Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING MAZMUNI VA MODELI

Norquzieva Madina Sharof qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti E-mail: norquziyeva12345@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashning mazmuni  va fanni rivojlantirishda  zamonaviy tendensiiyalardan foydalanish va ularni darsga tadbiq qilishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek   talim – tarbiya jarayoniga yangiliklarni joriy yetishda pedogoglarning tutgan o‘rni haqida malumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: metodologiya, pedagogika, talim, tamoyil,biologiya.   CONTENT AND MODEL OF TRAINING FUTURE BIOLOGY TEACHERS Abstract: This article provides the content of biology teacher training and the use of modern trends in the development of the science and the priority directions of their application to the lesson. Information is also given about the role of pedagogues in introducing innovations into the educational process. Key words: methodology, pedagogy, education, principle, biology.   KIRISh Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni metodik tayyorlash tizimini yaratish zaruriyati muammo tug‘diradi. Shu bois fan asoslari, metodik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv faoliyatini qanday tashkil etish kerak? Muammoni hal qilish uchun dastlab talaba-o‘quvchi va maktab o‘qituvchisi faoliyatidagi o‘xshashlik va farq nimada ekanligini bilish kerak. Biologiya fanini o‘qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligi muammosini kompleks hal etish vazifasiga muvofiq tadqiqotning metodologik asoslarini aniqlash zaruratini ko‘rsatadi. Biologiya bo‘yicha dasturning boyitilganligi o‘quv jarayonini talabalarning metodik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan to‘ldirishga imkon bermaydi. Ma’lumki, biologiyani o‘rganish jarayonida talabalarning metodik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bevosita biologiyaga oid materiallarni o‘zlashtirish bilan birgalikda olib boriladi. Shu sababli biologik va metodik komponentning yaxlit metodik tizimli integratsiyasining muayyan mexanizmini ishlab chiqish zarur. ADABIIYoTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYa. Ilmiy va metodik komponentlarning umumiyligi nimadan iboratligini aniqlash uchun biologiyani o‘qitish jarayoniga yaxlit qarash va uni pedagogik OTMning boshqa ilmiy fanlaridan farqlovchi o‘ziga xos jihatlarini aniqlash maqsadga muvofiq. Bu biologiya o‘qituvchilarini metodik tayyorlash tizimida biologiya fanining o‘rnini topishga, uning ushbu jarayonga qo‘shadigan hissasini aniqlashga imkon beradi. Biologik bilimlar asosida metodik tayyorgarlikni umumlashtirishga xizmat qiluvchi yetakchi metodologik yondashuv sifatida biologiya fani modelini qurishning yaxlit yondashuvi xizmat qiladi. Bu umumiy falsafiy yondashuv bo‘lib, uni amaliyotda qo‘llash turli metodologik darajalarda aniqlashtirishni talab etadi . O‘zaro aloqador metodologik yondashuvlar tizimi biologiya fani modeliga ilmiy va metodik tayyorgarlikning integratsiyalangan talablar tizimini belgilaydi. Quyida  biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligiga asoslangan biologiya faniga qo‘yiladigan talablar mazmuni aks ettirilgan:
  1. Pedagogik jarayon yaxlitligiga talablar. Biologiyani o‘qitish metodik tizimini qurishga yaxlit yondashuv uni yaxlit pedagogik jarayon variantlaridan biri sifatida ifodalashni ko‘zda tutadi. Biologik va metodik komponentning integratsiyasi natijasida biologiyaning kasbiy yo‘naltirilgan metodik tizimini an’anaviydan ajratuvchi alohida tavsiflari yuzaga keladi.
  2. O‘quv jarayonini tashkil etishga tizimli yondashuv talablari. Tizimli yondashuv batafsil tahlil o‘tkazish, kursning har bir elementi ichki strukturasini o‘zgartirish va mazkur elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni qayta tuzishdan iborat bo‘lgan biologiyani o‘qitish metodikasini yaxlit jarayonga integratsiyalash mexanizmini ochishga imkon beradi.
                     
  1. O‘quv jarayonining shaxsiy yo‘nalganligiga talablarga biologik bilimlarni oshirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonining asosiy maqsadi sifatida emas, balki bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirish vositasi sifatida qarashdan iborat. Bundan tashqari, kursning metodik yo‘nalganligi, talabalarning o‘zlari biologik mazmunni bo‘lajak o‘quvchilar uchun uning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyati nuqtai nazaridan baholashni bilishlari kerakligini anglatadi.
  2. Biologiyani o‘qitish jarayonini talabalarning umumiy va pedagogik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirish talabi. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishga madaniyatshunoslik yondashuvi bilan bog‘liq. Uni biologiya kursiga qo‘llash talabalarda ob’ektlarga umuminsoniy, axloqiy ahamiyatga ega bo‘lgan emotsional-qadriyatli munosabatni hosil qilish bilan bog‘liq. Bunday ob’ektlar qatoriga hayot, tabiat, sog‘lik, bolalar, oila, ta’lim va boshqalar kiradi.
