Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/02/2024
Chop etish
JDPUda ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasi mavzusida qiziqarli seminar trening o‘tkazildi

Xabaringiz bor 7 fevral kuni ingliz tili bo‘yicha mintaqaviy idoraning bosh mutaxassisi Kevin Makkoy va assitent Nargiza Nugmanova Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax Akses dasturiga tashrif buyurishdi. tashrif davomida Kevin Makkoy JDPU Xorijiy tillar fakulteti talabalari va ingliz tili o‘qituvchilari bilan ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasi borasida qiziqarli seminar trening o‘tkazdi.

Treningdan so‘ng mehmonlar Xorijiy tillar fakultetining rahbariyati hamda kafedra mudirlari ishtirokida 2024-2025 o‘quv yilida JDPUga tashrif etilishi mo‘ljallanayotgan ingliz tili mutaxassisi borasida fikr-mulohazalar olib bordi. Kunning ikkinchi yarmida ular Access dasturining darslarida qatnashdilar.

Dastur mobaynida mehmonlar amalga oshirilgan ishlar, unda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar bilan yaqindan tanishishdi, hamda dastur o‘quvchilarining ingliz tili salohiyatlarini suhbat va darslarni kuzatish orqali aniqlab olishdi.


Ulashish:
1 108
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.