Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Milliy yuksalish sharoitida inson manfaatining ta’minlanishida  ijtimoiy islohotlarning ahamiyati 

Alisher Ibragimov Qurbon o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Annotasiya. Mazkur maqolada milliy yuksalish sharoitida davlatimizda ijtimoiy sohadagi islohotlarning olib borilishi va bu borada inson manfaatlarining ta’minlanishi,  davlat va jamiyat qurilishi borasida har tomonlama rivojlanish va taraqqiyot tamoyillari aks etgan. Kalit so‘zlar. Milliy yuksalish, inson, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, inson manfaati, erkinlik, farovonlik, ijtimoiy qadriyatlar, iqtisodiyot, ma’naviyat, taraqqiyot. Аннотация. В данной статье отражены принципы всестороннего развития и прогресса в строительстве государства и общества, реализации реформ в социальной сфере в нашей стране в контексте национального прогресса и обеспечения интересов человека. Ключевые слова. Национальный прогресс, человек, демократия, верховенство закона, гражданское общество, интересы человека, свобода, процветание, социальные ценности, экономика, духовность, развитие. Annotation. This article reflects the principles of comprehensive development and progress in the construction of the state and society, the implementation of reforms in the social sphere in our country in the context of national progress and the provision of human interests. Keywords. National progress, human, democracy, rule of law, civil society, human interests, freedom, prosperity, social values, economy, spirituality, development.   O‘zbekiston Respublikasi milliy yuksalish, demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidan dadil qadamlar bosib bormoqda.  Shu maqsadlar yo‘lida milliy o’zlikni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta’minlash kabi ijtimoiy qadriyatlar talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Jumladan, milliy yuksalish sharoitida tarixan qisqa bu davr davomida davlatimiz uchun ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohada, davlat va jamiyat qurilishi borasida har tomonlama rivojlanish va taraqqiyot davri bo‘lganligi bugun hech kimga sir emas. Mamlakatimizda milliy yuksalishga oid o‘tgan tarixan qisqa davri  davlatimiz uchun davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, ma’naviyat, ijtimoiy hayot, qonunchilik va sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va barqaror muhitni ta’minlash borasida ko‘p tomonlama taraqqiyot, jahon hamjamiyati bilan chuqur hamkorlik yillari bo‘ldi. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga ko‘ra, jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, jahonda pandemiya va moliyaviy-iqtisodiy inqiroz alomatlari bo‘lib turganiga qaramay, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va bosqichma-bosqich modernizatsiyalash modeli amalda o‘zini to‘la oqlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Biz pandemiya boshlangan ilk kunlarda bu qiyinchiliklardan yanada toblanib, kuchli va qudratli bo‘lib chiqishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan edik. Yaratganning inoyati, el-yurtimizning ahilligi va fidokorona mehnati bilan bu mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o‘tmoqdamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi O‘zbekiston davrini boshlab berdi. Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy muhit paydo bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”[1], deb ta’kidlagan. Milliy yuksalish bosqichida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, erkin tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun obod turmush va farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda  munosib o’rinni egallashda yuksak istiqbolga asoslangan taraqqiyotga oid g‘oyalar mustahkam zamin bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar, Vatanimiz taraqqiyotining tarixiy, ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy  shart-sharoitlari, hozirgi saodatli kunlar va yorug‘ istiqbolimiz, xalqimizning bunyodkorlik ruhi, ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqishi va amaliyoti natijalari ekani bilan g‘oyat muhimdir. Jamiyatda inson huquqlari,  manfaatlari va faravonligini ta’minlash, hayotiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarishning  asosiy  jihatlari Konstitutsiya  va  mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab  qo‘yilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 14-moddasida “Davlat  o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”[2] deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston davlati ijtimoiy  siyosatida inson manfaatlari ustivorligi va hayotiy faravonligini ta’minlashning siyosiy va huquqiy kafolatlari aholini ijtimoiy himoya qilish borasida qabul qilingan qonunlar, qonun osti hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekistonda faol demokratik yangilanishlar, jamiyatning barcha sohalarida jadal islohotlar va mamlakatni tubdan modernizatsiya qilish davom etmoqda. Bunda jamiyatimizda barqaror taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat va jamiyat boshqaruvini yanada isloh etish, xususan, Konstitutsiyada aniq va ravshan belgilab berilgan inson manfaatlari, erkinligi, ehtiyojlari  va farovonligini to‘la ta’minlash, parlamentarizm,  ko‘ppartiyaviylik, va plyuralizmni siyosiy hayotda to‘laroq joriy etilishi chuqur ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatdagi tubdan yangilanishlar, iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning obodonlashuvi va ko‘rkamlashuvi, xalqimizning turmush tarzi farovonlashib, hayot kechirish darajasi yuqorilashib borishi ushbu tamoyillarning naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotlamoqda. Prezidentimizning ta’kidlashicha, “Biz bundan buyon ham aholimizning daromadi va turmush darajasini muntazam yaxshilab borishga jiddiy ahamiyat qaratamiz. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning o‘ziga xos yangi tizimi yaratilganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mehr daftari”, “mahallabay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Islohotlar doirasida qabul qilingan yirik dasturlar jamiyatimizda ijtimoiy muhitni yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda”[3]. Inson jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy munosabatlar rivojida eng muhim subyekt va asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Uning ijtimoiy mohiyati va oliy qadriyat sifatida mavjud bo‘lishi quyidagi iqtibosda keltirilgan: “Inson — tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xislatlar, sifatlar va xususiyatlarga ega bo’lgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni qiyofasida aks etgirgan ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatdagi asosiy qadriyatdir. Shu bilan birga, u olamga ijtimoiy munosabatda bo’lish, odamlar bilan muomala va aloqaga kirishish, mehnat qilish asosida moddiy va madaniy boyliklarni vujudga keltirish, tafakkuri, his-tuyg‘ulari, fikrlarini tili vositasida ifodalash kabi xususiyatlarga ega bo’lgan umumijtimoiy vujud hamdir. Inson jamiyatsiz yashay olmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bo‘lmaydi”[4]. Mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida inson turmush tarzini yanada farovonlashtirish, davlat va jamiyat qurilishini isloh etish va iqtisodiyotni to‘liq liberallashtirishga qaratilgan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonlari milliy yuksalish tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga zamin hozirlamoqda. A.Saitkasimovning ta’kidlashicha, “Ijtimoiy adolat insonlar farovonligi ta’minlash, huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lash, insonni har tomonlama yuksaltirish bilan bog‘liq muhim sosial voqyelik hisoblanadi. Ijtimoiy adolat  asrlar davomida rivojlanib va takomillashib kelayotgan, insoniyat uchun eng muhim qadriyatlarni mujassamlashtirgan g‘oya hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, fuqarolik jamiyati qurilishida ijtimoiy adolat fenomeni o‘zining mukammal ko‘rinishiga ega bo‘ldi”[5]. Xalqimizning yillar davomida orzu qilgan  huquqlarini to‘laqonli ta’minlanishi, manfaat va ehtiyojlarini ro‘yobga chiqishi jamiyat ijtimoiy barqarorligi va taraqqiyot taomilini naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda davlatimiz o‘zining zamonaviy demokratik taraqqiyoti jarayonida jahon hamjamiyati va xalqaro tuzilmalardagi ishtiroki umuminsoniy tamoyillarga mos keladigan  insonparvar jamiyat qurish faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Yurtimiz olimlarining  ta’kidlashicha, “Islohotlar markazida insonning oliy qadriyat sifatida baholanishi mamlakatimiz strategik vazifalariga hamohangdir. Xususan, bu boradagi barcha o‘zgarishlarning mazmun – mohiyati ham inson va uning qadr-qimmatini ko‘tarish bilan bog‘liq. Xolbuki, ushbu qadriyatlar asosida shakllangan jamiyat, mohiyatiga ko‘ra, xalqaro talablarga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tamoyillariga mos keladi, ularning milliy darajada namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratadi. Shu bilan birga, u mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat, har bir shaxs, turli qatlam vakillarining umumiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi”[6]. Mazkur islohotlar natijasida mamlakatimizda ijtimoiy, siyosiy sohalarda keskin o‘zgarishlar va taraqqiyot kuzatila boshlandi. Jamiyatda shaxsning ijtimoiy manfaatlarini to‘liq ta’minlanishi hayot-mamot vazifaga aylanib, inson  qadri va  ijtimoiy mavqeini yuqori darajada ta’minlash muhim insonparvarlik tamoyili hisoblanadi. Ijtimoiy siyosatning insonga beradigan nafi va ko‘magi muhim xususiyat bo‘lib, shaxsning jamiyatdagi maqomini yuksaltiradi hamda shaxs-jamiyat-davlat tamoyilining hayotbaxsh amaliy ro‘yobida asos bo‘lib xizmat qiladi.       Foydalanilgan adabiyotlar.

