- A.Egamberdiev, S.Saidova, R.Rajabov “Tasviriy va me’morchilik san’ati tarixi” “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2007 yil.
- B.Boymetov. “Qalamtasvir” Toshkent “ILM-ZIYo” nashriyoti 2007 yil.
- G‘.A.Artiqov. “Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi” Toshkent “Sharq” matbaa-aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati 2007 yil.
- 4. Boymetov “Portret” Toshkent “O‘qituvchi” nashriyoti 2007 yil.
- R. Hasanov “Tasviriy san’at asoslari” G‘.Gulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiy uyi Toshkent-2009 yil.
TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISHDA INNAVATSION VA XORIJ TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH ORQALI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
PUTI POVЫShENIYa EFFEKTIVNOSTI OBUChENIYa IZOBRAZITELNOMU ISKUSSTVU NA OSNOVE INNOVATSIY I ZARUBEJNOGO OPЫTA
WAYS TO INCREASE EFFICIENCY IN TRAINING FINE ARTS BY USING INNOVATION AND FOREIGN EXPERIENCES
Xudoynazarova O‘g‘iloy Sharifovna –
A.Qodiriy nomidagi JDPI
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi.
Jizzax, O‘zbekiston . e-mail: xudoynazarova@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada Tasviriy san’at fanini o‘qitishda innavatsion va xorij tajribalaridan foydalanish orqali samaradorligini oshirish haqida tushuncha,chet el rassomlarining tajribalari,innovatsion usullarni darslarda qo‘llashning ahamiyati haqida amaliy maslahatlar berilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim, uyg‘onish davri, an’anaviy, interakttiv metod, diletantlik, individuallik
Annotatsiya: V state daetsya predstavlenie ob effektivnosti ispolzovaniya novatorskogo i zarubejnogo opыta v obuchenii izobrazitelnomu iskusstvu, opыtu zarubejnыx xudojnikov, a takje prakticheskie sovetы o vajnosti ispolzovaniya novatorskix metodov na zanyatiyax.
Klyuchevыe slova: obrazovanie, renessans, traditsionnыy, interaktivnыy metod, diletant, individualnost.
Annotation: The article gives an idea of the effectiveness of using innovative and foreign experience in teaching fine arts, the experience of foreign artists, as well as practical advice on the importance of using innovative methods in the classroom.
Key words: education, renaissance, traditional, interactive method, amateur, individuality.
Bo‘lajak rassom – pedagogni o‘qitish va tarbiyalash tizimi aniq va ilmiy asosda bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalishda dastlabki ta’lim va tarbiya umumta’lim maktablari doirasida amalga oshiriladi. Maktab – deganda, eng avval ta’lim va tarbiyaning aniq tizimiini, bu tizimga hamda dars o‘tish metodlariga o‘quvchilarning ixtiyoriy ravishda buysunishini, ilmiy asoslangan bilimlarni o‘zlashtirishda jiddiylik, aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda sinalgan tajribalarini o‘rganishni nazarda tutamiz.
O‘tmishda ijod etib o‘tgan buyuk tasviriy san’at tarixda bizdan avval o‘tgan ijodkorlar tasviriy san’atdagi faoliyatida erishgan tajribalari badiiy maktablarda o‘rganiladigan asosiy predmet hisoblanadi. Bu san’atni o‘rganib olishni xohlovchi, bu san’at dargohiga endi kirib kelayotgan rassom eng avval ilgari ijod qilgan rassomlar asarlarini o‘rganib chiqishi va olgan bilimlari hamda ko‘nikmalari asosida o‘z shaxsiy ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi kerak.
Yosh rassomlarga ta’lim berishda o‘qituvchi tomonidan ilgarigi tajribalar o‘rganila borib, predmetning shakli va mazmunini to‘g‘ri ifoda etish uchun yordam beruvchi yangiliklar kiritib boriladi. Biroq, maktab o‘quv maskani sifatida, o‘quvchilar oldiga faqatgina, yangilik izlash, faqatgina ijodiy masalalarni hal etish vazifalarini qo‘ymaydi, balki o‘quv muassasasining asosiy masalasi o‘quv tizimi talablarini hal etish bo‘lib qoladi.
XVII asrning akademik surat yaratishning nazariy qoidalari uyg‘onish davri rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan suratga akademik o‘qitish nazariyasi ma’lum o‘zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda akademik surat nazariyoti va amaliyotida o‘quv masalalarini kompleks hal etish bo‘yicha faol izlanishlar boshlandi.
Badiiy maktab akademik yo‘nalishida o‘quvchilarni faqatgina bilim va ko‘nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatga ham ishtirok ettirish ko‘zda tutiladi.
Ba’zi bir boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab o‘zining an’anaviy ko‘rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit beradi, deb o‘ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab o‘quv muasasasi sifatida o‘zining dars o‘tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga hech qachon halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, ta’lim olishi va shakllanishiga yordam bergan. Tasviriy san’atning hamma turlari uchun asosiy asos bo‘lgan rasmlarni chizishni o‘rganib olishda maktab ayniqsa, zarur hisoblanadi. Shuning uchun hech kim maktabni o‘z usullari bilan o‘zboshimchalik qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo‘q. Maktabga qarshi bo‘lganlar- odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida ba’zan shunday is’tedod egalari uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar ko‘rgazmalarida juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda o‘qimay ham erishganlar, deydilar. Bunday tanqidlarga javob qaytarib X.E.Repin shunday yozgan: «Men o‘zim ham yangi usulda ko‘plab yangiliklarni ko‘rib turibman, lekin maktab bo‘lishi kerak – axir diletantlikni (havaskorlikni) maktab prinsipi qilish mumkin emas-ku».
Ta’lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik rivojlanishi ta’lim jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, ta’lim jarayoni, ta’lim faoliyati maktabning diqqat markazida bo‘lishi kerak.
«Erkin ijod» usuli tarafdorlari, sodda bolalik rasmlari shunisi bilan ajoyibki u dunyoni o‘ziga qabul qilishini ifoda etadi, tasviriy san’atda esa bola o‘zining ijodiy tashabbusini qizg‘in namoyon etadi deb hisoblaydilar. Rasm chizar ekan, bola ijodiy yaratuvchilikdan zavqlanadi va biz buni unda butun hayotiga saqlab qolishimiz kerak. Umumta’lim maktablari rassomlarni tarbiyalamaydi, deb aytadilar «erkin tarbiya» tarafdorlari va bolalarni realistik san’atning hamma qonun va qoidalariga o‘qitish kerak emas.
Maktabning ijodiy qobiliyatlar rivojlanishida badiiy ta’limni zarurligini himoya qilib bizga o‘zimizning g‘oyaviy – siyosiy tushunchalarimizni va himoya qilishga badiiy madaniyatimizga bo‘layotgan xujumlarni qaytarishgna to‘g‘ri keladi. Rasm chizishga akademik ta’limni realistik san’at asosi sifatida maktab zarurligini ta’kidlar ekanmiz, san’at qonun – qoidalari rassomning ijodiy imkoniyatlarini qisib qo‘yadimi, yo‘qmi bu haqda baxslar bilan cheklanibgina, qolmasdan, realistik san’at darsini olib borish usullarini to‘laroq ochib berish kerak.
Boshlovchi rassom tasvirni ko‘rishdan oldin har bir bosqichda avvaliga qog‘ozga tushirmoqchi bo‘lgan tasvirining hayotiy tasvirini yaratib oladi: predmet shakli, o‘ziga xoslik xususiyatlari haqida tasavvuri hali aniq bo‘lmaganida, u umumiy sxemali shakl bilan cheklanadi, shundan keyin, pedagog tushuntirgan narsa haqida kuzatish olib borish va qayta tushunib olgan sari u ko‘rinayotgan naturani haqiqiy va emotsional – mazmunli ifoda etilishiga yaqinlashib boradi. Boshlovchi rassom chizar ekan, burun shaklini darhol to‘g‘ri ko‘rsatib bera olmaydi, chunki u prespektiva hodisalarini (burun shaklining fazodagi holatini) hisobga olmaydi, yorug‘likning shaklda joylashishi qonuniyatlarini ko‘ra bilmaydi.
Pedagog D.N.Kardovskiy taklif etgan «kesish» usullarida foydalanib, burun to‘rtta tekisliklar bilan – oldingi, pastki va ikki yon tomon tekisliklari bilan chegaralangan prizmadan tashkil topishini tushuntira boshlaganida esa talaba uchun endi burunning – prizma prespektiv ko‘rinishini ham to‘g‘ri tasvirlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, keyin esa burun shaklining realistik tasviriga asta – sekin yaqinlashib asosiy tekisliklar bo‘yicha ham yorug‘likni to‘g‘ri taqsimlaydi.
Ba’zi pedagoglar suratni ko‘rish bunday yo‘lini qo‘llamaydilar, unda sxematizm va aql bilan qarashni sabab qilib ko‘rsatadilar. Jiddiy akademik maktabga qarshi chiqib, murakkab shaklni soddalashtirish sxemalariga, qoidalariga qarshi chiqib, ular «bosqichlardan o‘tib borish» – «kesib, kesib borish» tizimi bo‘yicha ishlansa – shunga mos fikrlar ham mustahkamlanib boradi deb, ta’kidlaydilar. Aslida esa akademik rasm chizishda hech qanday standartlilik va avtomatizm kuzatiladi. Dunyoni tushunish, hayot tajribasi va shunga o‘xshash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ma’lum ijodiy individuallik mavjud va suratda badiiy obrazni amalga oshirish darajasi hamda chuqurligi o‘quvchining o‘z imkoniyatlari va faolligiga bog‘liq bo‘ladi.
Hamma o‘quvchilar akademik surat chizishning bir xil qonun va qoidalarini o‘rganishlariga qaramay, har bir surat chizuvchi naturani o‘z bilganicha qabul qiladi va shuning uchun tasvirda to‘la bir xillik bo‘lishi mumkin emas. Rassom shu bilan birga naturadan nusxa oluvchi sifatida emas, balki uni qayta quruvchi sifatida ishtirok etadi. Bunga yana shuni ham qo‘shish mumkinki, u yangi o‘quv masalasini hal etishga kirishar ekan, o‘zi uchun ko‘plab yangiliklar yaratadi, demak, o‘zini ijodiy namoyon etadi. Realistik suratni yaratish juda murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi va eng avval bu jarayon ob’ektning xayoliy obrazini moddiy yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni haqiqiy uch o‘lchamli predmetni tasviriy ikki o‘lchamli qog‘oz varag‘i tekisligiga ko‘chirish bilan bog‘liqdir. Ko‘rib turgan obrazni tasviriyga o‘tkazish jarayoni ijodiy fikrlashsiz mumkin emas: bunda suratkash taqqoslashga, solishtirishga, umumlashtirish, mulohaza qilishiga majburdir. O‘zining ko‘p asrlik mavjudlik davrida badiiy rassomchilik maktabi yosh rassomlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish sohasida ulkan pedagogik tajriba to‘plagan. Bu o‘tmishdagi rassom-pedagoglarning tajribalari diqqat bilan o‘rganish va umumlashtirishni talab etadi, ularning asosida biz surat chizish akademik mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish yangi ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqishga kirishishimiz mumkin bo‘ladi. O‘tmishdagi rassomlar yutuqlari, tajribalarini e’tiborga olmaslik, maktabni yo‘q bo‘lishiga, san’atning «nodon»lashishiga olib keladi. nazariyot va amaliyotning tabiiy ravishda birligi yosh rassomning faol rivojlanishiga, uning ijodiy qobiliyati o‘sib borishiga yordam beradi. Suratkashning ilmiy bilimlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning haqiqiylikka baho berishi shunchalik mukammal, texnik mahoratining darajasi shunchalik boy, uning ijodiy faoliyati mahsuloti shunchalik ifodali va yorqin bo‘ladi. Rassomchilik maktabida ilmiylik tamoyili ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi faol omili sifatida eng avval ilmiy bilimlar tizimini o‘zlashtirib olishdan iborat bo‘ladi, bu esa boshlovchi suratkashga tabiat va hodisalar real haqiqiy shaklini ko‘rish qonuniyatini to‘g‘ri tushunishga yordam buradi, shu bilan realistik san’at usullarini ham egallashga yordam beradi. Buni Qadimiy Yunoniston uyg‘onish davri va Yevropa akademiyalarida XU11-X1X asrlarda ham rassom-pedagoglar yaxshi tushunishgan. Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Sinion suratchilik maktabi eshigiga shunday deb yozib qo‘yilgan ekan: «Bu yerga geometriyani bilmaydigan insonlar qo‘yilmaydilar». Ingliz badiiy akademiyasining buyuk rassomi va pedagogi Djoshua Reynolds shunday degan: «Bizning san’atimiz – faqatgina bu xudo bergan iste’dod emas, lekin u mexanik hunar ham emas, uning asosi aniq fanlarga tayanadi»*. Biz ilgari aytib o‘tganimizdek, maktab sharoitida suratkash faoliyati aniq masalani yechishda o‘tadi, ular unda estetik talablar uyg‘otadi, shu bilan birga tabiiy kuch bilan qoniqish izlovchi talab uyg‘otadi. Qo‘yilgan masalaning yechimi, agar ilgari ham bir necha bor hal etilgan, o‘quvchiga yaxshi ma’lum bilimlar doirasidan chiqmasa, oson va oddiygina kelib chiqadi. Bunday holatlarda masala odatiy hal etiladi. Shundan keyin an’anaviy tajriba yetarli bo‘lmagan davr keladi, yangi yo‘llar izlash, fikrlar o‘zgaruvchanligi, fahm-farosat kerak bo‘ladi. Nima kelib chiqqani va yana nimalar qilish mumkinligini doimo tekshirib borish davri keladi. masalan, gipsli bosh suratini chizishdan tirik boshning suratini chizishga o‘tishda talaba inson boshining shakliy tuzilish qonuniyatlarini bilib olib va qarash nuqtasiga bog‘liq ravishda konstruktiv ko‘rinish sxemasining o‘zgarishini bila turib (perspektiv ko‘rinishni), tasvirni ko‘rish birinchi bosqichlarida o‘z masalasini osongina hal qila oladi. Ammo keyinchalik, tirik boshning individual xususiyatlarini yetkazib berishda mavjud bilim va ko‘nikmalar yetarli bo‘lmay qoladi va u o‘z fahm -farosatiga murojaat etadi. Bunday holatda yetishmaydigan bilimlarni naturani diqqat bilan kuzatish va ilgari egallagan ilmiy bilimlaridan ijodiy foydalanish yo‘li bilan olish mumkin. O‘quvchida ijodiy fahm-farosatni turli yo‘llar bilan rivojlantirish mumkin.
Tasviriy san’at darslarining maqsadini aniq va puxta belgilanishi pedagogik faoliyat muvofaqiyatini ta’minlashga poydevor yaratadi. Darslarda innavatsion pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanishmaqsadga muvofiq , ammo DTS va o‘quv reja, dasturidan chetga chiqmasligimiz lozim. Tasviriy san’at darslarida interfaol metodlardan foydalanish mumkin, faqat darsning ma’lum bir qismida (10-15 daqiqa ). Chunki tasviriy san’at darslari amaliy, ya’ni bunda o‘quvchilar amalda chizib o‘rganiladi. Shuning uchun interakttiv metodlardan o‘qituvchi o‘zining mahoratiga qarab qo‘llashi mumin. Darsning boshida o‘quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishda “Qanday”, “BBB”, “Nilufar guli”, “Aqliy xujum” kabi interaktiv usullardan foydalanish darsning sifat samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Adabiyotlar: