Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/07/2025
Chop etish
JDPU professor-o‘qituvchilarining 80 nafar farzandlari yozgi oromgohlarda mazmunli dam olishdi!

Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sayohatlar doirasida joriy yilning iyun-iyul oylarida 80 nafar bolajon yozgi oromgohlarda xush va mazmunli dam olishdi.

Farzandlar “Enerji” va “Yulduzcha” oromgohlarida sog‘lomlashtirish, dam olish hamda ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan dasturlarda faol ishtirok etishdi. Quvonchli onlar, turli sport va madaniy tadbirlar, qiziqarli o‘yinlar ular uchun unutilmas yoz faslini tuhfa etdi.

Kuni kecha 3-mavsumni yakunlab qaytgan bolajonlarni universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J. Majidov boshchiligida ota-onalari tantanali tarzda kutib olishdi. Bolalarda esda qolarli taassurotlar, do‘stlar va ajoyib xotiralar qoldi.

JDPU rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan bunday sayohatlar professor-o‘qituvchilar va xodimlarning oilalariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.


Ulashish:
9 851
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.