Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

SBARQ MUTAFAKKIRLARINING MEHNAT TARBIYASI TO‘G‘RISIDAGI QARASHLARI.

Umarov R.T. o’qituvchi, A.Qodiriy nomidagi Jizzax DPU, Jizzax sh. Umarova N.R. o’qituvchisi, X.Olimjon va Zulfiya nomidagi makab, Jizzax sh. Abdullayeva F. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Jizzax shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabi.  Movarounnaxr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish, Sharq Renessansi – uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi. Butun Sharq bilan bir qatorda, Movarounnaxrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan qomusiy olimlar etishib chikdi. Ular o‘z davrida bolaga mehnat tarbiyasi berish va kasb- hunarga o‘rgatish bo‘yicha fikrlarini bayon etganlar. Ushbu maqolada asosan sharq mutafakirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Sa’diy Sheroziy, Umar Xayyom, Abduraxmon Jomiy kabi bir kator qomusiy olimlarning bolaga mehnat tarbiyasi berish va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha qarashlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Bola tarbiyasi haqida Ibin Sino qanday fikrda bo‘lganligini ifodalovchi quyidagi rivoyat xalq orasida yuradi: “Kunlarning birida chaqalog‘ini ko‘tarib er-xotin Ibn Sino huzuriga kirib kelib, Buyuk Hakim, farzandimizni qanday tarbiya qilish to‘g‘risida maslahat bersangiz, deb iltijo etishibdi. Shunda Ibn Sino: -Farzandingiz necha oylik bo‘ldi-deb so‘rabdi. -Olti oylik, – deb javob qaytarishibdi ota-ona, -Afsus, afsus, olti oy kechikibsizlar,-deya bosh chayqabdi Ibin Sino” (1.16). Bu hikoyatda haqiqat bor. Zero, Ibn Sino asarlarida bolani hali ona qornidaligi dayoq tarbiya qilish kerak degan g‘oyani uchratamiz. “Bola olti yoshga kirganidayoq uni tarbiyachi va muallimga topshirish lozim, Ta’lim ishlari ohista borishi kerak: bolani darhol kitobga bog‘lab qo‘ymaslik kerak” (1.16), deydi u. Shundan so‘ng Ibn Sino bolalar bilan o‘tkaziladigan mashqlarning me’yori ular kuchi etadigan darajada bo‘lmog‘i kerak, deb o‘qtiradi. Ibn Sino bundan ming yil muqaddam bola tarbiyasi, ta’limi jamoaviy (kollektiv) tarzda bo‘lishi kerak, deb uqtirgan, shuni targ‘ib etgan. Faqat mana shunday jamoaviy tarbiyagina yoshlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘st qiladi, ularni fe’l-atvorini shakallantiradi, degan fkirni olg‘a suradi.”Bolani atvorini takomillashtirishga muttasil e’tibor berish, tarbiyasini ma’lum yo‘nalishda olib borish, bolaning istagi va intilayotgan narsasi muhayyo bo‘lishi, uning huzurida tushunmaydigan hech narsaga yo‘l qo‘yish mumkin emas “ligini(1.16) doimo eslatadi Ibn Sino. Ibn Sinoga ko‘ra tarbiyadan ikki yoqlama maqsad ko‘zlanadi: avvalo bola qalbi yoshligidan faqat ezgu, sharofatli ishlar, narsalar ta’sirida rivojlansin. Ikkinchidan, mana shu ruhiy taraqqiyot jarayoni uning jismoniy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsin. Agar u g‘azab tug‘yonini ko‘rsa-qalbi hayajonlanadi, g‘ussa uni hafagazak qilib qo‘yadi, yalqovlik hayotiy kuchini qirqadi, fe’lini bo‘shatib-lanj tabiatli qiladi. Demak, bolaning ma’naviy hamda jismoniy holati uning tarbiyasiga bog‘liqdir. Shuningdk sharq allomalaridan Farobiy