JDPU. Katta o’qituvchisi. Ergasheva Matluba Burxonovna
Anatatsiya: O’rta maktabda matematika o’qitishni islox qilish xarakatini avj oldirish quyidagi harakatlarga bog’liq: “maktab matematika kursini hozirgi zamon matematikasiga va uning amaliy tatbiqlariga yaqinlashtirishga intilish ; Arifmetika bilan algebra va geometriya negizlari tarkibida birlashib ketgan yagona matematika kursini yaratish uchun kurash; Maktab matematika kursining amaliy yo’nalganligi , o’qitishning turmush bilan bog’langanligi va o’quvchilarning hisoblash ma’daniyatiga e’tibor berilganligiga , ayniqsa , o’qitishning quyi bosqichida jiddiy amal qilgan holda maktab matematika kursining nazariy tomoniga e’tibor berilganligiga , maktab matematika kursining nazariy tomoniga etiborning kuchayishi ;
Tayanch so’zlar: zamonaviy maktab,mutaxassilikka kirish, matematika kursi, tuzilishi, mazmuni,
Jaxon xalqlari siyosiy lug’atlarida “Amerika orzusi”,”Britaniya orzusi”,”Rossiya orzusi”,”Yaponiya orzusi”,”Xitoy orzusi” degan tushunchalar mavjudligi buni yaqqol tasdiqlaydi.Ular besabab va tasodifan shakllanmagan.Ushbu tushunchalarning har biri o’sha xalqning umumiy orzu umidlari ,ular yashayotgan davr va kelajakka doir maqsad muddaolarini ifoda etadi.
Muayyan xalq yoki xudud axolisining asrlar davomida shakllangan va umumijtimoiy orzularini ifodalaydigan bunday tushunchalar zamirida nihoyatda teran ma’no mazmun majassam ekani shubxasiz.
Bugungi kunda Yangi O’zbekiston strategiyasi huddi shunday hayotbaxsh xusisiyat kasb etmoqda,xalqimizni yorug’maqsadlar yo’lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanib bormoqda.
O’z kuch imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonch bizni Yangi O’zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg’onish davri poydevorini yaratishdek ulug’ maqsad yo’lida birlashtirib yanada kuchli mustahkam qilmoqda.
Shunday ekan zамонавий мактабни ислоҳ қилиш бош йўналишларидан бири ривожлантирувчи таълим ҳисобланади. O’zbekistonda таълимни ривожлантириш дастурида билимга йўналтирилган таълимдан ривожлантирувчи таълимга ўтиш зарурияти таъкидланади, бу таълим ислоҳоти, инсонга йўналтириш билан боғлиқ. Ozbekistonда Davlat ta’lim standarti doiraсида белгиланган асосий таълим тизими мақсадларидан бири “болалар ва ёшларни ҳар томонлама ва ўз вақтида ривожлантириш, уларнинг ижодий қобилиятларни ривожлантириш, мустақил таълим кўникмалари, шахснинг ўз мавқеини аниқлай олиш кўникмасини шакллантириш” ҳисобланади .
Boshlang’ich matematika kursi maktab matematika kursining tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang’ich matematika muvaffaqiyatli o’zlashtirish maktabda butun matematika ta’limini to’g’ri yo’lga qo’yishga asos bo’lishi tushunarli bo’lib qoladi. Akademik A. N.Qolmogorov 4-8 sinflar programmalari “ natural sonlar bilan ( aslida har qanday kattalikdagi ) to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari bilan uchta sinfdayoq o’zlashtiriladi , degan farazdan kelib chiqishadi “ deb bejiz aytgan emas.
O’rta maktabda matematika o’qitishni islox qilish xarakatini avj oldirish quyidagi harakatlarga bog’liq:
- “maktab matematika kursini hozirgi zamon matematikasiga va uning amaliy tatbiqlariga yaqinlashtirishga intilish ;
- Arifmetika bilan algebra va geometriya negizlari tarkibida birlashib ketgan yagona matematika kursini yaratish uchun kurash ;
- Maktab matematika kursining amaliy yo’nalganligi , o’qitishning turmush bilan bog’langanligi va o’quvchilarning hisoblash ma’daniyatiga e’tibor berilganligiga , ayniqsa , o’qitishning quyi bosqichida jiddiy amal qilgan holda maktab matematika kursining nazariy tomoniga e’tibor berilganligiga , maktab matematika kursining nazariy tomoniga etiborning kuchayishi ;
- Ta’lim mazmunini yangilash, bayon qilish sistemasi va metodlarini mukammallashtirish hisobiga, asosan o’quvchilarning bilish imkoniyatlaridan to’la foydalanish hisobiga o’quv matrealini o’qitish yillari bo’yicha birmuncha pastga
Bu yetakchi qoidalar bilib olingan va maktabning bundan keyingi rivoji uchun ta’sir ko’rsatuvchi faktorlar siftida tog’ri baholangan taqdirdagina yangi dasturningning ruxi va yo’nalishini , uning qayta qurilishining ma’nosini oxirigacha tushunish mumkin “.
