Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2022
Chop etish
FIKR.

Kecha Zargarlik mahallasining bozorchasi yonidan o‘tayotib, bir go‘zallik saloni nomlanishiga ko‘zim tushib qoldi: Miss Lady.

Nima nazarda tutilgan? Tushunarsiz. Agar har bir so‘zning ma’nosiga e’tibor berib tarjima qilsak, bilmadim nima kelib chiqadi. Ammo ushbu ikkala so‘zning o‘ziga xosligi bor. Mazmunan bu so‘zlar

Miss – ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda turmushga chiqmagan qiz uchun murojaat. Bu turmushga chiqmagan ayolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat sifatida ham, murojaat qilinayotgan shaxsning familiyasidan oldin ham ishlatilishi mumkin.

Ledi – inglizcha so‘z «xonim», «bekam» degan ma’noni anglatadi; ingliz tilida so‘zlashuvchi dunyoda, ayol uchun muloyim atama, shuningdek, berilgan nom bilan ishlatiladigan Britaniya aristokratik unvoni, zodagonlik unvoni.

 

Nahotki qiziqtira oluvchi boshqa o‘zimizga xos atama topilmagan bo‘lsa? Yoki bu o‘sha ingliz tiliga bo‘lgan moda so‘zlardan biri bo‘lsa kerak.

Menimcha, har qanday holatda ham nomlanishlar ushbu tashkilot deymizmi, kichik korxonami uning yo‘nalishiga xos va mos bo‘lishi. Mumkin bo‘lsa aynan o‘zbekcha nomlanishlarni tanlansa ayni muddao bo‘lardi.

Bu hali bittagina misol. AFSUSKI: shahrimiz bo‘ylab bunday “sermazmun”, “ma’nodor” yozuvlar ko‘pgina uchraydi.

Karimov N.M. – Rus tili va adabiyoti fakulteti, Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

 


Ulashish:
1 169
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.