Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

BOSHLANGICH SINF O`QUVCHILARINING TEXNOLOGIYA FANI ASOSIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH

Jizzax davlat pedagogika universiteti o`qituvchisi: D.Kulboyeva Annotatsiya: Ushbu maqolada, boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya fani misolida kreativlik qobiliyatini shaklantirishda olimlar qarashlari va o`rganilganligi ko`rib chiqilgan. Kalit so`zlar: Boshlang`ich sinf o`quvchilari va o`qituvchilari, texnologiya,  kreativlik qobiliyati, dars, integratsiya, innovatsiya. Текст научной работы на тему «Формирование творческих способностей учащихся начальных классов на основе технических наук»Аннотация: В данной статье рассматриваются взгляды и исследования ученых в области формирования творческих способностей учащихся начальных классов на примере технических наук. Ключевые слова: Учащиеся и учителя начальной школы, технологии, творчество, урок, интеграция, инновации FORMATION OF CREATIVE ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS AND TECHNICAL SCIENCESAbstract:In this country, the views and research of scientists in the field of the formation of creative hobbies of primary school students are considered on the example of technical sciences.Keywords:Primary school students and teachers, technology, creativity, education, integration, innovation Kirish Respublikamizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu bilan birga, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi  ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni,  2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur ma`lumotlarimiz muayyan darajada xizmat qiladi. [1]. Asosiy qism Boshlangi`ch ta`lim texnologiya darslarida  o`quvchilar kreativlik qobiliyatini shakllantirish hozirgi ta`lim soxasining ahamiyatli tomonlaridan biridir. Bunday odamlar ko‘pchilik biladigan va faqat ma’lum bir tarzda ishlatadigan elementlarning yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga yoki birinchi qarashda hech qanday aloqasi bo‘lmagan ikkita element o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga xarakat qiladilar. Devergent fikrlash usuli kreativ fikrlashning asosi bo‘lib, u quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1.Tezlik – maksimal miqdordagi g‘oyalarni ifoda etish qobiliyati (bunday holda, ularning sifati emas, balki ularning miqdori muhimdir);
  1. Moslashuvchanlik-turli xil g‘oyalarni ifoda eta olish qobiliyati.
  2. O‘ziga xoslik-yangi nostandart g‘oyalarni yaratish qobiliyati (bu umumiy qabul qilingan javoblarga, qarorlarga mos kelmasligi mumkin);
4.Tugallanganlik – bu ishlab chiqilgan “mahsulotining” takomillshatirish yoki unga tugallangan ko‘rinish berish qobiliyati. Mashhur rus tadqiqotchisi A.N.Luk, taniqli olimlar, ixtirochilar, rassomlar, musiqachilarning tarjimai holiga asoslanib, ijodining muammolari quyidagi ijodiy qobiliyatlarni ta’kidlaydi [5]. Kreativ qobiliyatlarni mustaqil omil sifatida o‘rganadigan olimlarning fikrlash pozitsiyasiga rioya qilgan holda, ularning rivojlanishi maktab o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini o‘rganish natijasidir, biz boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) qobiliyatlarining tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatamiz: ijodiy fikrlash; ijodiy tasavvur; ijodiy faoliyatni tashkil etish usullaridan foydalanish. O`quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirish kerak: ob’ektlar, vaziyatlar va hodisalarni turli asoslarga ko‘ra tasniflash; sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatish; o‘zaro bog‘liqlikni va tizimlar o‘rtasidagi yangi aloqalarni aniqlash; rivojlanish tizimini ko‘rib chiqish; kelajakka oid taxminlar qilish; ob’ektning qarama-qarshi belgilarini ajratib ko‘rsatish; qarama-qarshiliklarni aniqlash va shakllantirish; fazo va vaqtdagi ob’ektlarning qarama-qarshi xususiyatlarini ajratish; fazoviy ob’ektlarni ifodash; tassavur qilingan muxitda turli yo‘nalish tizimlaridan foydalanish; belgilangan xususiyatlar asosida ob’ektni tassavur qilishga quyidagilarkiradi:
  1. a) fikrlashning psixologik inersiyasini yengish;
  2. b) qarorning o‘ziga xosligini baholash;
  3. c) yechimlarni qidirish maydonini qisqartirish;
  4. d) ob’ektlar, vaziyatlar, hodisalarning hayoliy o‘zgartirish;
  5. ye) o‘rganilatgan mavzuga muvofiq ob’ektlarning hayolan o‘zgartirish.
Shunday qilib, kreativlik ko‘plab fazilatlarning to‘plami hisobalanadi. Aksariyat psixologlar kreativ qobiliyatini, birinchi navbatda fikrlashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lashadi. Xususan, inson aql-zakovati muammolari bilan shug‘ullangan mashhur amerikalik psixolog Dj.Gilford kreativ qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar divergent fikrlash degan xususiyat ega shaxs  deb xisoblaydi. Ushbu turdagi tafakkurga ega bo‘lgan odamlar, har qanday muammoni hal qilishda, barcha sa’y-harakatlarini yagona to‘g‘ri yechimni topishga qaratmaydilar, balki iloji boricha ko‘proq variantlarni ko‘rib chiqish uchun barcha mumkin bo‘lgan sohalarda yechimlarni izlay boshlaydilar [4]. Tadqiqot metodologiyasi Bunday odamlar ko‘pchilik biladigan va faqat ma’lum bir tarzda ishlatadigan elementlarning yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga yoki birinchi qarashda hech qanday aloqasi bo‘lmagan ikkita element o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga xarakat qiladilar. Devergent fikrlash usuli kreativ fikrlashning asosi bo‘lib, u quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1.Tezlik – maksimal miqdordagi g‘oyalarni ifoda etish qobiliyati (bunday holda, ularning sifati emas, balki ularning miqdori muhimdir);
  1. Moslashuvchanlik-turli xil g‘oyalarni ifoda eta olish qobiliyati.
  2. O‘ziga xoslik-yangi nostandart g‘oyalarni yaratish qobiliyati (bu umumiy qabul qilingan javoblarga, qarorlarga mos kelmasligi mumkin);
4.Tugallanganlik – bu ishlab chiqilgan “mahsulotining” takomillshatirish yoki unga tugallangan ko‘rinish berish qobiliyati. Mashhur rus tadqiqotchisi A.N.Luk, taniqli olimlar, ixtirochilar, rassomlar, musiqachilarning tarjimai holiga asoslanib, ijodining muammolari quyidagi ijodiy qobiliyatlarni ta’kidlaydi [5]. muammolarni boshqalar ko‘rmaydigan jihatlarni ko‘rish qobiliyati; aqliy operatsiyalarni kamaytirish, bir nechta tushunchalar o‘rniga umumiy tushunchadan foydalanish va tobora ko‘proq ma’lumot talab qiladigan belgilardan foydalanish qobiliyati; bir muammoni hal qilishda olingan ko‘nikmalarni boshqasini hal qilishda qo‘llash qobiliyati; voqelikni qismlarga ajratmasdan, bir butun sifatida idrok etish qobiliyati; murrakab tushunchalarni oson bog‘lash qobiliyati; xotiraning kerakli vaqtda kerakli ma’lumotlarni taqdim etish qobiliyati; fikrlashning moslashuvchanligi; muammoni tekshirishdan oldin uni hal qilish uchun alternativ metodlarni birini tanlash qobiliyati; yangi qabul qilingan ma’lumotlarni mavjud bilim tizimlariga kiritish qobiliyati; narsalarni qanday bo‘lsa, shunday ko‘rish, kuzatilganlarni talqin qilish orqali keltirilganlardan ajratish qobiliyati; voqea va hodisalrni qanday bo‘lsa, shunday ko‘rish, kuzatilganlarni talqin keltiradigan narsadan ajratib ko‘rsatish qobiliyati; g‘oyalarni yaratish qulayligi; ijodiy tasavvur; tafsilotlarni takomillashtirish, dastlabki rejani takomillashtirish qobiliyati. 1.Keng tarixiy va madaniy materiallarga (falsafa, ijtimoiy fanlar, san’at tarixi, amaliyotning alohida sohalari) asoslanib, insoniyat tarixi jarayonida rivojlangan quyidagi universial kreativ qobiliyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