Shuni ta’kidlash kerakki, amaldagi boshlang’ich matematika dasturi sturikturasi va mazmuni bo’sh joyda yaratilmadi, balki traditsion sistemasi bilan ma’lum izchillikni saqlagan holada yaratiladi .
Endi amaldagi dastur bo’yicha 1-4 sinfalda o’rganiladigan boshlang’ich matematika kursining sturukturasi va mazmuni mufassalroq qarab chiqaylik .
Ma’lumki , o’quv predmenti ilgaridagidek ” arifmetika ” emas, balki “Matematika “ deb ataladi. Fan nomini bunday o’zgartirish bejiz emas : bu o’zgarish o’zida mazkur o’quv predmentining mazmuni va sturukturasi o’zgarishini aks ettiradi .
Matematika programmasining asosiy o’zagi natural sonlar va miqdorlar arifmetikasidan iborat bo’lib, bu o’zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi , bu elementlar arifmetika bilimlar sstemasiga tarkiban qo’shilib, son, arfmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning yuqoroq darajada o’zlashtirishga imkoniyat beradi .
Shunday qilib , boshlang’ich matematika kursi o’z sturukturasi bo’yicha uch fanni o’z ichiga olgan butun kursdir , unga arifmetik ,algebrik va geometrik materealidan iborat qismlari farq qilish kerak .
Zaruriy umumlashtirishlarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlariga mazmuniga emas, bakli o’quv materealining joylashish sistemasi ham javob beradi . O’quv matereali dasturda yo chiziqli, yoki konsentrik joylashishi mumkin.
Chiziqli tushintirish deyilganda dasturda materialning shunday joylashishi tushiniladiki, u bo’limlarning mantiqiy ketma-ketligiga asoslangan bo’lib, ilmiy kurslarda qabul qilingan. Arifmetikaga nisbatan chiziqli qurilish bunday bo’lishi mumkin: ko’p xonali sonlarni no’merlash , qo’shish , ayirish , ko’poaytirish va bo’lish. Boshlang’ich matematika kursida arifmetik matrealning konsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo amaldagi dastur konsentirlar soni kamaytirilgan : o’nli , yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday qayta gurppalanganki, unda o’zaro bog’langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash jihatidan yaqinlashtirilgan. Bu o’qitishni har doim o’zaro bog’liq tushinchalar, amallar masalalarni taqqoslash, qarshi qo’yish va solishtirish, qaralayotgan faktlarning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash , ular orasidagi mavjud bog’lanishlarini ochish imkonini beradi.
Nazariyaga katta e’tibor berish va kursni ratsianalroq tuzish tufayli uning muhim bo’limlarini o’rganishni soddalashtirish imkoniga ega bo’ladi. Bu, masala , 1-sinfda 100 ichida qo’shish va ayirish usullari ustida ishlashga , 2-sinf da jadvalda ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga va xokozolarga tegishli.
Endi matematika kursining har bir tarkibiy qismi ( arifmetika, algebra va geometriya ) mazmunini qaraymiz .
Boshlang’ich sinf dasturida arifmetikadan elementar ma’lumotlarning ushbu uyishmasi berilgan; natural sonlar , nol, shu sonlar o’rtasida to’rta arifmetik amallar; kasrlar, ismli sonlar va ular ustida amallar. Bu matrealni o’rganish o’quvchilarni matematik tushunchalar sistemasini o’zlashtirishga, shuningdek puxta va tushinib olingan hisoblash ko’nikmalari va malakalarni egallashga olib kelishlari kerak . Shu bilan birga bu ko’nikmalar, bir tomondan predmet to’plamlari bilan ishlashda , ikkinchi tomondan , hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida rivojlanadi. Dastur arfmetik amallarning ba’zi muxim xossalari va uladan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishish kiritilganligi sababli , hisoblash usullarini ongli o’zlashtirish imkoni vujudga keladi. Bu qo’shish va ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasi , ko’paytirish va bo’lishning taqsimot qonuni, asosiy xossalaridan kelib chiqadigan yig’indini natijalar ; sonni yig’indiga qo’shish va yig’indini songa ko’paytirish , sonni yig’indidan ayirish, yig’indini yig’indiga qo’shish , yig’indidan yig’indini ayirsh ; sonni yig’indiga va yig’indini songa ko’paytirish, yig’indini songa bo’lish; sonni xko’paytmaga ko’paytirish va bo’lishdan iborat.
