chiqishga yordam beradi. Shuni yoddan chiqarmaslik keraki, hurfikrsiz inson – qo‘g‘irchoq misolidir. Uni har qanday ishga yuborish mumkin. Hurfikrli insonlar ijobiy hayot tarzi uzluksiz davom etishini istashadi va uni bardavom etishi uchun xato qilmaslikka, harakat qiladi, qilingan xatosining sababini izlab topib o‘zini ijtimoiy faol shaxs sifatida namoyon qiladi. Bugungi kun yoshlari oldida shunday masalalar turibdiki, uni sog‘lom fikr bilan kuzatadigan bo‘lsangiz, innovatsion g‘oyalar olami o‘ziga maxliyo qiladi. Innovatsion g‘oyalar olamida faoliyat yuritish – yoshlarni jamiyatdagi ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirib, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini tizimlashtiradi, kelajakni oldindan ko‘ra olish imkoniyatini oshiradi. Talabalar o‘rtasida pedagogik hurfikrlilik tarbiyasi, tarbiyaning muhim bir shakli sifatida maydonga chiqib, ularni jamiyatning faol aʼzosi sifatida maʼnan yuksalishda, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda muxim rol o‘ynaydi. Pedagogik hurfikrlilik tarbiyasi – bo‘lajak o‘qituvchilarni har tomonlama yuksak darajada tarbiyalash orqali ularda ijodkorlik va insonparvarlik fazilatlarini to‘liq namoyon etishiga tayyorlashning pedagogik tizimidir. Bizga maʼlumki, talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkor g‘oyalarni hayotga tadbiq etisha yordam beradi. Misol uchun bugungi kun talabasi, ertangi kunda taʼlim muassasalariga borganda o‘quvchilar bilan ishlash tizimida yangi yo‘llarni izlab topadi. O‘quvchilarga hayotga bo‘lgan munosabatini zimdan o‘zgartirib o‘zlarini – o‘zlari kashf qildirishga zamin yaratib beradi. Har bir o‘quvchi bilan o‘zining qondoshidek munosabatga kirishib, yangilik sari undab boradi. Shuning uchun ham bugungi kunda yurtimiz raxbari tomonidan o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabat, biron bir davlatda bu qadar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmagan. Shuni inobatga olgan holda biz pedagoglar bunday oliyjanob munosabatga labbay deb javob berishimiz kerak. Bugungi kunga qadar bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish masalasi qaysidir maʼnoda oqsayotgan edi. Uni bartaraf etish uchun, bugun pedagogika oliy taʼlimi muassasalarida talabalarda pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik manbalari, mazmuni, shart-sharoitlari, metodlari, vositalari va shakllari bugungi kun talablari darajasida ko‘rib chiqilmagan. Shuning uchun ham biz bo‘lajak o‘qituvchilarning ongi va qalbida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga eʼtibor qaratdik. Bular: – pedagogika oliy taʼlimi muassasalari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida ijtimoiy faollikni kuchaytirish; – pedagogika oliy taʼlimi muassasalari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida milliy – maʼnaviy qadriyatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; – pedagogika oliy taʼlimi muassasalari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida taʼlimiy qadriyatlardan keng doirada foydalanish; – pedagogika oliy taʼlimi muassasalari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalab borishga erishish; Pedagogika oliy taʼlimi muassasalari talabalarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning asosoy vazifalaridan biri bo‘lganligi bois ham, biz o‘z izlanishlarimizda quyidagilarga ham eʼtiborimizni qaratib o‘tdik. Bular: – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning ijobiy xarakterini ochib beruvchi komponentlar mazmunini aniqlashtirish; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning tashkiliy, axborot va telekommunikatsion taʼminotinining pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikning rivojlanganlik darajasini diagnostik metodlar yordamida baholash va monitoringini amalga oshirish; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning modelini yaratish va uni takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Talabalar o‘rtasida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirish masalasi o‘ziga xos tarzda pedagogik va psixologik eʼtiborni talab qiladi. Shuning uchun ham quyidagilarga eʼtiborimizni qaratdik. Bular: – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning ijobiy xususiyatlarini ochib beruvchi qadriyatli, loyihaviy, tarbiyaviy, texnologik komponentlar subʼekt-obʼekt, obʼekt-subʼekt, subʼekt-subʼekt munosabatlari hamda yo‘nalishlar tasnifi natijalar samaradorligining virtual sayohat, interfaol o‘qish, qisman izlanuvchanlik kabi omillarini kiritish orqali aniqlashtirilgan; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishga taʼsir etuvchi ijtimoiy, tabiiy, psixologik, fiziologik, texnologik omillar axborot va telekommunikatsion taʼminotning pedagogik imkoniyatlari taʼsirini virtual, mediataʼlim va innovatsion taʼlim texnologiyalarini integrativ joriy qilish orqali takomillashtirilgan; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikning rivojlanganlik darajasini diagnostik metodlar yordamida obʼektiv, subʼektiv, mazmunli baholash komponentlarini aniqlashtirish asosida jarayonning baholash monitoringini amalga oshirish tizimi onglilik, ko‘rgazmalilik, uzluksizlik, ilmiylik singari taʼlim tamoyillariga ustivorlik berish orqali rivojlantirilgan; – talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirish modeli didaktik vasitalarni qo‘llash usullarini integratsiyalash hamda hurfikrlilikning rivojlanish darajasini tashxislashning taʼlim-tarbiya jarayoniga, jamoaga, manbalarga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan qadriyatli munosabatlar kabi mezonlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan. Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish va rivojlantirishda taʼlim va tarbiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Bunda o‘qituvchilar bo‘lajak pedagoglarni pedagogik va psixologiyaga oid bilimlar bilan qurollantirib, bu borada pedagogik ko‘nikma va malaka erishib borishini taʼminlashga yo‘naltiriladi. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik hurfikrlilikni shakllantirish talabalarning har tomonlama kamol topishiga xaizmat qiladi. Bu o‘z navbatida taʼlim – tarbiya jarayonining samarali kechishiga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.– T., 2017 .– B.39.
  2. Maʼnaviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009, 187-188-b.
3.Oynisa Musurmonova “ Xalq taʼlimi jurnali 3 son
  1. Yunusov D.R. Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning ijtimoiy asoslari. “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnali 2020/2-son 219-bet