1.     Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi.  31.08.2021. www.prezident.uz.

2.     O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi. 14-modda

3.     Nazarov Q. Ma’naviy qadriyatlar va inson qadri. T., “Ma’naviyat”, 2011. –B. 21.

4.     Saitkasimov A. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. -Toshkent, “LESSON-PRESS”, 2021. –B. 71

5.     Q.Nazarov, M.Quronov va boshq. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson. T, “O‘zbekiston”, 2010. –B.4.

   

[1] Ватанимиз мустақиллиги – биз учун куч-қудрат ва илҳом манбаи, тараққиёт ва фаровонлик асоси. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 30 йиллик байрамига бағишланган маросимдаги нутқи.  31.08.2021. www.prezident.uz.

[2] Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси. 14-модда  

[3] Ватанимиз мустақиллиги – биз учун куч-қудрат ва илҳом манбаи, тараққиёт ва фаровонлик асоси. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 30 йиллик байрамига бағишланган маросимдаги нутқи.  31.08.2021. www.prezident.uz.

[4]Назаров Қ. Маънавий қадриятлар ва инсон қадри. Т., “Маънавият”, 2011. –Б. 21. [5] Саитқосимов А. Ҳуқуқий маданият ва ҳуқуқий тарбия асослари. -Тошкент, “LESSON-PRESS”, 2021. –Б. 71 [6] Қ.Назаров, М.Қуронов ва бошқ. Бу муқаддас Ваатанда азиздир инсон. Т, “Ўзбекистон”, 2010. –Б.4.