ham bolaga ta’lim tarbiya berishga katta e’tibor qaratgan. Bilim olish quldorar, oqsuyaklar farzandlari uchingina zarur, deb targ‘ib etgan Arastuga va boshqa o‘tmish olimlariga qarama-qarshi o‘laroq Farobiy o‘ziga xos insonparvar, ilg‘or g‘oyaalarni ilgari suradi. Buyuk alloma avvlo o‘quvchilarning aqliy jihatlari barkamol bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. O‘quvchi deganda yuqori tabaqa vakillarinigina emas, balki beistisno barchani nazarda tutadi. “Kishi bilim va tajriba ortirmasdan oldin juda ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi, bilim egallab tajriba hosil qilgach haligi narsalarga qarashini o‘zgartiradi, awal behuda deb hisoblagan narsalar ning zaruratligini his etadi, ilgari e’tiborini tortmagan narsa endi aksincha uni hayratga soladi” (1.18), deb yozadi olim.   Farobiy odamni bilim olishiga da’vat etar ekan, avvalo uning ma’naviy dunyosi — xulq—atvori go‘zal bo‘lishi, uning bilimiga xushxulqi zeb bermog‘i lozim, deb ko‘rsatadi. “Fanlarni o‘rgana boshlagan odam kamtar, sog‘lom, odobli va tarbiya ko‘rgan bo‘lishi, aytganini bajaradigan, quvlik — shumlikdan yiroq odam bo‘lmog‘i kerak ” (1.18)- deb o‘qtiradi u. Odamlarga  bilim  o‘rgatishga bel   bog‘lagan  muallimning muomalasi    esa  haddan  tashqari qattiqqo‘likdan, o‘ta yuvvoshlikdan holi bo‘lmog‘i zarur deb ta’kidlaydi Farobiy. O‘qituvchi o‘ta qattiq qo‘l bo‘lsa o‘quvchisini o‘ziga qarshi qilib qo‘yadi, agarda haddan tashqari yumshoqlik qilsa u o‘z hurmatini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligini aytish orqali ustoz va shogirdning munosabatiga etibor qaratadi. Bir ayol quduqdan suv olinayotgan edi. Uning o‘g‘illari suv ichgani kelishdi. O‘g‘il lari suvni ichib bo‘lgach,     birinchi         bola              onasini       o‘pib     hirgoyi   kilganicha    chopib                  ketdi.  Ikkinchi              bola     onasiga “charchamadingizmi?” deya o‘rtog‘ining orkasidan yugurdi. Uchinchi bola chelaklarni olib, uyiga ko‘tarib ketdi. (“O‘g‘il mehri” ertagi). Ushbu ibratli xikoya dan, shuni anglash mumkinki, ota-onalar farzandlari ongida tarbiyani shakllantirilishi muhim ekaligini unutmasligi lozim. Sa’diy Sheroziy ilmu hunarni hamma narsadan yuqori qo‘yar ekan, “Guliston” asari ning “Tarbiya ta’siri” bobida bir donishmand o‘z o‘g‘illariga shunday nasihat qilganligi to‘risidagi quyidagi hikoyani keltiradi(2.39): “Bolajonlarim, hunar o‘rganing, chunki dunyoning mulku davlatiga ishonish yaramaydi, oltin- kumush ham bu safar diyorida xavfu xatardir. Yo o‘g‘ri birdan olib ketadi yo egasi oz-oz xashlab tagiga etadi. Ammo hunar qaynar buloq va bitmas davlatdir. Agar hunarmand kishi davlatidan ajrasa na g‘amu na ofatdir, chunki hunarning o‘zi davlatdir. U qaerga borsa, qadrini topadi, mansabga minib baxti chopadi, behunar doimo qattiqchilik ko‘radi va sarqit teradi” Sa’diy mehnat tarbiyasi va ilm-hunar haqidagi quyidagi misrada keltirilgan fikrlarini ham bugungi kunda e’tiborga olish lozim( 3.134): O‘tay yaxshi nom birla desang agar, Sen o‘g‘linga o‘rgatgil ilmu hunar. Umar Xayyom ruboyilarinigning ma’rifiy-ta’limiy ahamiyati shundaki, ularda bayon qilingan chuqur gumanistik g‘oyalar, adolat va baxt-saodatga