Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/08/2025
Chop etish
JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.

Tadbir ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.O‘. Qodirovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Marosim davomida dastur o‘quvchilari kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ijodiy chiqishlari bilan ishtirokchilar qalbida bayramona kayfiyat uyg‘otdilar.

Dastur doirasida 35 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli ta’limni yakunlab, Mintaqaviy Ingliz tili idorasi tomonidan taqdim etilgan sertifikatlarga ega bo‘ldi. Sertifikatlarni Xorijiy tillar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari U. To‘pchiyev, grant dasturi koordinatori D. Bahriddinova hamda ingliz tili o‘qituvchilari tantanali ravishda topshirdilar.

Bitiruv marosimida ota-onalar universitet rahbariyatiga, AQSh elchixonasi ma’muriyatiga hamda dastur ustozlariga minnatdorlik izhor etdilar. Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.


Ulashish:
4 766
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.