Asosiy xossalarining har biri to’plamlar yoki sonlar ustida amaliy operasiyalar bajarish asosida ochib beriladi, buning natijasida o’quvchilar umumlashtirishga kelishlari kerak .Xossalarni umulashtirish uchun kursada maxsus mashqlar sitemasi nazarda tutiladi , ammo xossalarni qo’llashning bosh siferasi ular asosida hisoblash usullarini ochib berishdan iborat .
Arifmetik amallar xossalari va mos hisoblash usullarini o’rganish bilan bir vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan kompyuterlari orasidagi bog’lanishlar ochib beriladi (masalan, yig’indidan qo’shiluvchilardan biri ayrilsa , ikkinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi ) kompyuterlaridan birining o’zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o’zgarishi kuzatiladi .
Dasturda hisoblashlarning og’zaki usulari bilan bir qatorada yozma usullariga ham katta e’tibor beriladi. Yozma hisoblash usullari ustida ishlash 2-sinfda “MINGLIK” mavzusini o’rganishdan boshlanadi . 2-sinf bolalar 1000ichida yozma qo’shish va ayirish usullari bilan tanishadilar . 3-sinfda 1000 ichida qo’shish va ayirishning qiyinroq holatlari ( 248+176; 900-345 ; 803 -257 korinishidagi holar) , shuningdek , ko’p xonali sonlar (millonlar sinfi ichida ) ustida barcha amallar qaraladi.
Matematika sistematik kursini o’rganishga tayyorlash maqsadida kasrlar haqida ayoniy tasovvurlar beriladi . 2-sinfda ulush (qism) tushunchasi butunning (doiraning , to’g’ri tortburchakning va x. k. ) teng qismlari sifatida qaratiladi ulushlarning yozilishlari beriladi . 3- sinfda kasr ulushlar to’plami sifatida qaratiladi ,kasrlarni almashtirish va taqqoslash korsatmalilik asosida beriladi .
Dasturning arifmetik materiali o’quvchilarni asosiy miqdorlar – uzunlik , massa , vaqt, yuza, baxo, tezlik bilan tanishtirish , shuningdek, bu miqdorlarning o’lchov birliklari , xar xil o’lchov asboblari yordamida o’lchash usullari bilan tanishtirishnni o’z ichiga oladi . Amaldagi dasturda uzunlik o’lchovlarini o’rganishga yaqinlashish tubdan o’zgartirildi. Natural qatorning dastlabki sonlarini nomerlash o’rgatilayotgandayoq santimetr kiritiladi . 2- o’nlik sonlarni o’raganilayotganda ditsimetir , yuzlik o’rgatilayotganda metr kiritiladi . Bu, birinchidan, bolalarda son tushinchasini sanoq natijasigina emas , baki o’lchash natijasi sifatida xam shakillantirish imkonini beradi .Bunday yaqinlashishdan ismli sonlarni aloxida temaga ajratish zarurati yoqoladi . Ismli sonlar ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bajarish bilan bir vaqtda bajariladi , chunki ikkala hol asosida xam o’nlik sanoq sistemasining o’zi yotadi .
Shuni qayd qilish kerakki, arifmetika matreali amaldagi programmaga yirik metodik birliklarda kiradi . Chunonchi, unda ikkita konsentr—million va miliard konsentirlari yoq , balki bitta konsentr –ko’p xonali sonlar konsentiri mavjud ; ikkita konsentr ikkinchi o’nlik va yuzlik konsentirlari yoq, balki bitta – birinchi yuzlik konsentiri mavjud , bu o’z ichiga ikkinchi o’nlikni ham oladi : yuqorida aytilganidek , murakkab ismli sonlar konsentiri deb ataluvchi alohida konsentir yoq , chunki bu sonlar ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bilan birga o’rganiladi ; nihoyat , ko’paytirish va bo’lishga doir tortta jadval yoq , balki bittagina jadval bor , bu jadval boyicha ‘ jadvada bolish natijalari osongina topiladi .Matrealni bunday konsentrlash natijasida bolalar qisqa vaqt ichida kop miqdorda umumlashtirilgan va puxta bilimlar berish imkoniyati tug’iladi .
