Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

PEDAGOGIK OLIY TA‘LIMNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARIDA TA‘LIMGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Mo’minov Asqar Abduraxmonovich  JDPU katta o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada pedogogik oliy ta’limni raqamlashtirish jarayoni yanada keng tus olgan bugungi kunda ta’limga quyiladigan kompetentsiyalar nazariy tahlil qilingan. Shu bilan birga pedagog va talabalar faoliyatini raqamlashtirishda mavjud muammo va kamchiliklar o„rganilgan. Kalit so’zlar: o„quv jarayonlari, masofaviy ta’lim, raqamlashtirish, innovatsion boshqarish. Аннотация: В данной статье проведен теоретический анализ компетенций, которые придаются образованию сегодня, когда все большее распространение получил процесс цифровизации высшего педагогического образования. При этом были изучены существующие проблемы и недостатки цифровизации педагогической и студенческой деятельности. Ключевые слова: образовательные процессы, дистанционное образование, цифровизация, инновационный менеджмент.   Dunyodagi global o’zgarishlar, fan-texnika jadal rivojlanishi hamda axborot texnologiyalarining rivojiga asoslangan axborotlashgan jamiyat muhiti pedogogik ta’lim tizimiga kuchli ta’sir etmoqda. Bugungi muntazam amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, innovatsion jarayonlarning asosiy vazifalardan biri raqamlashtirish jarayoni xususiyatlariga to’la moslashish hisoblanadi. Shuning uchun ham pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlarini axborotlashtirishning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish, integrativ ta’lim muhitini yaratishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish dolzarb vazifalar qatoriga kiradi. Qolaversa, 2021-2026 yillarda Yangi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining bevosita tegishli bandi Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalariga oid bo’lib, unda ta’lim jarayonini raqamlashtirishga doir vazifalar hamda  pedogogik oliy ta’limda zamon talablariga mos kompetentsiyalarni shakllantirish vazifalari belgilangan. Ta’lim muassasasining elektron axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik masala bo’lib qolmasdan, balki buning uchun muassasaning ilmiy- metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida ishga solish talab etiladi [1]. Zamonaviy axborot telekommunikatsion texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
  • axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni zamonoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga bilim beriladi hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompьyuterlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etiladi;
  • ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasining barcha ish faoliyati, shu jumladan o’quv, ma’naviy -ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish;
  • axborot-telekommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti sifatida, ya’ni talabalar yangi axborot texnologiyalar, ularning tarkibiy qismlar va foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
  • talabalar va professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida, ya’ni o’quv muassasasida o’qituvchi-professor va talabalar orasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik izlanishlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va tatbiq etish.
Mediakompetentlik (media competence) ta’lim tizimimizdagi nisbatan yangi atama hisoblanib, u media ma’lumotlarni turli ko’rinishda uzatish va baholash, o’rganish, yetkaza bilish kabi ma’nolarni o’z ichiga oladi. Mediata’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.
  • Elektron darsliklar yarata olish va ular bilan erkin faoliyat olib borish ko’nikmasiga ega bo’lish;
  • ZOOM, Google meet, Google disk, Camtasio studio kabi dasturlarda erkin ishlay
olish;
  • Masofaviy ta’lim platformasini kreativ yangiliklar bilan boyitib borish va boshqalar.
  • Internet aloqasi sifatining notekis taqsimlanganligi;
  • AKT moslamalarining ta’lim sub’ektlari barchasida ham yetarli emasligi;
  • Ta’lim muassasalarida    media-axborot     qurilmalaridan     foydalanish
Ko’nikmasi(mediasavodxonlik darajasi)ning pastligi;
  • Masofaviy ta’lim shaklida ta’lim sub’ektlari uchun javobgarlikning to’liq ta’minlanmaganligi kabi bar qator kamchiliklar ko’zga tashlandi.
Ta’limni axborotlashtirish bo’yicha kadrlar tayyorlashning umumpedagogik tamoyillarini quyidagicha keltirish mumkin:
  • kasbiy yo’nalishga nisbatan bazaviy tayyorgarlikning invariantligi, uning axborot, kommunikatsiya, umummadaniy jihatlarga yo’naltirilganligi, axborotlashgan jamiyat rivojlanishining hozirgi darajasiga mosligi;
  • pedagog kadrlarni tayyorlashni ixtisoslashtirish, ya’ni aniq bir fan bo’yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlarini joriy etishga yo’naltirilganlik;
  • pedagog kadrlar tayyorlashning differentsiallashgani, uning shaxsiy afzalligiga, kasbiy ehtiyojiga va talabalarning xususiyatlariga yo’naltirilganligi.
