O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Sambraham universiteti profesor- o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Tadbirni universitet rektori, prof, J. Xusanov ochib berar ekan, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi ishlab chiqilishiga oid muhim qadamlar, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining kafolati, Konstitutsiyada yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalari, shuningdek davlatimiz bosh huquqiy xujjatining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Hindistonlik Prakash Babu tadbir ishtirokchilarini ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan qizg‘in tabriklab, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining Jahonda obro‘ va nufuzi, undagi demokratik institutlarning halqparvar va ma’rifatli jamiyat barpo etishdagi faoliyati borasida o‘z nuqtai nazar va fikrlarini bayon qilib o‘tdi. “Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga chorak asrdan ko‘p vaqt to‘ldi. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo, globallashuvning tobora xalqimimiz hayotida qo‘lami va miqyosi kengayib borayotgan bir davrda davrning o‘tkir talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, har bir demokratik davlat o‘z Konstitutsiyasini o‘zgartirish va yangiliklar kiritib borishi dunyo amaliyotida mavjud. Zotan har qanday davlatning konstitutsiyasi dogmatik xujjat emas. U doimiy ravishda takomillashib va sayqallanib boraveradi”- deb ta’kidlaydi “falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Kamoliddin Yusupov.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning davlat va jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, undagi ko‘pgina moddalar ma’nan eskirganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan Konstitutsimizag ko‘ra nikoh tomonlarning o‘zaro teglik va hohishlariga ko‘ra amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi? Tomonlar sifatida bir jinsli shaxslar ham nikoh qayd etishlari mumkin. Buni aslida 1992 yilda qabul qilgan Konstitutsiyamiz ham taqiqlamaydi. Endilikda tomonlar sifatida qat’iy erkak va xotinlar belgilab qo‘yilmoqda. Yoki 31- modda Vijdon erkinligi deb nomlanadi. Aslida bu so‘z ruschadan svoboda sovesti so‘zining noto‘g‘ri tarjima qilinishidir. Chunonchi dinga munosabat insoning vijdoni bilan emas, balki uning e’tiqodi bilan belgilanadi. E’tiqod tushunchasi vijdon tushunchasiga qaraganda ancha kengroqdir. Shuning uchun 31 – modda Vijdon erkinligi emas, E’tiqod erkinligi sifatida mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan taklif va tavsiyalar olish bo‘yicha Respublika Komissiyasi shakllantirilib, joriy yilning iyun oyidan boshlab Konstitutsiya loyihasi ummumhalq muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, muhokamalar davom etib kelmoqda. Konstitutsiyamizning 64 moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kutilmoqda. Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasini qabul qilish umumxalq referendumi orqali amalga oshiriladi.