Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/07/2025
Chop etish
Maqsadlar sari yangi qadamlar! Jizzax davlat pedagogika universitetida diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.
Bugun Boshlang‘ich ta’lim fakultetida diplom topshirish marosimi bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilar, aziz mehmonlar va bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Shavkat Sharipov so‘zga chiqib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ayniqsa, pedagogik kadrlarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida ijobiy fikrlarini bildirdi.

Diplomlar bitiruvchilarga tantanali tarzda topshirildi. O‘qituvchilarning samimiy tilaklari va bitiruvchilarning minnatdorlik so‘zlari tadbirga alohida ruh va iliqlik bag‘ishladi.

Bugun universitet nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli pedagoglarni jamiyat sari uzatdi. Ularning har biri – ertangi yorug‘ kelajagimizga ishonchli qadam, xalq ta’limi tizimida yangi nafas, kelajak avlodlarga mehr-u sadoqat bilan xizmat qiladigan ustozlardir.

Bitiruvchilarga oq yo‘l tilaymiz! Yangi hayot bosqichida ularga omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!


Ulashish:
10 854
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.