Biologiyani o‘qitish jarayonini inson to‘g‘risidagi fanlarni inobatga olib tashkil etish talabi zamonaviy ta’limga antropologik yondashuv bilan bog‘liq. Bu talabga ko‘p jihatdan biologiya kursi modelini qurishga pedagogika va psixologiya ma’lumotlarini qo‘llash mos keladi. Bundan tashqari, biologik mazmun inson ekologiyasi va tibbiyotning alohida jihatlarini o‘zida aks ettiradi, bu esa unga shaxsiy ahamiyat bag‘ishlaydi, talabalar uchun egallangan bilim va ko‘nikmalarni kundalik hayotda qo‘llash imkonini ta’minlaydi. O‘qitish jarayoni tabiatini faoliyatda inobatga olish talabi metodik va biologik tayyorgarlikning bog‘liqligi talaba biologik mazmun bilan ishlaganida ikki o‘zaro bog‘liq faoliyat turini – bevosita o‘quvchi faoliyati va biologiya o‘qituvchisining metodik faoliyatini ongli o‘zlashtirganida sodir bo‘lishini ko‘zda tutadi. Biologiyani o‘qitish jarayoni modeliga talablar maxsus ilmiy va metodik komponentlar integratsiyasining alohida jihatlarini aks ettiradi. Ammo biologiyani o‘qitish metodik tizimini yaxlit sifatida ifodalaydigan, integratsiya jarayonining yetakchi yo‘nalishi sifatida butun kursning yaxlitligini ta’minlovchi ma’lum bir asos zarur. Talabalarga biologiyani o‘qitish metodik tizimi modelining umumiy tavsifi. Biologiya fanini o‘rganishda talabalarning metodik tayyorgarliklari tizimiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish uchun, bir tomondan, biologik mazmun xususiyatlariga ko‘ra, boshqa tomondan esa, metodik tayyorgarlikning o‘ziga xosligi bilan belgilangan qator shartlarga rioya etish muhim. Biologik mazmunning asosiy xususiyati – bu uning biologik bilimlarga nisbatan integratsiyalovchi va umumlashtiruvchi xususiyati hisoblanadi. biologiya yangi biologik qonunlarni ochmaydi, balki ularning biologik tizimlardagi xatti-harakatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, mazkur qonunlarga tayanadi. Biologiya  o‘quvchilar e’tiborini materiya harakatlanishi biologik shaklining umumiy va eng ahamiyatli qonuniyatlariga qaratib, biologik bilimlarni umumlashtiradi. Biologik fanlar tizimi nuqtai nazaridan, biologiya – bu hayotning mohiyati va kelib chiqishi to‘g‘risidagi biologiya uchun eng umumiy va eng muhim tushunchalarni ochib berishga imkon beruvchi poydevor hisoblanadi.   Biologiyaning umumiy va xususiy tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlikning uchta turiga mos ravishda har bir biokimyoviy tushunchani ko‘rib chiqishga doir evolyusion, strukturaviy-funksional va ekologik yondashuvlar ajratilgan. Mazkur yondashuvlar mazmunli umumlashtirish faoliyati strukturasiga mos keladi. Ular talabaning o‘quv faoliyatida hamda  biologiya o‘qituvchilarining metodik faoliyatida foydalanish mumkin bo‘lgan biologik mazmunni tahlil qilish va strukturalashtirish usullarini ochib beradi. Biologiya fani bo‘lajak o‘qituvchilarning fan mazmunining ayrim yirik va yakunlangan qismini o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Bu talabaning fan sohasidagi bilim va ko‘nikmalari, ijodiy faoliyat tajribasini o‘zlashtirishini, hayotning ayrim hodisalariga emotsional-qadriyatli munosabatlarni tarbiyalashni anglatadi. Biologiya fanini o‘rganishda amalga oshiriladigan metodik tayyorgarlikning mohiyati talabalarni fanning mazmunini o‘quvchilarni tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berish vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Buning uchun talabalar biologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini metodik bilim va ko‘nikmalar bilan birlashtirishlari kerak. O‘qituvchining faoliyati vazifali tuzilishga egaligi sababli talabalarning metodik tayyorgarligi mazmuni  biologiya o‘qituvchilarining maktabda biologik mavzularni o‘qitish jarayonidagi yaxlit faoliyatining modeli hisoblangan o‘zaro bog‘liq o‘quv pedagogik (metodik) vazifalar tizimini ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5349-son Farmoni.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997. – B. 31-61.
  3. Norquzieva M.Sh “Umurtqalilar zoologiyasi” fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirish omili.- TDPU ilmiy axborotlari.2021
  4. Norquzieva M.Sh “Umurtqalilar Zoologiyasi” fanidan nazariy, laboratoriya  mashgulotlarini  integratsiyalashgan  xolda  tashkil Yetish va o‘tkazish M- TDPU ilmiy axborotlari.2022