Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

HOSILA VA UNING TATBIQLARINI GNOSEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA O’QITISH METODIKASI

Xolboyev Nurjon Abdujabbor o`g`li Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi Boltayev Abram Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi   Annotatsiya. Hosila va uning tatbiqlari mavzusini o`qitishning nazariy asoslari, hamda hosila va uning tatbiqlarining mazmun mohiyati o’rganilgan. Gnoseologik yondashuv asosida talabalarga hosila va uning tatbiqlarini o’qitish metodikasi darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o’qitish metodikasi yoritilgan. Kalit so’zlar: Yondashuv, kompetensiya, ko’nikma, gnoseologik yondashuv,     moddiy nuqta. Pedagogika nazariyasida zamonaviy yondashuvlarning bir qancha turlarini misol qilishimiz mumkin. Jumladan kompetensiyaviy yondashuv, ogʻzaki-koʻrgazmali yondashuv, tadqiqiy-ijodiy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, formatsion yondashuv, svilizatsion yondashuv, aksiologik yondashuv, evristik yondashuv, akseologik yondashuv, mantiqiy yondashuv, avtoritar yondashuv, tanqidiy yondashuv, pregmatik yondashuv, dogmatik yondashuv va hokazo. Yondashuv – berilgan mavzu mohiyatiga nisbatan yondashish. Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoni mohiyati – oʻquvchilarning kelajakda turli hayotiy vaziyatlar va faoliyat sohalarida duch keladigan muammolarni oʻz tajribalari asosida mustaqil yechish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat. Bu esa oʻz navbatida oʻquvchilarga nafaqat bilim, koʻnikma va malakalarni berish, balki ularni hayotiy ehtiyojlarida qoʻllay olish layoqatlarini (kompetensiyalarni) shakllantirishni koʻzda tutadi. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish umumiy oʻrta ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi maktab bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Umumiy oʻrta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, oʻquv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim – oʻrganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; koʻnikma – oʻrganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllay olish; malaka – oʻrganilgan bilim va shakllangan koʻnikmalarni notanish vaziyatlarda qoʻllay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya – mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni kundalik faoliyatda qoʻllay olish qobiliyati. Hosilaning mexanik ma’nosi tabiatshunoslik va texnikada muhim ahamiyatga ega. Yuqorida qaralgan harakatdagi nuqtaning tezligini aniqlash va berilgan egri chiziqqa berilgan nuqtada urinma o’tkazish  masalalari XVII asrda  differensial va integral hisobning asosiy tushunchalarini shakllantirishga olib keldi. Eslatish joizki, x miqdor x dan x+h gacha o‘zgarganda y=f (x) miqdor o‘zgarishining o‘rtacha tezligi    ayirmali nisbatga teng. Bundan ifoda y=f (x) miqdor o‘zgarishining oniy tezligini bildiradi. Shunday qilib, t momentdagi oniy tezlik nuqtaning harakat qonuni s(t) funksiyadan olingan hosilaga teng ekan. Hosilaning fizik ma’nosi ana shundan iborat. Umuman aytganda, hosila funksiyaning o‘zgarish tezligidir. 1-masala. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab   qonuniyat bilan harakatlanayotgan moddiy nuqta harakat boshlangandan necha sekund o‘tgach to‘xtaydi? Yechilishi . (3) formula bo‘yicha harakat tezligini aniqlaymiz. Moddiy nuqta harakatdan to‘xtasa, uning tezligi nolga teng bo‘lishi ravshan. Shu sababli . Vaqt manfiy kattalik emas. Demak, moddiy nuqta harakat boshlangandan 5 sekund o‘tgach to‘xtaydi. Javob: 2-masala. Moddiy nuqta   qonuniyat bo‘yicha harakatlanyapti. Uning tezlanishi nolga teng bo‘lganda, tezligi qanchaga teng bo‘ladi? Yechilishi . (3) va (4) formulalardan foydalanib tezlik va tezlanishni t vaqtning funksiyalari sifatida ifodalaymiz: Masala shartidan foydalanib, harakat boshlangandan qancha vaqt birligi o‘tgach moddiy nuqta tezlanishi nolga teng bo‘lishini aniqlaymiz:      vaqt birligi. Topilgan vaqt birligining qiymatini tezlikning ifodasiga qo’yib, masala yechimini topamiz. tezlik birligi. J: 3-masala. O‘tkаzgichning hаr kilоmеtr uzunligigа sаrf bo‘lаdigаn Q quvvаt Q =  fоrmulа bo‘yichа hisоblаnаdi,   х – hаr kilоmеtrgа to‘g‘ri kеlаdigаn qаrshilik.  х ning qаndаy qiymаtidа Q eng kichik qiymаtgа egа bo‘lаdi? Yechilishi:  =   Demak ,   bo’lganda Q eng katta qiymatga ega bo’ladi. 4-masala.Elеktr elеmеnti bеrаdigаn enеrgiya   fоrmulа bo‘yichа hisоblаnаdi, bundа E – dоimiy elеktr yurituvchi kuch, r – dоimiy ichki qаrshilik. х ning qаndаy qiymаtidа W enеrgiya eng kаttа qiymаtgа egа bo‘lаdi? Yechilishi :   Demak ,  bo’lganda W enеrgiya eng kаttа qiymаtgа egа bo‘lаdi. Shunday qilib , yuqori sinf o’quvchilariga hosilaning mexanik ma’nosini o’qitish davomida tizimlilik tamoyiliga rioya etish mavzular tushunarliligini va o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishini ta’minlaydi.                                                     ADABIYOTLAR  
  1. Xolboyev N.A. Chekli sterjenda issiqlik oqimini boshqarish. Matematika va
informatika, №1, T 2, 2022 yil
  1. Xolboyev N.A. Ikki karrali Fure qatorlarining doiraviy qismiy yig’indisi
uchun umumlashgan lokalizatsiya masalasi. Matematika va informatika, №2, T           2, 2022 yil
  1. A.Xolboyev, Maksimal nochiziqli integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun chegaraviy masala. Erus.uz 07.03.2023
  2. N.A.Xolboyev, Чекли стерженда иссиқлик оқимини бошқариш. Matematika va informatika jurnali 2 (1).