erishish yuzasidan aytilgan shoirning ezgu niyatlari hamda intilishlari hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q. U o‘zining ruboyilarida bularni ifodalagan, ya’ni(4.10). Har sirni dilida saqlasa dono, U yashirin bo‘lsin misoli anqo, Sadafning ichida qatra dur bo‘lur, Sir qilib qalbida yashirgay daryo Umar Xayyom o‘zining yana bir ruboyisida ustoz-shogirdlikni quyidagicha ifodlay di(4.44). Yoshlikda biz shogird o‘zgalar ustod, So‘ngra ustod bo‘lib dilni etdik shod, Oxiri qayrga etishdek desang, Tuproqdan chiqibon, bo‘libmiz barbod. Shuningdek bir qator ruboyilarida insonni mehnatsevarlikka, kasb-hunar o‘rganishga chorlaydi. Uning fikricha insonni baxtsizliklarga olib keladigan narsa mol-mulkka hirs qo‘yish va tamagirlikdir. Shuning chun ham shoir mehnat qilib topilgan non qadirli bo‘lishini quyidagicha ta’riflaydi(4.70): Bir so‘ngakka sordek qanoat qilgan, Afzaldir nokasga bo‘lgandan mehmon, Nokasning shinnilik nonidan yaxshi, O‘zing topib egan burda arpa non. Buyuk mutafakkir va olim Abduraxmon Jomiy o‘z asarlarida kasb-hunar va ilim o‘rganishga yoshlikdan kirishib, yoshlik kuch-g‘ayratini ana shunga sarf etish kerakligini ta’kidlaydi. Jomiy bilm va   kasb hunarni egallamay, o‘zining nasli nasabi bilan maqta nib yurgan yoshlarni qattiq tanqid qiladi. U ning fikricha, bunday yoshlar biror ijobiy fazilatga ega emas, hosil bermaydigan mevasiz daraxtga o‘xshaydilar, bunday odamlar ning jamiyatga nafi tegmasligini quyidagi misralarda keltiradi (5.138): Qaysi farzand fazlu hunarsiz bo‘lib, Otadan lof ursa, odamdan yiroq. Mevali daraxtning mevasiz shoxi, O‘tindan boshqaga yaramas mutloq. Jomiy kasb-hunar egallashni va u bilan shug‘illanishni har qanday boylikdan afzal ko‘radi, yoshlarni kasb-hunar egallashga davat qiladi hamda uni quyidagi misralar da ifodalaydi(5.138): Odamning qiymati emas simu zar, Odamning qiymati bilm va hunar. Xulosa qilib aytganda, sharq mutafakkirlarining biz ko‘rib chiqgan vakillari ning asarlarida ham mehnatga, ilmu-hunarga muhabbat va ijodkorlik g‘oyalari yuksak mahorat bilan ifodalanadi hamda insonni yoshlik chog‘idanoq mehnatga va biron-bir kasb-hunarga o‘rgatishga katta e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ularning asarlarida inson ning kasbu-kori bilan uning axloqiy xislatlari o‘rtasida chambarchas aloqadorlik borligi, axloqiy ongning shakllanishi uchun tabiiy soha bo‘lmish mehnat faoliyatining roli haqidagi masalalar ham g‘oyat muhim bir tarzda va yangicha ifodalangan. Bu esa bugun gi kun yoshlarini, ayniqsa o‘quvchi yoshlarni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va biror-bir kasbni puxta egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.   Adabiyotlar ro‘yxati:
  1. Sharq allomalari tarbiya xususida, Fan va turmush, № 11,1984 yil 16-18 betlar .
  2. Hasanov S. Mutafakkirlar mehnat tarbiyasi haqida Toshkent, O‘qituvchi, ,144b.
  3. Shomuhamedov Xazinalar jilosi, Toshkent, G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot san’at nashiryoti, 1981y.
  4. Xayyom Umar. Ruboiylar. T. O‘zbekiston KP MK nashiriyoti, 1976y., 112
  5. Jomiy Tanlangan asarlari, G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashiryoti, Toshkent, 1971y.