Pedagog kadrlarni kasbiy va ixtisoslashtirilgan tayyorlash hamda differentsiallashgan yondashuv tamoyillarini amaliyotga joriy etish uchun o’quv dasturining tuzilmasini ishlab chiqishda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:
  • o’quv dasturlarida jamiyatni axborotlashtirish jarayonining holati;
  • ta’limni axborotlashtirishning nazariy asoslari;
  • o’quv dasturlarida aniq bir fan bo’yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha pedagog kadr faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari;
  • mustaqil ta’lim faoliyatining metodik ta’minoti.
Mazkur talablarga javob bera oladigan o’quv dasturlarining keng joriy etilishi yuqorida ko’rsatilgan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish mexanizmini yaratadi, deb hisoblash mumkin. Raqamli texnologiyalarini o’quv jarayonida asosli qo’llashning yana bir muhim jihati – real jarayonlar va eksperimentlarning kompьyuter modelini yaratishdan iborat. Kompьyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, modelь va natijalarning namoyishi, ko’p holda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo’lgan ehtiyojning o’rnini bosadi, ayrim holda (atom va kvant fizika, yarimo’tkazgichlar, kimyo, biologiya, astronomiya, tibbiyot kabi fanlarga tegishli jarayonlarni modellashtirish) esa, mazkur jarayonlarni namoyish etishning yagona usuli sanaladi [2]. Hozirda raqamli texnologiya imkoniyatlarilardan foydalanmay ta’lim jarayonini tashkil etishni tasavvur qilish qiyin. Kompьyuter dasturiy vositalarining tarkibiga kiruvchi interfeysning qulayligi, pedagoglarga zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali o’zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan shaxsga yo’naltirilgan ta’limni rivojlantirishda, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda samarali foydalanish mumkin [3]. Zamonaviy raqamli texnologiyalar dunyodagi, murakkab qurilmalar, biologik tizimlardagi hodisa hamda jarayonlarni kompьyuter grafikasi va modellashtirishdan foydalanish asosida o’rgatish, juda katta yoki kichik tezlikda sodir bo’ladigan fizik, astronomik, kimyoviy, biologik jarayonlarni qulay vaqt o’lchamida taqdim etish kabi yangi didaktik masalalarni yechishga yordam beradi. Shu bois, ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri – hodisa va jarayonlarni kompьyuterda modellashtirishdir. Kompьyuter modellari an’anaviy darsning tarkibiga hamohang bo’lishi va o’qituvchi uchun kompьyuter ekranida, ko’p effektlarni namoyish etishiga, o’quvchilarning yangi, noan’anaviy o’quv faoliyatini tashkil etishga katta yordam beradi. Xulosa sifatida pedagogika oliy ta’lim samaradorlikni yanada oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
  • ta’lim muassasalari uchun zarur zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash jarayonini nazoratga olish va amaliy qo’llab-quvvatlash, chekka hududlarda ham internet aloqasi va texnik jihozlar tizimli faoliyatini yo’lga qo’yish;
  • ta’lim muassasalarining mediakompetentligini uzluksiz oshirib borish mexanizmini ishlab chiqish (You tube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda mavjud turli ta’lim dasturlaridan foydalanish videodarslarini o’zbek tilida ham ko’paytirishni davlat darajasida qo’llab-quvvatlash);
  • elektron boshqarish tizimlarini faoliyatga keng joriy etish va qog’ozbozliklarni, vaqtni o’g’irlovchi keraksiz hujjatlarni keskin kamaytirish;
  • Masofaviy HEMIS ta’lim platformasida, shuningdek barcha ijtimoiy tarmoqlarda ham subektlarning mas’uliyatliligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
  ADABIYOTLAR:  
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi PF-60-son Farmoni ( 28.01.2022 y).
  2. Ishmuxamedov, A. Abduqodirov, A. Pardayev. ―Ta’limda innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassalari pedagog-o’kituvchilari uchun amaliy tavsiyalar‖.
  3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti mavzusidagi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent.