Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/08/2022
Chop etish
Tajriba va amaliyot

 Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilishni takomillashtirish, shuningdek  mas’ul xodim va professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy jarayonga oid zarur bilimlarini kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda asosan Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari,o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti, o‘quv reja va o‘quv dasturlari (sillabuslar)ni yaratish amaliyoti, talabaning mustaqil mashg‘ulotlari va ARM faoliyatini tashkil qilish, tizimni raqamlashtirish masalasi, registrator ofisi xususida so‘z bordi. Ushbu mavzular doirasida  OO‘MTV, Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A. Xodjaev boshchiligdagi  moderatorlar guruhi tushuncha berish bilan bir qatorda  Kredit-modul tizimiga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari tomonidan duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham ma’lumotlarni taqdim etishdi.

Seminar treningda Jizzax viloyatida oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari prorektorlari, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, kredit bo‘limi boshliqlari va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

 

Seminarda shuningdek Toshkent axborot texnologiyalar  universiteti, kafedra professori O‘.Xamdamovning oliy ta’lim tizimini raqamlashtirishda muammo va yechimlar bo‘yicha ma’ruzasi  ham tinglandi.

 

Amaliy mashg‘ulotlar va interfaol muloqot shaklida o‘tkazilgan Seminar-trening davomida moderatorlar OTMlarda kredit-modul tizimini tadbiq etishda shu paytgacha uchragan qiyinchilik va muammolar  xususida ham muloqot qilishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda mavjud muammolar darajasiga qarab ro‘yxatga olindi hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Mazkur seminer treningda kredit –modul tizimini tadbiq etish va raqamlashtirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga javob topildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 825
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...
JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.