Algebra elementlarini kiritish chuqur, tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi ;tengkil tengsizlik tenglama, o’zgaruvchi tushinchalari konkret asosida ochib beriladi .
1-sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizlik lar ( 4=4; 6=1+5; 2<3; 6+1>5 ; 8-3 <8 -2 va x. k. ) qaraladi , ular konsentrlardan konsentrga o’tgan sari murakkablashib boradi .Ularni o’rganish arifmetika matrealni o’rganish bian bog’lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi . Shu yerning o’zida soddaroq ko’rinishdagi x+3 =6 ; 8-x =3 va x. k. tenglamalar boshlanadi . Keyinroq , 2-sinfdan boshlab , murakkabroq , masalan, (x +6) – 3= 20va xokozo . korinishdagi tenglamalar qaraladi . tenglamalarni yechish oldin tanlash metodi bilan so’ngra esa amallarning natiljalari bilan kompanentlari orasida bog’lanishlarni bilganlik asosida bajariladi . 2-sinfdan boshlab , tenglamalar yechish bilan bir qatorda , masalalarni tenglamalar tuzish yoli bilan yechishga o’rgatila boriladi .
2-sinfda xarf o’rganuvchini belgilavchi simvol, ( a+ b ; 15- k va x. k ) sifatida o’zgaruvchili tengsizliklar ( 8 – s >5 ) kiritiladi; bunda tengsizliklar tanlash yo’li bilan yechiladi. O’zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o’quvchilarning funksiyanal tasavvurlarini egallashiga imkon beradi.
Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish, shuningdek arfimetik qonuniyatlarni bog’lanishlarni ko’rsatmali, konkret ilyustrsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi ( masalan, tog’ri to’rtburchakning teng kvadartlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirtish xossasini ilyustrasiyalashda foydalaniladi va xokozo.)
1-sinfdan boshlab programmaga geometrik figuralar- to’g’ti va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’riburchak va xokozo kiritilgan .
O’quvchilar geometrik figuralarni tasvvur qila olishini ularni atashni va katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini , ko’pburchak premetirni to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figurani yuzini ( pletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Masalalar shunday mashiqlarki, ular yordaamida eng avvalo boshlang’ich matematika kursining ko’pgina masalalari ochib beriladi. Masalan, masalari yechish yordamida arfimetik amalarning , amalar xossalarining, arfimetik amalar natijalar bilan komonetlari orasidagi bog’lanishlarining va xokozolarining konkret mazumunlari ochiladi. Programmaga berilgan “Tushuntirish xatida “ bunday deyiladi:’’ Natural sonlar va nol afimetikasini o’raganish maqsadaga muvofiq masalalar sistemasi va amaliy ishlar asosiga quriladi. Bu har bir yangi tushunchani shakllantishrish har doim u yoki bu maslani yechish bilan bog’lanishini , bu masalalar tushunchaning ahamiyatini tushunturishga yordam berishni, uning qo’llanishini talab qilishini bildiradi “.
Shunday qilib , masalalar matematika o’qitishni turumush bilan bog’lash, matematik bilimlari qo’lanishining matematik tushunchalarining hari xil tomonlarinig yetarlicha har xil hayotiy vaziyatlar bilan taminlovchi sferasi bilan bog’lash vositasidr. Bundan tashqari, masalalar yechish prosseida o’quvchilar turmushda kerak bo’ladigan ko’nikma va malakalarni egallab olishadi.
Ko’rib turibmizki, boshlang’inch matematika kursining mazmuni juda kattadir. Matematik xotiraning, taffakurining, diqqatning ijodiy tasvvurning va xokozo rivojlanishini ham xisobdan chiqarib tashlamaslik kerak. O’qituvchi matematika darslarida bolalarning mantiqiy taffakurlarini rivoijlantirishning real imkoniyatlariga ega ,ana shu imkoniyatlardan to’la foydalanish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- Mirziyoyev.”Yangi O’zbekiston strategiyasi”.Toshkent.O’zbekiston nashriyoti.2021 yil.
- “Matematika o’qitish metodikasi” 1985yil
- Ergasheva M.B. Preparing future primary school teachers for developmental education // Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS). – Indonesia, 2022. – №4. – P.1200-1224. (Impact factor: 5.949).
- Эргашева М.Б Бўлажак бошланғич синф ўқитувчиларини ривожлантирувчи таълим асосида шакллантириш методларини интегралашнинг таълим методлари // Central Asian Research Journal for Interdisciplinary studies (CARJIS). –Тошкент, 2022. – №2. – Б.195-201.