Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Zominda “Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki  maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.Yoshlarning kamida ikkta chet tilini bilishi umummilliy Murojaatnoma darajasida qo‘yildi. Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarni puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishidan tashqari, ularning kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqishini yanada kuchaytirishimiz lozimligi ochiq oydin ta’kidlandi. 20 yanvar kuni davlat rahbari ishtirokida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda  ham xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.Bugun  rivojlanish sari yuz tutayotgan mamlakatimiz yoshlari uchun xorij tillarini bilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, ta’lim tizimida xususan chet tillarini bilish, kasb-hunar o‘rganish borasida qanday kamchiliklar bor? Maktablarda 1-sinfdan 11 sinfgacha chet tillari qay darajada o‘rgatilmoqda, bu talabga javob beradimi? 11 yil maktabda o‘qigan bola chet tilini nega mukammal bilmaydi? Ushbu muammolarni bartaraf etish va maktab o‘quvchisini kasb-hunarga yo‘naltirishda  nimalarga e’tibor qaratish lozim?  Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Jizzax Davlat pedagogika universiteti hamkorlikida tashkil etilgan o‘quv seminari ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Zomin, Zarbdor va Yangiobod tumanlaridagi maktab direktorlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari dastlab  Zomin tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli    “Kelajak kasblari” markazi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.   “Davlatimiz rahbari ushbu yig‘lishda  sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tanqidiy fikrlarni bildrirar ekan,  sharoit va mutaxassislar yo‘qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmaganligini, maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelayotganini achinish bilan ta’kidladi. Bu ko‘rsatkichlar, albatta, tashvishlanarli.  Shu bois ham Maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etish, ularni jihozlash va zarur ashyolar bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Maktablar qoshida tashkil etiladigan Monomarkaz faoliyati o‘quvchi yoshlarni kasb-hunar, xorijiy til kurslari, raqamli texnologiyalarga o‘qitish, yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Uni rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qilish kerak? Tan olish kerak, ilgari kasb-hunar kollejlari faqat diplom beradi, deya tanqid qilinardi. Bu kinoyali ibora zamirida haqiqat uchqunlari ham yo‘q emas. Aslida bunday ta’lim maskanlarida bilim, amaliy ko‘nikma, har qanday yangilikni qabul qila olish va moslashish qobiliyatlari shakllantirilishi lozim edi. Ming afsuski jarayon sinf xonasidan tashqariga chiqmadi. Yoshlar faqat nazariy bilim bilan cheklanib qo‘ya qoldi… Maktablarda o‘quvchilarni kasb-hunar o‘rgatish o‘z sohasi bo‘yicha bevosita jarayonning o‘zida ishtirok etib, ko‘nikma hosil qilish esa tamomila boshqa masala. Bugungi o‘quv seminarida ana shu  savollarga javob topishga harakat qildik. Takliflar tinglandi. Savollarga javoblar berildi. O‘ylaymanki davlatimi rahbari istagan ezgu niyat bizning harakatimiz bilan amalga oshadi”,-deydi universitet rektori Sh. Sharipov Ta’kidlash joiz, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab har bir tuman (shahar)da bittadan maktabda ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi, Maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga o‘rgatish bo‘yicha rejalashtirilgan tajriba-sinov maktablari Do‘stlik Zomin tumanlari va Jizzax shaxridagi 10 ta maktablarda amalga oshiriladi. O‘quv seminarida so‘zga chiqanlar Yoshlarni zamonaviy kasb-hunar o‘rganishlaridagi mavjud muammolar va ularning yechimi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.                                                                                                                                                               Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati