Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari

Yunusov Dilshod Raxmatovich (PhD) 97 295 44 22 Xamzayev Xaqnazar Hushmirzayevich (PhD) 97 579 50 00 Jizzax DPU katta o‘qituvchilari   Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrlilikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va bu sohadagi kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: hurfikrlilik, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, buyuk siymolar, qadamjolar, ijtimoiy faollik, turizm, ekskursavodlik, Vatanga sadoqatlilik. Аннотация: в данной статье разъясняется, что выявление знаний, умений и навыков будущих учителей в отношении педагогического бихевиоризма и формирование и развитие их компетенций в этой области является одним из актуальных вопросов сегодняшнего дня. Ключевые слова: предубеждение, знания, навыки, квалификация, учебные программы, учебные планы, великие фигуры, ступеньки, социальная активность, туризм, экскурсоводство, преданность Родине. Annotation: this article clarifies that the identification of knowledge, skills and abilities of future teachers regarding pedagogical behaviorism and the formation and development of their competencies in this area is one of the urgent issues of today. Keywords: sufficiency, knowledge, skills, qualifications, training programs, training plans, great figures, pheasants, social activity, tourism, excursion, loyalty to the motherland. Bugungi kunda globallashuv jarayoni talablariga mos ijtimoiy-siyosiy faol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Ushbu vazifalar O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy xujjatlarida – «jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish» sifatida belgilab qo‘yilgan[1]. Shu ma’noda bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrlilikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va bu sohadagi kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi uning ahamiyati quyidagilarda o‘z aksini topadi: – o‘quv dasturlarini, o‘quv rejalarini yangilash; – ta’lim jarayonini AKT lar bilan boyitish; – o‘qituvchi obro‘sini yanada oshirish; – ta’lim muassasalarining yangi imidjini yaratish; – ta’lim muassasalariga mustaqillik berish; – ilm-fanni rivojlantirish; – maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan bog‘lash; Bugungi kunda globallashuv, integratsiya jarayonida barcha sohalarda shiddat bilan kechayotgan taraqqiyot insoniyatning ijtimoiy faolligini taqozo etadi. Bu o‘rinda talabalar o‘rtasida hurfikrlilikni tarbiyalashga alohida e’tibor berish davr talabidir. Bu borada talabalarning iqtidori, iste’dodi, qobiliyati, intellektual salohiyati, kreativ va sog‘lom tafakkurini jamiyat talablariga mos rivojlantirishda ota-bobolar tomonidan shaklantirilgan milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanish ijobiy samara beradi[2]. Chunki, juda qadimdan ota-bobolarimiz yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondashib, ularni barkamol shaxs sifatida rivojlantirishga bor kuchini safarbar qilishgan. Insoniyat o‘z ongini boshqara oladigan kundan boshlab jamiyatda va tabiatda bo‘layotgan voqea va hodisalar nima sababdan sodir bo‘layapti degan savol ularda paydo bo‘lganligi ilk hurfikrlilikdan dalolat beradi. Savolga javob izlashdan asnosida o‘zlarining ehtiyojlarini qaysidir ma’noda qondirishga harakat qilishgan. Bunga olovning kashf qilinishi, oziq-ovqatlarni pishirib yeyishining tarixini, issiqdan va sovuqdan saqlanish vositalarining kashf qilinishi hamda mehnat qurollarining yaratilishini misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkin[3]. Agarda insoniyat tarixining ilk bosqichlarida hurfikrlilik bo‘lmaganda odamlar shaxs sifatida shakllanmasdan biologik mavjudot sifatida yashab qolgan bo‘lar edi. Demak, bugungi kunda ham odamlar ijtimoiy muhitda shakllanib barkamol shaxs sifatida mustaqil fikrga ega bo‘lishga intilishlari o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hech, shubhasiz, bu ijtimoiy asoslarga tayanishdir. Bu qanaqa asos, uning mazmun-mohiyati nima bilan bog‘liqligini anglashimiz uchun biz bir necha lug‘atlarga murojaat qildik. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ijtimoiy so‘zining ma’nosi quyidagicha berilgan. Ijtimoiy – jamoa, jamiyatga oid. 1.Inson va jamiyat hayotiga oid[4]. Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, jamoa, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar orqali biz yoshlarni hurfikrlilikka yo‘naltirish ishlarini olib borishimiz maqsadga muvofiqdir. Demak, biz jamoaning o‘ziga to‘xtab o‘tish orqali yoshlar o‘rtasida hurfikrlilikni shakllantirishda jamoaning o‘ziga xos funktsiyalariga to‘xtalamiz. Bular:  moslashuvchanlik, maqsadlilik, kengashlilik, barqarorlik,  ijtimoiylik, integrativlik, tarbiyalovchilik kabilar. Demak, talabalarda pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishda pedagogik jamoaning o‘rni haqida ma’lumotlar berilishi va manbalar bilan qurollantirilishi shart ekan. Chunki pedagogik hurfikrlilikni rivojlantirishda pedagogik jamoaning o‘ziga xos ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari mavjud. Bular: – Talabalarni ta’limga moslashtirish, – Ta’lim-tarbiyaga oid manbalar bilan  qurollantirish, – Pedagogik – psixologik yordam berish, – Pedagogik-psixologik ta’sir etish. Manbalardan bizga ma’lumki, insoniyatning rivojlanish tarixida ma’naviy yuksalishning ham o‘rni kattadir. Albatta, buning asosida ham insonlarning hurfikrlashlari yotadi. Insoniyat tarixida ilk hurfikrlilik ijobiy natijalarni bergan. Shu sababdan ham bunga asos bo‘luvchi manbada afsonalar, xalq og‘zaki ijodi (folьklor) janri orqali ko‘tarilgan fikrlar diqqatga sazovordir. U xayolot, uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsa-da, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makoni ham ko‘rsatiladi. Afsonalar og‘izdan-og‘izga, eldan-elga o‘tib kelgan ifoda usulida bayon etilgan. Afsonalar og‘zaki hikoyat bo‘lib, u xayoliy obraz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday bo‘lgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli o‘laroq afsonalar zaminida, albatta, mo‘’jiza, sehr-jodu bo‘ladi. Ko‘chma ma’noda afsonalar – uydirma, yolg‘on, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan gap, deb e’tirof etiladi[5]. Afsonalar odamlarni erkin  fikrlashga undaganligi va tarbiyaviy ahamiyatga egaligini inobatga olib, quyidagi ketma-ketlikda o‘rganish maqsadga muvofiq.
  1. Olam haqidagi afsonalar;
  2. Toponimik afsonalar;
  3. Elatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan afsonalar;
  4. Hayvonot dunyosi bilan bog‘liq afsonalar;
  5. Tabiatdagi voqea, hodisalar bilan bog‘liq afsonalar;
  6. Tarixiy shaxslar bilan bog‘liq afsonalar;
  7. Din bilan bog‘liq afsonalar;
  8. Shoir va yozuvchilarning asarlarida afsonalarning o‘rni.
Shu bilan bir qatorda biz bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik hurfikrlilikning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarning barchasi inson omiliga, uning qadr-qimmatiga, manfaatiga qaratilganligi borasidagi amaliy ishlarga e’tibor qaratishni e’tirof etamiz[6]. Bunda, birinchidan yurtimizda buyuk siymolar qo‘nim topgan qadamjolarni obod qilish va ularning faoliyatini yoshlar ongiga singdirish masalasi bo‘yicha aniq rejalar tuziladi; Ikkinchidan millatlararo totuvlikni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri to‘g‘risida fikrlar almashinishi yo‘lga qo‘yiladi; Uchinchidan ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga o‘zimizning hissamiz qay darajada bo‘lishi kerakligi va bu jarayonda faol ishtirok etish masalasi doimiy ravishda ishimizda yetakchilik qiladi; To‘rtinchidan yoshlarning ijtimoiy faolligi orqali har bir hududning zamonaviy ma’naviy qiyofasini yaratish va u orqali turizmni yanada rivojlantirish masalasida bo‘lajak o‘qituvchilarga ekskursavodlik ilmi berib boriladi; Beshinchidan yurtda barqaror tinchlikni saqlab turish uchun yoshlarni Vatanga sadoqatlilik ruhida tarbiyalash borasida hamkorlik pedagogikasi yo‘lga qo‘yiladi; Oltinchidan Vatanni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga olib chiqishda biz bo‘lajak o‘qituvchilarning vazifalari nimalarda o‘z aksini topishi borasida pedagogik hurfikrlilik qarashlari shakllantiriladi. Bu jarayonda talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus»ni hamda «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» shiorlarining mohiyatini tushunish va amalga oshirish jarayonlarida pedagogik hurfikrlilikni shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrligini shakllantirish va rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining 5 ta muhim tashabbusi doirasida amalga oshirilgan ishlarning xam o‘rni beqiyos. Bu borada bo‘lajak o‘qituvchilarni talabalar tomonidan tashkillashtirilgan hisobot kontsertlariga olib borish, hamda ijro etilgan kuy, qo‘shiq, ashula va raqs san’atida nimalar ifoda etilganligi, kuy, qo‘shiqlar kimlar tomonidan bastalanganligini so‘ng muhokama qilish, san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tashkillashtirilgan ko‘rgazmaga olib borish, rassomlarning hayoti va ijodi bilan tanishish bilan bir qatorda uning hurfikrlilikka oid g‘oyalarini asarlaridagi aksini tushunishdan iborat. Bundan tashqari talabalar teatrda qo‘yiladigan spektakllarga olib boriladi va undagi asosiy g‘oyalar guruhlar kesimida muhokama qilish ham ta’lim oluvchilarning hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirish asos bo‘ladi.  Jumladan, «Jannatga yo‘l», «Vatan bolasi» (Talabalar teatri) kabi asarlarni ko‘rish va ularning tahlili jarayonlarida talabalar bilan ochiq badiiy muloqotni yo‘lga qo‘yish natijasida ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar tahlil qilinadi. Talabalarni xalq amaliy san’ati bilan yaqindan tanishtirish masalasida yurtimiz hududidan mezolit, neolit davriga taaluqli sopol idishlar, 3 ming yillik oxiri 2 ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari, ilk o‘rta asr (V-VIII asrlar) amaliy bezak san’ati ganch o‘ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Surxondaryo viloyati)da, VI-X asrlardan shisha idishlar ko‘plab ishlanganligi o‘sha davr ilg‘or fikrlar natijasi hisoblanishi talabalarga tushuntirilib boriladi[7]. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrliligini rivojlantirishda ikkinchi tashabbus bo‘yicha talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka, yugurish, arqon tortish, milliy sport turlariga jalb qilish, talaba qizlar o‘rtasida volleybol, futbol musobaqalari o‘tkazish maqsadga muvofiq. Uchinchi tashabbus bo‘yicha talabalar o‘rtasida kompьyuter texnologiyalari savodxonligi bo‘yicha bilimlar kechasini tashkillashtirish, kompьyuter texnologiyalari mutaxassislari bilan uchrashuvlarni o‘tkazish, talabalarga dasturlashtirish metodikasi bo‘yicha trening o‘tkazishni tashkillashtirish, fakulьtetda internetdan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazish, to‘rtinchi tashabbus bo‘yicha talabalarning ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik kechalari o‘tkazish kabi ishlarni amalga oshirish ijobiy natijalar beradi. Unda amalga oshirilgan ishlar orqali talabalarni ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion g‘oyalarga o‘rgatib boriladi, pedagogik hurfikrlilik madaniyati shakllantiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrliligini  rivojlantirishda beshinchi tashabbus bo‘yicha talaba qizlarni ish bilan ta’minlash o‘z xohish va istaklarini inobatga olgan holda tadbirkorlik ilmi bilan tikuvchi-bichuvchilikka, pazandalikka bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda shu yo‘nalishlarning mohirlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik hurfikrlilikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish ularning ongi va qalbiga qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakllantirilgan hurfikrlilikni  rivojlantirish masalasida tanlab olingan texnologiyadan foydalanishning mazmuni va metodlarini bosqichma-bosqich yoritish maqsad qilib olingan. Bunda ta’lim-tarbiya jarayonlarida an’anaviy bilim olish tizimi va an’anaviy fikrlash doirasidan noan’anaviy bilim olishga ishtiyoq va noan’anaviy ilg‘or fikrlash ishtiyoqining amalda samarali qo‘llanilishi natijasidagi rivojlanishi ekanligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu esa bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi bilan asoslanailadi.   Foydalanilgan adabiyotlar.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 yil 7 fevral, 6-son, 70-modda.
  2. O‘zbek tilining izoxli lug‘ati 2 tom.
  3. O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 1 tom.
  4. Konoplyov N.S. Istoriya svobodomisliya. Irkutsk 2016 g.
  5. Lokk D. Pis`mo o veroterpimosti // Angliyskoye svobodomisliye: D.Lokk, D.Toland, A.Kollinz / Otv. red. B.V.Meyerovskiy. – M.: 1981.
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 yil 7 fevral, 6-son, 70-modda. [2] Lokk D. Pis`mo o veroterpimosti // Angliyskoye svobodomisliye: D.Lokk, D.Toland, A.Kollinz / Otv. red. B.V.Meyerovskiy. – M.: 1981. [3] Nishonova 3.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. – T.: Fan, 2003. [4] O‘zbek tilining izoxli lug‘ati 2 tom. [5] O‘zbek tilining izoxli lug‘ati 2 tom. [6] Konoplyov N.S.  Istoriya svobodomisliya. Irkutsk 2016 g. [7] O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 1 tom. 800 bet