Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

  BU MENING UYIM….

 Aziz yurtdoshim siz uy qurish uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflagansiz?  umrimni yarmi ketdii, sochlarim oqardi …berilgan  savolga o‘ntadan sakkiz nafari shunday javob berishi aniq. O‘zbekmiz uy joy deymiz, to‘y deymiz  umrimizni teng  yarmi qanday o‘tib ketganini bilmay ham qolamiz. Uzoqqa bormaylik o‘zim ham uy joy qilaman deb sakkiz yillik umrimni  sovuq o‘lkalarga tashlab keldim.

Paxtakor tumanidagi o‘tgan asrning 60- yillarda qurilgan, baraklar haqidagi turli fikrlardan  xabaringiz bor. Ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs va  munozaraga  sabab bo‘lgan mish-mishlar menga ham salbiy ta’sir qilib o‘z mulohazalarimni bildirganman. Biroq vaziyatni to‘liq o‘rganib bevosita  shu jarayonni ishtirokchisiga aylanganimdan so‘ng fikrlarim  o‘zgardi. Keling sizga o‘sha yerda ko‘rgan kechirganlarimni bir boshidan hikoya qilay… bugun Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Oltinko‘l” va “Olmazor “ mahallarida bir zamonlar ishchilar uchun vaqtinchalik yotoqxona vazifasini o‘tovchi yog‘ochdan qurilgan  baraklardan ko‘chirilib uy joylarga ega bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, ish bilan bandligi, daromad manbai kabi qator savollarga  javob olish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti  yaxshi bir tashabbus bilan chiqdi.  Unga ko‘ra  ishchi guruhi tashkil etilib, bu guruh tarkibida psixolog, tajribali  ko‘p yillik mehnati bilan jamoada o‘z o‘rniga ega xotin qizlar qo‘mitasidan vakil va  o‘qituvchilar jalb qilindi.   Tashabusskor ziyolilardan tashkil topgan ishchi guruhi, hududlarda ijtimoiy –ma’naviy muhitni o‘rganish maqsadida har bir xonadon a’zosi bilan suhbatda bo‘lib so‘rovnomalar o‘tkazishdi.

 )

 Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi «Oltinko‘l» va «Olmazor» mahallarida lo‘li millatiga mansub 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta uy qurildi. Yangi mavze 35 gektardan ziyodroq maydonga joylashgan, hozirda u yerda obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.  Ularni qurishga davlat tomonidan 150 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib,  mahallalarda ikkita tikuv sexi, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi. Shuningdek, 10 kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 8 km elektr, 3 km suv tarmoqlari tortilgan

Siz tasvirda ko‘rib turgan mahalla “Oltinko‘l” deb nomlanadi ushbu mahallada ayni kunda 432 ta xonadon mavjud. Mahalaga kirib borar ekansiz yoshu qari birdek mehnat qilayotganini guvohi bo‘lasiz.

Guvohi bo‘lganingizdek har bir oila o‘z uyi atrofini obodonlashtirish, ichki va tashqi ta’mirlash ishlari bilan band. Guruh a’zolari bilan har bir xonadonga kirib borar ekanmiz,  avvalo ularni kayfiyati bilan qiziqdik. Rustam ismli mana bu yigitning aytishicha bir vaqtlar ishchilarga mo‘ljallangan yotoqxona vazifasini o‘tash uchun qurilgan  ikki xonali  barak uyda uch oila bo‘lib  yashashgan ekan. Tasavvur qiling ikki xonali yog‘ochdan qurilgan  barak, tor va kichik xonalarda uch oila qanday  va qay sharoitda yashagan ekan ?  “…na bir tug‘ilgan kun yoki mehmon kutib olishga ham imkonimiz yo‘q edi. O‘zim ustaman bugun menga, ota onamga va akamga alohida uchta uy berishdi. Ko‘rayotganingizdek oilam bilan ta’mirlash ishlarini olib borayapmiz. Uyga ko‘chib  kirdik. Endi mehmonxonam katta istagancha mehmon kutib olaman. Xullas mazza qilib yashaymanda, bu mening uyim, o‘z uyim …”-deydi u biz bilan suhbatda .

Bizni xursand qilgani shuki “Oltinko‘l “ mahallasida Rustam singari fikrlaydigan, jon jahdi bilan mehnat qilayotgan  oilalar juda ko‘p , ammo gurunch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek,  bir ishni oxiriga yetkazmay kimdir kelib nimanidir qilib berishini kutib  o‘tirgan yurtdoshlarimiz ham yo‘q emas. Har bir xonadonga kirib borar ekansiz albatta ular bilan suhbatlashasiz. Suhbatlar davomida uy egalarining qiziqishlari kasbga layoqati, savodxonligi, oiladagi muhit ham to‘liq o‘rganiladi. Muhabbat               ( ismlar shartli ravishda o‘zgartirildi ) ismli lo‘li millatiga mansub mana bu qiz 17 yoshga to‘lgan.  Uning ham har bir bo‘yga yetgan qiz kabi orzulari bir olam.  U bilan suhbatlashganimizda bugun uning qo‘lida biron bir hujjat yo‘qligini, ming afsuslar bo‘lsinkim fuqarolik pasporti u yoqda tursin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ham yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Muhabbat hattoki maktabga ham bormagan. U ota-onasi yo‘qligi bois savodini ham chiqara olmaganini aytar ekan, mahallada yangi ochilgan  tikuv sexida  ishlash istagi  borligini bildiri.

70 dan oshgan lo‘li millatiga mansub  otaxonning ta’kidlashicha uning ham qo‘lida biron bir shaxsni tasdiqlovchi  hujjat yo‘q.Tinmay arz qilayotgan otaxon bundan bir necha yillar oldin hujjatlarini yo‘qotgan. Qayta to‘g‘rilash haqidagi  savolga esa otaxon beparvogina  puli yo‘qligini  ro‘kach qildi. Loqaydlik va beparvolik boqimandalikni paydo qiluvchi illatdir. Hujjatlari uchun bir million pul so‘rashganini sekingina qistrib o‘tgan  otaxonga ham albatta yordam berilishini ma’lum qildik. Bu kabi muammolar har bir xonadonda borligi kishini o‘ylantiradi.  Oila a’zolari savodxonligi haminqadar kimdir boshlang‘ich  sinf ma’lumoti,   kimdir umuman maktab ostonasiga qadam qo‘ymagan. Aybdor kim degan savolga esa hech kim javob bermaydi, ammo uyingiz atrofiga nega ko‘chat ekmagansiz deb so‘rasangiz “hokimiyat  bermadi”  deb javob berishadi…ana sizga haqiqat …Besh qo‘l barobar emas kimdir hokimiyat  qilib bersin deb o‘tirgan bo‘lsa ko‘pchilik yurtdoshlarimiz hech kimni yordamisiz o‘z kuchlariga ishonib yon atrofni obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarida tashabbus ko‘rsatishmoqda.

Kun davomida nechta xonadonga kirib borgan bo‘lsak oddiy inson sifatda jarayonni kuzatdim. Ko‘rganlarim, guvohi bo‘lganlarim meni muxbir sifatida yozishga undadi. Men kimnidir maqtash yoki ko‘klarga ko‘tarishdan va ayblashdan  yiroqman. Mening ham boshimga uy qurishdek zahmatli tashvish tushgan mehnat qildim tashqaridan yordam kutmadim, hali hamon mehnatdaman. Ziyrak o‘quvchi nima demoqchiligimni tushunadi. Maqolaga bir savol bilan nuqta qo‘ymoqchiman. Hurmatli o‘quvchi balki siz yoshingiz o‘tib oilasidan tingan nafaqa yoshidadirsiz, balki endigina  ro‘zg‘orini ayirib yangi uyga ko‘chib o‘tgan yosh oila vakilidirsiz kim bo‘lsangiz ham Sizga uyingiz poydevorini qilib, tomiga shifer, derazalariga rom, eshik olib berishsa qo‘shimchasiga kam foizli kredit ajratishsa, hohlaganigdek uy qurib qurib ol deyishsa, qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?… Xulosani sizning hukmingizga tashladim…

                                                                                                                                                                                                          G.Sharipova

                                                                                                                                                                          Jizzax davlat pedagogika instituti matbuot kotibi