  1. Qismlardan oldin butunlikni ko‘rish qobiliyati.
3.Ijodiy yechimlarning o‘zgaruvchan tabiati-bu muammoni nafaqat tashqaridan qo‘yilgan alternativalarni tanlash, balki mustaqil ravishda alternativani yaratish qobiliyatidir. Esperiment-ob’ektlar odatdagi vaziyatlarda yashiringan mohiyatini ochib beradigan sharoitlarni ongli va maqsadga muvofiq ravishda yaratish, shuningdek, ushbu sharoitlarda ob’ektlarning “xatti-harakatlari” xususiyatlarini kuzatish va tahlil qilish qobiliyati. Kreativ ta’lim dasturlari va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan olimlarning fikriga ko‘ra, inson kreativ qobiliyatining tarkibiy qismlaridan quyidagi qobiliyatlardan iborat: 1.Tavakkal qilish qobiliyati,
  1. Devergent fikrlash,
  2. Fikrlash va harakatlardagi moslashuvchanlik,
  3. Fikrlash tezligi,
  4. Asl g‘oyalarni ifoda yetish va yangilarini ixtiro qilish qobiliyati,
  5. Boy tasavvur,
  6. Voqea va hodisalarning noaniqligini idrok etish,
  7. Yuqori estetik qadriyatlar,
  8. Rivojlangan intuitsiya.
Kreativ qobiliyatlarning tarkibiy qismlari masalasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan nuqtai nazarlarni tahlil qilib, xulosa qilishimiz mumkinki, ularni aniqlashga bo‘lgan yondashuvlar farqiga qaramay, tadqiqotchilar bir ovozdan kreativ tasavvur va kreativ fikrlash sifatini kreativ qobiliyatlarning majburiy tarkibiy qismlari sifatida belgilaydilar.   Xulosa Kreativ qobiliyat yuksak kreativ rivojlanish omili bo‘lib, faoliyatning turli jabhalarida, jumladan, nutqiy, yozma-ijodiy va boshqa ko‘pgina turlarda ifodalanadi. Maktab o‘quvchilarida kreativ qobiliyatni rivojlantirish, birinchi navbatda, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni, emotsional-psixik kayfiyatni, faol, ijodiy tasavvurni, o‘z-o‘zini faollashtirish, mustaqillik, o‘zo‘zini nazorat qilish, namoyon qilish, ifodalash, baholash, o‘quv jarayonida ta’limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi. Qobiliyatlar ruhiy-individual xususiyatlar majmui hisoblanib, mahsuldor faoliyat uchun muhim bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash imkonini beradi. Qabiliyatlar uchun faoliyat suv va havoday zarur (faoliyat uning shakllanishi va rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi). Intellektual qobiliyat tushunchalardan foydalana bilish, mantiqiy umumlashma mulohaza yuritish mahoratini anglatadi  [6]. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati  
  1. Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: O‘zbekiston, 2017. –48 b.
  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 102 b.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son.
  4. Gilford Dj. Tri storonы intellekta // Psixologiya mыshleniya / pod red. A.M. Matyushkina. ‒ M.: Progress, 1965. ‒ S. 433–456.
  5. Luk A. N. Psixologiya tvorchestva. / A.N. Luk. – M.: Nauka, 1978. – 126 s.
  6. M. A. Tilakova, O. E. Eshmuradov ilm.maqola Kreativ kobiliyatlarni rivojlantirish mexanizmlari. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 /Volume: 1, ISSUE: 6 143-149 b.